Kanselyariya jihozlari kelib chiqishi haqidagi 10 ta kutilmagan faktlar

Zamonaviy odamlar kanselyariya mollarini oʻz-oʻzidan kelib chiqqan narsa sifatida qabul qilishadi. Va bu tushunarli hol – axir koʻpgina odamlar bu narsalardan deyarli har doim foydalanishadi: oʻquvchilar – maktabda, talabalar – oliy oʻquv yurtlarida va ofis ishchilari oʻz ish joylarida.

Va bunda kamdan-kam odam, bunday odatiy va kerakli jihozlar qanday kelib chiqqani haqida oʻylanib qolishadi.
1. Qalam

Zamonaviy qalam avlodi qadimgi rimdagi “stilus” nomli uskuna boʻlgan. Baʼzi avvalgi stiluslar qoʻrgʻoshindan qilingan. Birinchi marta grafitni ishlatishni boshlaganlarida (1564 yil Angliyada), ushbu mineral ogʻir metalning oʻrnini bosgan. Grafit qogʻozda qora is qoldirgan, lekin u shunchalik yumshoq boʻlganki, sal singan va parchalangan. Grafit ustunlarini himoyalash uchun ularni mayin iplar bilan oʻrashni boshlaganlar.
Keyinchalik zamonaviy qalamlarga oʻxshaydigan ichi boʻsh yogʻoch tayoqlar paydo boʻlgan. Ularning yirik ishlab chiqarilishi 1662 yilda Nyurnberg, Germaniyada boshlangan. Qalamlarni har xil ranglarga boʻyashni 1890 yilda boshlashgan, va birinchi boʻlib yorqin sariq rangli qalamlar dunyoga kelgan. Bunday rang tanlanisining sababi, sariq rang urfga asosan xitoy imperatorlik sulolasi bilan bogʻlanadi, eng yaxshi grafit esa Xitoydan keltiriladi.
2. Oʻchirgʻich

1770 yilgacha, birinchi marta oʻchirgʻichlar paydo boʻlganida, koʻpgina odamlar qalam ishlatilgan matndagi xatolarni tuzatish uchun rezinaning kichik boʻlaklarini yoki voskni ishlatishgan. Sihoylar bilan yozilgan matndagi xatolarni tuzatish uchun esa qumtosh yoki jilvirtosh ishlatilgan. Yaponlar esa qalam izlarini yumshoq non laxtalari yordamida oʻchirishgan.
Ingliz muhandisi Eduard Nern kauchukdan yasalgan oʻchirgʻichni birinchi boʻlib ishlatgan, va u bundan shunchalik hayratlanganidan matnlarni tuzatish uchun ishlatiladigan shunday moslamalarni ishlab chiqarib, sotishni boshladi. Avvalgi oʻchirgʻichlarda bo'lgan muammo shundaki, elastik rezina oson parchalanib ketardi, hamda noxush hidga ega boʻlgan. Charlz Gudier vulkanizatsiyani kashf qilganida, bu muammo yechimini topdi.
3. Sharikli ruchka

1888 yildan boshlab, amerikalik terichi Djon Laud terilarni belgilash uchun sharikli ruchkaning oʻz modelini patentlashtirdi, 350 dan ortiq boshqa kashfiyotchilar sharikli ruchka uchun boshqa qoʻshimcha konstruksiyalarni patentlashni boshlashdi, lekin bu kashfiyotlarning birortasi ham yirik ishlab chiqarishgacha bormadi. 1935 yilda gazetachilar Ladislas va Greg Biro, oʻzlari ishlatayotgan pat ruchkalar bilan qoniqmasdan, yanada universal patni yaratishga va siyohni takomillashtirishga kirishishdi.
Natijada aka-uka kapillyarlar orqali siyohni yaxshi shimadigan va patni toʻgʻri emas, burchak ostida ushlashga imkon beradigan gubkali sharikni oʻylab topishdi. Ular oʻz Biro ruchkalarini Argentinada chiqarishni boshlashdi, ammo savdo unchalik yaxshi ketmadi. Natijada aka-ukalar Eberhard Faber patentini Ikkinchi jahon urushidan keyin 500 000 $ ga sotib yuborishdi.
Ammo kompaniya ishlab chiqarishni toʻxtatib qoʻydi, va keyinchalik patentning muddati tugab qoldi. Chikagolik savdogar Milton Reynolds, Biro ruchkalarini AQSHda sotishni boshlaganidan soʻng multimillionerga aylandi. Keyin esa boshqa kompaniyalar ham sharikli ruchkalarni takomillashtirishni boshlashdi, ulardan biri fransuz ishlab chiqaruvchisi Marsel Bik.
4. Flomaster

Suvli asosdagi siyoh bilan ishlaydigan flomaster, 1960-yillarda yapon kashfiyotchisi Yukio Xori sababli paydo boʻldi. 1963 yilda Carter’s Ink Xori kashfiyotiga oʻxshash marker – Hi-Liter ni ishlab chiqardi. Ikkala flomasterda siyoh yozadigan uchiga kelib tushishi uchun kapillyar uslubi qoʻllanilgan. Turlicha ranglar esa atigi 1978 yilda yaratilgan.
5. Transportir

Burchaklarni oʻzgartiradigan transportirlar deyarli 500 yil davomida ishlatilib kelinmoqda. Kartograf Tomas Blandevill bu uskunani birinchi boʻlib oʻz monografiyasi “Universal kartalar tasviri” da 1589 yilda tasvirlab bergan. Transportirni aynan Blandevill oʻylab topgan mi yoʻqmi – aniq emas, chunki uning izdoshlari ham shu kabi asboblardan foydalanishgan. XVII asrlarga kelib, transportirlar allaqachon suvda ishlaydigan navigatorlar tomonidan ishlatiladigan boʻldi. XX asrda ular maktablarda paydo boʻlgan.
6. Chizmalar uchun sirkul

Sirkul qadimgi zamonlardan buyon mavjud boʻlgan ekan. Masalan, Britaniya muzeyida qadimgi rimlik sirkullari misollarini koʻrish mukin. Boshida sirkulning ikki oyoqchasi ham qogʻozda aylanani qirib beruvchi va keyinchalik uni qalam bilan chizib chiqiladigan, ingichka uchlar bilan jihozlangan edi. XVIII asrda esa sirkulning bir oyoqchasi qalamni yoki grafit tayoqchasini qistirib qoʻyiladigan maxsus uskuna bilan jihozlandi.
Avallari chizma sirkullarini turlicha materiallardan qilishgan, shu navbatda jez, melxior, alyuminiy, poʻlat, yogʻoch va plastikdan yasashgan. Shuningdek, koʻpincha ularni bezash maqsadida ular yuziga chiroyli ornament yurgizishgan, koʻpgina sirkullar esa uskunani qulay harakatlantirish uchun, ularga oyoqchali kichik ruchkalar oʻrnatilgan edi.




Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



