Qiziqarli

Qiziqarli maʼlumot: Krishtianu Ronalduning yillar davomida oʻzgargan tashqi koʻrinishi

Qiziqarli maʼlumot: Krishtianu Ronalduning yillar davomida oʻzgargan tashqi koʻrinishi
Qiziqarli maʼlumot: Krishtianu Ronalduning yillar davomida oʻzgargan tashqi koʻrinishi

17 - yoshli Krishtiano Ronaldo Lissabondan Manchesterga kelganida hatto jamadoni ham yoʻq edi. U oʻyin oʻynab “Sporting” mavsumi tugagach, uyga qaytaman deb oʻylagan edi. Kutilmaganda ser Aleks Ferguson “sen shu yerda qolasan” dedi. Krishtiano oʻzi bilan kiyim olib kelmagan edi, u shartnomani imzolayotganida egnida qora rangli Versachi sviteri boʻlgan. “MY” oʻyinchilari yangi oʻyinchining kiyimidan karaxt boʻlib qoldilar va bu sviterni Krishtianuga Manchesterdagi faoliyati tugaguncha eslatib turdilar.

Qiziqarli maʼlumot: Krishtianu Ronalduning yillar davomida oʻzgargan tashqi koʻrinishi

Ronalduning soch turmagini ham hech kim yoqtiqmagan. Pol Skoulz va Rio Ferdinand uning yorqin rangli sochlarini olib tashlash kerakligini aytishgan. Ronaldo bunga qarshilik qilgan va ikki haftadan keyin nihoyat rozi boʻlgan.

Qiziqarli maʼlumot: Krishtianu Ronalduning yillar davomida oʻzgargan tashqi koʻrinishi

Ronalduning tashqi koʻrinishi “Yunayted” jamoasining kiyim almashtirish xonasida kulgu uchun asosiy mavzuga aylandi. Kvinton Forchun u davrni eslab shunday deydi: “u har doim yopishib turadigan kiyimlar, tor jinsilar kiyardi. Balki, Portugaliyada bu moda boʻlgandir”.

Qiziqarli maʼlumot: Krishtianu Ronalduning yillar davomida oʻzgargan tashqi koʻrinishi

Ronaldo biografiyasida “Yunayted” kiyimlar bilan taʼminlovchi menedjeri Ien Bakingem birinchi martta Ronalduni koʻrganida “bu yigit oʻzini juda yaxshi koʻrar ekan”,-deb oʻylagan. Shuningdek uning aytishicha, sovuq matchlar paytida Ronaldu birinchi boʻlib qoʻlqop kiyib oʻynardi, bundan oldin hech kim bunday qilmagan edi – oʻsha paytlarda Angliyada futbol madaniyati juda talabchan edi. Koʻp oʻtmay boshqa oʻyinchilar ham shunday qila boshladilar.

Qiziqarli maʼlumot: Krishtianu Ronalduning yillar davomida oʻzgargan tashqi koʻrinishi

“Yunayted” da hamma uning ustidan hazil qilar edi. Ronaldo boʻlsa har doim bizga: “Siz, inglizlarda uslub degan narsa yoʻq”, deb javob qaytarar edi,- deb eslaydi Rio Ferdinand.

Qiziqarli maʼlumot: Krishtianu Ronalduning yillar davomida oʻzgargan tashqi koʻrinishi

Gari Nevill ham Ronalduni ustidan kulishni yaxshi koʻrardi, lekin bugungi kunda Angliya televidenyasining bosh eksperti Krishtiano toʻgʻri yoʻl tutganligini taʼkidlamoqda. “U juda zoʻr yigit – deydi Nevill. – Baʼzilar u oʻziga katta baho beryapti deb oʻylashadi. Ha, u koʻp vaqtini koʻzgu qarshisida oʻtkazadi. U oʻzining Dolce & Gabbana futbolkasida chiroyli koʻrinishini bilishi u uchun juda muhim edi. Agar u futbolchi boʻlmaganida u model boʻlgan boʻlardi”.

