Tarixdagi topishmoq – qadimiy Geraklion shahri

Shahar ancha boy boʻlgan va bu bilan oʻziga butun bir Misrdagi nufuzli shaxslarni oʻziga jalb qilgan. Aynan Geraklionda, jozibador Kleopatrani qirolicha deb eʼlon qilishgan. Olim Strabon – qadimgi yunon tarixchisi va geografi, Gerakliondagi hayotni hashamatli bayramlar va tantanalarga toʻla shahar deb atagan.
Shaharning ayni oʻrtasida qadimgi yunon qahramoni Gerakl nomiga atab ibodatxona qad koʻtargan. Shuningdek, misrlik va gretsiyalik xudolar: Isid, Anubis va Serapis kabilarga atab, boshqa bir qancha ibodatxonalar qurilgan.
Bugun Geraklion shahri Abukir boʻgʻizi (Aleksandriya qirgʻogʻi boʻyi) da 50 metr chuqurlikda, qum va balchiq bilan qoplanib yotibdi.




Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



