Eng konservativ va yashirin jamiyat – Masonlar haqida 25 ta qiziqarli faktlar

Masonlar bilan bogʻliq koʻpgina afsonalar tarqalgan – “global jidomasonlik fitna” dan boshlab, marosimli qotillik haqida qalbni qonga beluvchi dahshatli hikoyalargacha.

Masonlar – sirlarga boy jamiyat.
1. Besh millionga yaqin masonlar

AQSh da ikki milliondan ortiq masonlar bor.
Masonlik butun dunyo boʻyicha turli shakllarda mavjud. Hammasi boʻlib dunyoda besh millionga yaqin masonlar mavjud (shu jumladan, Buyuk Britaniyada 480 mingga yaqin va AQSH da ikki milliondan ortiq).
2. Masonlar – sirlimi yoki sirli emasmi?

Keng tarqalgan fikrlardan oʻlaroq, masonlar jamiyati sirli jamiyat hisoblanmaydi. Mason odamlarga mason ekanligi haqida bemalol aytishi mumkin. Biroq, ularga oʻz ordeni sirini oshkor qilish mumkin emas.
3. 1717 yilning 24 iyuni

Masonlik hodisa sifatida 1717 yilning 24 iyunida– Buyuk London Lojasiga ga asos solingan kunda paydo boʻlgan.
4. Axloq, doʻstlik, qardosh sevgi

Masonlar ramzida tasvirlangan ish qurollari orden vakillarining axloq, doʻstlik va birodarlik sevgisini bildiradi.
5. Ramzning kelib chiqishi

Koʻpchilik masonlar oʻqishni bilmaganlar.
Aytilishicha, masonlar oʻz ramzlarinidan birodarlikning maxfiyligi uchun foydalanishadi. Lekin aslida, masonlikda ramzlardan foydalanishning sababi – jamiyatning ayni shakllanishi davrida uning koʻpgina vakillari oʻqishni bilmaganlar.
6. Kvadrat va kompas

Eng keng tarqalgan masonlik ramzi.
Eng eski masonlik ramzi – kvadrat va kompas. Shuningdek, u eng keng tarqalgan masonlik ramzi hisoblanadi, ammo uning aniq maʼnosi turli mamlakatlarda turlichadir.
7. Masonlar Lojasi – odamlar jamoati

Umumiy qabul qilingan marosimlar mavjud emas.
Masonlar Lojasi – bu odamlar jamoati, shunchalik bino nomi emas. Har bir loja “Buyuk Loja” dan sertifikat olishi kerak boʻladi, lekin bundan soʻng ular asosan oʻzini-oʻzi boshqaraveradi. Shuningdek, majlislarni olib boorish uchun muayyan marosimlar mavjud emas, ular har bir lojada oʻziga xosdir.
8. Ateist? Demak, mason emas

Biror-bir buyuk kuch borligiga ishonmoq.
Ateist mason boʻla olmaydi. Birinchi talab shu-ki, jamiyatning salohiyatli aʼzolari qanday boʻlmasin buyuk kuch borligiga ishonishlari lozim.
















Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



