Dunyoni boshqara olgan sayyoramizning eng boy va nufuzli oilalari

Shubhasiz bir maqolaning oʻzida barcha klanlar haqida aytib oʻtolmaymiz, biroq eʼtiborga loyiq oila va shajaralar haqida qiziqarli maʼlumotlarni keltirishga harakat qilamiz.

Medichi sulolasi 13 asrdan 18 asrgacha hukmronlik qilib kelgan. Bu shajaraning avlodlari nafaqat monarxlar boʻlgan, ularning orasida Rim Papalari ham oʻtgan. Medichi klanining kelib chiqishi osonlik bilan amalga oshmagan. Toʻgʻri, bu oila juda boy boʻlgan, ammo ularning tomirida qirollik qoni oqmas edi. 13 asrda bir necha muvaffaqiyatsiz fitna va gʻalayonlardan keyin bu oila siyosiy maydondan chetlatilgan edi. 15 asrning oʻrtalarida Kozimo Medichi bu klanni yana hokimiyatga qaytardi. Medichi oilasining aʼzolari sanʼat sohasida xayriya ishlarini olib bordilar.
Ayniqsa tasviriy sanʼatga katta eʼtibor berildi. Aynan Medichining homiyligi tufayli Florentsiyadagi sanʼat sohasi jadallik bilan rivojlanib bordi, u Florentiya Respublikasining poytaxtini moda sanʼat markaziga aylantirdi. Rassomlarning Medichi tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi tufayli ular uchun Yevropaning barcha qirrollik uylarining eshiklari doimo ochiq edi. Vatikanga yaqinligi hamda nufuzli oilalar bilan qudachiligi sababli Medichi oilasi nafaqat katta gʻaznaga ega boʻldi, balki diniy, madaniy va siyosiy yoʻnalishlarga taʼsir oʻtkaza olish imkonini ham qoʻlga kiritdi.

Mashhur qirollik shajarasi haqida gap ketganda koʻpchiligimiz Buyuk Britaniyaning qirollik oilasini esga olamiz. Vindzorlar shajarasi 20-21 asrning eng mashhur va nufuzli qirolloik oilasi hisoblanadi.
Vindzorlar sulolasi 1917 yilning 17 iyulida qirol Georg tomonidan taʼsis qilingan boʻlib, ushbu shajaraning Saksen-Koburg-Gotskiy nomli eski nemis familiyasidan qutulish uchun qilingan edi.
Vindzorlar yirik klanining taxt vorislari – malikalar Yelizaveta va Margaret opa-singillar edi. Katta opa taxtga oʻtirgandan keyin qirolicha boʻlishni orzu qilgan singil Margeret qirollik oilasiga nomunosib holda oʻz xohishi boʻyicha ish tuta boshladi. Endi u tungi klublarga boradigan, doʻstlari bilan vaqt oʻtkazib, alkogolli ichimliklar isteʼmol qila boshladi. “Sariq” pressa esa bundan oʻz manfaati yoʻlida foydalandi. Qirolicha majburiyatini bajarishga kirishgan Yelizaveta esa boshqa oila aʼzolaridan farqli oʻlaroq millat oldidagi burchini bajarishga kirishdi.

