Foydali

Sevgi haqida mashhur iboralar. Sevgi statuslari

Sevgi haqida mashhur iboralar. Sevgi statuslari

Uyda ham, bagʻringda ham, hayolingda ham bitta odam boʻlsa- ana shu haqiqiy baxtdir.

Yolgʻizlik sevishni oʻrgatsa, ayriliq- qadrlashni oʻrgatadi.

Oila qurish uchun sevgining oʻzi kifoya. Uni asrab qolish uchun esa sabr va bardosh kerak.

Ayol iliq munosabatlar bilan oʻralgan boʻlsa, unga hech qanday sovuq taʼsir qilmaydi.

Sevgi haqida mashhur iboralar. Sevgi statuslari

Hayotdan nolishdan avval – bevaqt uni tark etganlar haqida oʻylang. Eringizdan shikoyat qilishdan oldin – qancha qizlar turmushga chiqishni orzu qilayotganliklari haqida oʻylang. Bebosh farzandingizdan xafa boʻlishdan oldin – farzandsizlikdan qiynalayotganlar haqida oʻylang.

Men tanlagan erkak menga otamdek mehr koʻrsatishi, doʻstimdek tushunishi va akamdek himoya qilishi kerak.

Agar juftingiz sizdan kechirim soʻrayotgan boʻlsa, u sizning haqligingizdan emas, uning munosabatlaringizni qadrlashidan dalolatdir.

Ayol baxti – gʻamxoʻr erkak bagʻrida erka ayol boʻlishdir.

Sevgi haqida mashhur iboralar. Sevgi statuslari

Erkak ayolini erkalasa – u quvonadi. Sevaman desa – mehrini beradi. Befarq boʻlsa, ayol ham muzlaydi. Ha, ayollar ana shunday – munosabatga qarab javob qaytaradilar.

Juftingizning koʻzlaridan yoshlar chiqsa gar – u faqat quvonch yoshlari boʻlsin.

Sevgi haqida mashhur iboralar. Sevgi statuslari

Ehtiyot boʻling, qanotlari qayrilgan ayol jodugarga aylanishi mumkin. “Malefisenta” filmi bunga yaqqol dalil.

Mayli sen haqdirsan. Lekin bundan ayoling yigʻlasa, undan nima naf. V.Visotskiy.

Shoh boʻlishni istasangiz, ayolingizga xuddi malikalarga boʻlgandek munosabatda boʻling.

Ayol kishi hayotida bir marta qaror qabul qiladi – kimga turmushga chiqish. Qolgan qarorlarni qabul qilish erkak kishining boʻynida.

Sevgi haqida mashhur iboralar. Sevgi statuslari

Yoʻq xiyonatni kechirmang. Xiyonat – bu bor narsangni boshqa bilan solishtirish, undan afzalini qidirishdir.

Afzallikni qidirgan – hech qachon bor narsaning qadriga yetmaydi.

Hammabopini emas, munosibini tanlasangiz, munosabatlaringiz ham bir lahzalik emas, umrboqiy boʻladi.

Sevgi haqida mashhur iboralar. Sevgi statuslari

15 yoshda – biz mukammal insonni qidiramiz, 20 yoshda – sevadigan insonni , 30 da esa – yashashga yaroqligini. Vadim Chernovetskiy.

Erning vafodorligi – ayolning gʻururidir, ayolning iffati esa – erkakning obroʻ, nufuzidir.

Sevgan insoning bilan baʼzan urushasan. Uni urging ham, boʻgʻib oʻldirib qoʻyging ham keladi. Lekin undan ayrilishni – hayolingga ham keltirolmaysan.

Sevgi haqida mashhur iboralar. Sevgi statuslari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar