Umringizni 35 yilga uzaytirishni xohlaysizmi: unda quyidagi maslahatlarga amal qiling

Geteborg Universiteti olimlarining yaqinda chop etgan tadqiqotlari natijasiga koʻra, insonning olib borayotgan hayot tarzi umr davomiyligiga taʼsir koʻrsatar ekan. Toʻgʻri turmush tarzi esa irsiyat va tabiiy sharoitlardan koʻra muhimroqdir.
Shunday ekan, hayot tarzini oʻzgartirar ekanmiz, biz umrimizning uzayishiga umkon yaratamiz.
Quyida umr uzayishiga sabab boʻluvchi koʻnikmalar haqida aytib oʻtamiz.


Mashq turidan qatʼiy nazar istalgan jismoniy faollik uzoq umr koʻrishga xizmat qiladi.
Amerika Milliy saraton instituti tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, sport bilan muntazam shugʻullanish inson umrning 4,5 yilga uzayishiga xizmat qilar ekan.
21 yoshdan 90 yoshgacha boʻlgan 650 ming odam ishtirok etgan sinov shuni koʻrsatadiki, kuchli va toza havoda olib borilgan mashqlarning samarasi koʻproqdir.
Ogʻirlikni nazorat qilish, kayfiyatni yaxshilash, gormonlar muvozanati, xotiraning yaxshilanishi, suyaklar mustahkamligi, xolesterin miqdorining kamayishi va ovqat hazm qilishni yaxshilash – bularning barchasiga jismoniy mashqlar yordamida erishiladi.

Ratsionni turli xil yongʻoqlar bilan toʻldirish kerak. Loma Linda universiteti olimlarining tadqiqotlariga koʻra, yongʻoqni haftasiga besh marta yegan inson 2,9 yil koʻproq umr koʻrar ekan.
34 ming odam ishtirokida oʻtkazilgan sinov shuni isbotladiki, yongʻoqlar yuqori qon bosimi xavfini, xolesterin miqdorini kamaytiradi, yurak urushini yaxshilaydi va diabetda foydali hisoblanadi. Bundan tashqari yoʻngʻoqlardagi oqsil va yogʻ toʻq tutadi, bu esa oʻz navbatida vazn kamayishiga xizmat qiladi.

Insonning jismoniy holati sogʻlomligini tana vazni indeksi orqali bilish mumkin. Alabama Universiteti olimlarining taʼkidlashlaricha, ortiqcha vazn umrning qisqarishiga sabab boʻlishi mumkin.
Tanadagi yogʻ diabet, yurak kasalliklari, insult, uyqudagi apnoe (nafas toʻxtab qolishi), yoʻgʻon ichak saratoni va boshqa bir qancha kasalliklarni rivojlanish xavfini kuchaytiradi

Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, hayotga pozitiv qarash va kulgu uzoq umr koʻrishga xizmat qilar ekan.
Keksa insonlar orasida oʻtkazilgan sinov shuni koʻrasatadiki, qarish jarayoniga pozitiv nazar bilan qaraganlar 7 yil koʻproq umr koʻrganlar. Pozitivlik va kulgu 100 yoshga kirib yurgan insonlarning asosiy sifatlaridan biridir.
Pozitiv fikrlash miyaning uzoq vaqt davomida qarimay turishini taʼminlaydi, xotiraga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, tushkunlikni ketkazadi va hattoki Altsgeymer kasalligiga qarshi kurashadi. Oddiy kulguning ruhiy zarba gormoni boʻlmish kortizolni kamaytirishdagi taʼsiri dorilarnikidan kam emas.

Sabzavotlar chindan ham foydalidir: kuniga kamida 60gr sabzavot yegan insonlar 2 yil koʻproq umr koʻrar ekanlar.
Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, issiqlik ishlovi berilmagan sabzavotlar organizmga samaraliroq taʼsir koʻrsatar ekan. Pazandachilik ishlovi sabzavotlardagi antioksidantlarning 50% ini olib tashlaydi.

Ha, ogʻiz boʻshligʻining tozaligi muhim omillardan biridir. Ogʻiz boʻshligʻidagi bakteriyalar tanada yalligʻlanish jarayonini keltirib chiqarib, yurak qon tomir kasalliklari, insult, diabet va autoimmun kasalliklariga sabab boʻlishi mumkin.
Muntazam ravishda tish tozalovchi iplardan foydalanish inson umrining 6,4 yilga uzayishiga sabab boʻlar ekan.

Kunni oʻtirgan holda oʻtkazish yaqin 3 yil ichida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan oʻlim xavfini 40% ga oshiradi.
Otirgan vaqtda qon aylanishi kamayadi, kalloriyalar kam sarf qilinadi, moddalar almashinuvi yomonlashadi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, kun davomida uch soatdan koʻp oʻtirmaslik inson umrini 2 yilga uzaytirar ekan.

Avstraliyada 1500 nafar yetmish yoshlik insonlar ishtirokida olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, keng doʻstlar davrasi bilan muloqot qilish inson umrining 7 yilga uzayishiga xizmat qilar ekan.
Gap shundaki,doʻstlik oksitotsin gormonining koʻpayishiga xizmat qiladi. Bu gormon esa miyani tinchlantirish xususiyatiga ega boʻlib, qon bosimining normallashishiga, ortiqcha vazndan xalos boʻlishga va kasallikdan keyin tezda oyoqqa turishga yordam beradi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