Qirolicha oʻzidan ketib qolgan oila aʼzolarini past darajaga tushmasliklarini talab qilib, ularni oʻziga keltirishga ming mashaqqat bilan harakat qildi. Ammo 1992 yilda vaziyatni umuman boshqarib boʻlmas darajaga borib qoldi. Qirolichaning toʻrt farzandlaridan birdaniga ikkisi oilasi bilan ajrashishga qaror qildi. Shulardan biri taxt vorisi shahzoda Charlz rafiqasi va norasmiy “xalq malikasi” maqomini olgan Diana Spenser bilan ajrashdi. Oʻsha yili Vindzor saroyi yonib ketdi, qirolichaga nisbatan daromad soligʻi belgilandi va qirollik oilasining moliyalashtirilishi qisqartirildi.
Yelizaveta bu inqirozni bir amallab yengib oʻtdi, biroq 1997 yilda uning boshiga yana bir sinov kelib tushdi – malika Diana avtomobil halokati natijasida vafot etdi. Asrlar davomida shakllanib kelgan anʼanalarga amal qilgan qirolichani bu paytda xalq sovuqqonlikda aybladi. Bu vaziyatdan ham qirolicha oʻz obroʻyiga putur yetkazmagan holda chiqib keta oldi. Ammo besh yil oʻtib Yelizavetaning boshiga yana bir zarba kelib tushdi. Taxtga oʻtirganiga 50 yil toʻlishi munosabati bilan yubiley boʻlgan yili Yelizaveta ikki yaqini – onasi va singlisidan ayrildi.
Bu sinovlar oldida qolganlari mayda hodisalardir. Masalan, qirolichaning nabirasi kechalardan biriga svastika belgisi tushirilgan nemis formasida kelib, buvisini “xursand” qilgan.
Yaqinda qirollik oilasining uydagi arxiv kinomateriallaridan birida 1930 yillarda Yelizavetaning oʻzi ham fashist millatchilarining salomlashuvini beriyotgani koʻzga tashlangan. U paytlar Vindzorlar sulolasi Gitlerga nisbatan yomon munosabatda boʻlmagan, keyinchaliki esa buni yopdi-yopdi qilib yuborishgan va uni boshqa hech qachon esaga olishmagan.

Mana bir asrdan koʻproq davr mobaynida odamlar Rokfeller familiyasini boylik va hashamat, dabdaba bilan bogʻlab keladilar. Ushbu oilaning tarixi 19 asrning 40 yillariga borib taqaladi, aynan shu vaqtda Jon Rokfeller tugʻilgan. Bu odam yoshligidan oʻz harakatlarini oldindan oʻylab, keyin bajarar edi va shu xususiyati bilan boshqalardan ajralib turar edi.
16 yoshida buxgalterlik korxonasiga yordamchi sifatida ishga kirgan bu oʻsmir bola biznesni olib borishni, tirishqoqlik va bozor soʻrovlariga tezda javob berish kabi koʻnikmalarni oʻzlashtirib oldi. Va shaharda neft koni ochilganda, boʻlajak magnat qora oltinga oʻzining bor-yoʻq jamgʻarmasini tikdi.

Boshqa tadbirkorlardan farqli oʻlaroq Rokfeller uzoqmuddatli loyihalarning kelajagi porloq ekanligini tushunib yetdi. Ish hozircha daromad keltirmayotgan boʻlsa, bu biznes kelajakda oʻz eganing boyib ketishiga sabab boʻlmaydi degani emas. Rokfeller neft mahsulotlarining olamiga oʻzining “Standart oil” nomli kompaniyasi bilan kirib borganida, koʻpchilik uni aqlsizlikda aybladi. Ammo boʻlajak milliarder (hattoki dunyodagi birinchi milliarder) korxonasining yaqin kelajakdagi muvaffaqiyatini koʻra oldi. Darhaqiqat, koʻp oʻtmay (1879 yilda) Rokfeller kompaniyasi Amerika neft bozorining 90% ni boshqarar edi va iqtisidiyotning bu sohasida oʻz qonun-qoidasini belgilar edi.
Rokfeller sulolasining saqlanib qolingan anʼanalariga amal qilayotgan bugungi avlodlari oilaning moliyaviy ahvolini yanayam koʻpaytirishga erishdilar hamda uni dunyoning eng boy odamlari reytingida mustahkam joy olishlariga sababchi boʻldilar. Bugungu kunda Rokfeller sulolasi 40 dan ortiq yirik kompaniyalarga ega boʻlib, yiliga 1 trilloin dollar daromad koʻradi (bu AQSH yalpi ichki mahsulotning 10 % ga teng degani).

Rotshildlar ham dunyoning eng boy sulolasi hisoblanadi. Rasmiy manbalarning xabar berishicha, ushbu shajaraning moliyaviy ahvoli 350 milliard dollarni tashkil etadi. Boshqa maʼlumotlarga qaraganda, ularning boyligi 2,5 trilliondan dollardan ham oshiq.
Ularga butun dunyoning eʼtibori qaratilgani faqatgina moliyaviy ahvoli sababli emas. Bor-yoʻgʻi ellik yil ichida yahidiy emigrantlar nufuzli lord va baronlarga aylanib, hattoki butun olamni boshqarishni oʻz qoʻllariga ololganliklari kishini hayratga soladi.Ushbu sulolaning asoschisi 1744 yilda tugʻilgan Amshel Mayer Rotshild hisoblanadi. U 16 yoshida moliyaviy ishning sir-asrorlarini ipidan ignasigacha oʻrganib bolgan boʻlib, Oppengeymer bankidagi toʻrt yillik ish tajribasiga tayangan holda oʻz shaxsiy antikvar doʻkonini ishga tushiradi. Bu doʻkonda Germaniya knyazliklaridagi pullarni bir-biriga almashtirish mumkin edi. Keyinchalik bu doʻkon Rodshildlarning birinchi bankiga aylandi.

Oradan yillat oʻtib, Amshelning besh nafar oʻgʻli voyaga yetganidan keyin oila biznesini davom ettirish hamda kengaytirish uchun ularni dunyoning yirik poytaxtlariga joʻnatdi. Bu narsa sababli Rotshildlar oilasi nafaqat Germaniyaga, balki Yevropaga ham oʻz taʼsirlarini oʻtkaza oldi. Rolshildlar bankida boshqaruvchilik lavozimlarini faqatgina oila aʼzolarigina egallashlari mumkin edi, aynan shu xusiyati bilan boshqa banklardan ajralib turar edi. Keyinchalik ushbu yopiq muassasa nafaqat alohida shaxslarga, balki butun boshli mamlakatlarga ham kredit bera boshladi.
Shunday qilib, 1818 yili Prussiya Rotshildlardan 5 million funt kredit olgan boʻlsa, keyinchalik Londondagi bank filiali Angliyaning Milliy Bankiga yirik miqdorda kredit ajratdi. Rotshildlarning Amerika qoʻshgan hissalari esa juda beqiyos. Ushbu sulola AQSH Rezerv Tizimi yaratilishining tashabbuskorlaridan biri edi, uning tashkil qilinganidan keyin esa dollar chiqarish hajmi boʻyicha nazorat qilish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Noyob uddaburonligi va topqirligi tufayli katta boylikni qoʻlga kirita olgani hamda turli mamlakatlarga taʼsir oʻtkaza olgani uchun Rotshildlar sulolasining vakillari hali-hanuz ekspert va kuzatuvchilarni lol qoldirib kelmoqdalar.
Qizigʻi shundaki, Rotshildlarning moliyaviy ahvoli rasman 350 mlrd dollarni (boshqa manbalar boʻyicha esa 2,5 trillion) tashkil etsada, ushbu sulolaning hech bir vakili 1 mlrd dollardan ortiq kapitalga ega emas.

Amerikaning taniqli prezidentlari boʻlishdan avval Bushlar Ikkinchi jahon Urushi davrida fashist millatchilarini qoʻllab quvvatlar edilar.
Kichik Jorj Bushning buvasi – senatorPreskott Bush AQSHning Birlashgan Bank Korporatsiyasini boshqargan. Biroq uning aktivlariga 1942 yilda “dushman bilan savdo-sotiq qilgani uchun” band solingan edi. Bu davrga qadar esa BBK (Birlashgan Bank Korporatsiyasi) 30 yillarda Adolf Gitlerning saylovoldi kampaniyasiga homiylik qilgan, poʻlat va koʻmir baroni boʻlmish Frits Tissenning AQSH dagi manfaatini himoya qilgan.
Bushning buvasi millatchilarga boʻlgan iliq munosabati haqida ochiqchasiga aytmasada, BBK ning fashistlar Germaniyasi bilan olib borayotgan ishlari haqida aniq bilgan. Preskott Bushning yana bir necha nufuzli shaxslar bilan AQSH ni Adolfga topshirmoqchi boʻlganliklari haqida nazariyalar ham bor.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



