Baxt kafolatlangan: oʻz kayfiyatini koʻtarish va hattoki qiyin kunda ham bardam boʻlib olishning 7 ta ilmiy tasdiqlangan yoʻllari

Yaxshi xabar: sababsiz tushkunlikdan xalos boʻlish mumkin. Masalan, mana bu 7 ta hammabop (va asosiysi, legal) vositalar, kafolatlangan holda, sizning kayfiyatingizni koʻtaradi. Hatto, eng xoʻmraygan kunda ham. Fan tomonidan isbotlangan.
Kun davomida gʻam-gʻussa kutilmaganda kelib qoldimi? Agar, holdan toyishni va kayfiyatni tushishini his etayotgan boʻlsangiz, hamda uyingizdan, muzqaymoq chelakchasi va melodrammadan sizni bir qancha ish soatlari ajtatib turgan boʻlsa, quyida keltirilgan vositalarning xech boʻlmasa bittasini sinab koʻring. Fan tomonidan isbotlangan - bu narsalar seratonin ishlab chiqishini oshiradi. U esa, neyromediatorlarning va "baxt gormon" larining asosiylaridan biridir. Eng asosiysi, ular juda ham ommabop.


Faqat qora shokolad va faqat ozgina - bir kunda 200 kkal.gacha. Shirinlik faqatgina taʼmi mazali boʻlibgina qolmay, balki serotoninni ishlab chiqarilishini oshirilishiga ham olib keladi. Shu bilan birga katta tezlikda.

Xech boʻlmasa bir necha daqiqa. Ish joyida boʻlsa ham, chekish uchun maxsus xonasida boʻlsa ham. Gʻayritabiiy xech nima yoʻq: meditasiya stress vaziyatlaridan oʻtishga yordam beradi. Stress esa, hatto anglanmagan boʻlsa ham, yomon kayfiyat sababi boʻlishi mumkin. Meditasiya esa, fikrlarni ham bir yerga jamlashga yordam beradi. Bundan tashqari, 2015 yilning tadqiqotlari shuni koʻrsatdiki, doimiy ravishda qilinadigan meditasiya, katta yoshda ham, miyadagi kul rang moddalar hajmini saqlab qolishda yordam berar ekan. Shunga muvofiq ravishda, emosional barqarorlik va oʻtkir zehnni ham tejab qoladi.

Bu ham ofis ichida bajarish juda onson boʻlgan vositadir. Tezlashgan yurak urishi - "baxt gormon" larining ishlab chiqarilishida qatnashuvchi yordamchi faktorlardan biridir.

Ultrabinafsha nurlanishi terining dushmani boʻlishi mumkin, lekin shu vaqtning oʻzida yaxshi kayfiyatning doʻsti. Ha, qanchalar parodoksal boʻlmasin. Bundan tashqari, Garvard medisina maktabi tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, quyoshda uzoq vaqt boʻlish, miyaning morfin kabi, kuchli ogʻriq qoldiruvchi preparatlari qabul qilinganda aktivlashadigan zonalarini aktivlashtirar ekan. Butkul legal holda.

Sodda qilib aytganda, bir juft yongʻoq yeng, yoki zudlik bilan qizil baliqli sushi buyurtma qiling. Bu narsa kayfiyatingizni kafolatli koʻtaradi, hamda bir yoʻla intellektual samarani oshiradi va teri holatini ham yaxwilaydi. Bundan tashqari, depressiya va Omega-3 ning organizmdagi past miqdori oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik mavjudligini tasdiqlovchi tadqiqotlar ham bor.

Aniqlanishicha, seratoninning "koni" ning asosiy qismi bosh miyada emas, balki ... ichakda joylashgan ekan. Shu boisdan, u bilan bogʻliq har qanday muammolar, eng optimistik kayfiyatingizni ham buzishga qodir. Sababsiz tushkunlikni his etyapsizmi? Oshqozon-ichak faoliyatini yoʻlga qoʻying. Avvaliga esa, laktobakteriyalarga boy, "tirik" yogurtning porsiyasidan boshlashingiz mumkin.

Mehr-muhabbatni jismoniy tasvirlash, olimlarning fikriga koʻra, hali hamon, eng asosiy nomedikamentoz va shu bilan birga eng ommabop usuli boʻlib hisoblanadi. Nafaqat serotoninning, balki tabiiy antioksidant boʻlgan oksitosinning keskin ortishi kafolatlangan. Har qanday tushkunlikni bir nafasda yuvilib ketadi. Shu bilan bir qatorda, bu mutlaqo bepul.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