Qiziqarli maʼlumot: Krishtianu Ronalduning yillar davomida oʻzgargan tashqi koʻrinishi

Ha Nevill nima boʻlibdi – Britaniya futbolining eng jiddiy odami Roy Kin ham keyinchalik Krishtianuning koʻzgu oldida koʻp qolib ketishi uni hayron qoldirmanligini aytgan: “U kelishgan yigit edi va buni bilardi”. Men boshqa yigitlarni koʻzgu oldida koʻrganimda edi boshqacha oʻylagan boʻlardim: “sen ahmoq” degan boʻlardim. Lekin Ronalduni koʻzgu oʻyinchalik havotirga sololmasdi. Men har doim uning muhabbati – futbol boʻlgan deb bilganman.

Qiziqarli maʼlumot: Krishtianu Ronalduning yillar davomida oʻzgargan tashqi koʻrinishi

Ronaldo “Real” ga oʻtganida hech kim uning ustidan kulmagan. Yeji Dudek aytishicha, endi Ronalduning oʻzi yarashmagan oyoq kiyim, tor shim kiyganlarni koʻrganida hazil qiladigan boʻldi.

Qiziqarli maʼlumot: Krishtianu Ronalduning yillar davomida oʻzgargan tashqi koʻrinishi

Gari Nevill nima uchun Krishtianu koʻp vaqtini tashqi koʻrinishiga ketkazganini tushuntirmoqda. “ Ha u mashgʻulotlarga juda bashang kiyinib kelardi, - Manchester paytlarini eslayapti Nevill. – Lekin men endi tushunyapman: bu yuqori standart namunasi edi. Men yoshlik paytimda, “MY” oʻsmirlar jamoasining murabbiyi Erik Xarrison shunday der edi: biz “Manchester Yunaytedni” namoyish qilamiz, biz har doim yaxshi koʻrinishimiz kerak – soch, soqol olingan, boshlari toza boʻlishi kerak. Men hech qachon bezovta boʻlmaganman, Krishtiano boʻlsa har doim ajoyib koʻrinishda edi. U hatto mashgʻulot paytida ham eng toza butsi, yaxshi forma, yaxshi soch turmagi, eng yaxshi kiyimlari boʻlishini xohlar edi.

Qiziqarli maʼlumot: Krishtianu Ronalduning yillar davomida oʻzgargan tashqi koʻrinishi

Biograf Giyom Balage va Piter Kollet Ronaldoni tashqi koʻrinishi va xulqini muhokama qilishdi va shunday xulosa yasashdi.

Qiziqarli maʼlumot: Krishtianu Ronalduning yillar davomida oʻzgargan tashqi koʻrinishi

Kolletning aytishicha, Ronalduning oʻzini tutishida u hammaning diqqatini oʻziga tortmoqchiligini koʻrgan va bu bilan u hammadan zoʻrligini koʻrsatib qoʻymoqchi ekanligini taʼkidlagan.

Qiziqarli maʼlumot: Krishtianu Ronalduning yillar davomida oʻzgargan tashqi koʻrinishi
Qiziqarli maʼlumot: Krishtianu Ronalduning yillar davomida oʻzgargan tashqi koʻrinishi

2012 yilda Portugaliya terma jamoasi tarkibida Gollandiya futbol jamoasiga qarshi boʻlib oʻtgan matchda Ronaldu tanaffus paytida soch turmagini oʻzgartirishga ulgurgan. Toʻgʻri, bu uning shaxsiy ishi, unga hech kimning daʼvosi yoʻq. Oʻshanda Portugaliya gʻalaba qozonib, pley-offga oʻtgan edi. Kolletning aytishicha, Ronalduning hamisha soch turmagini oʻzgartirib yurishi uning maydondagi jamoaviy oʻyinlarda oʻz shaxsiyatini namoyon qila olmaganligini bildiradi. Shuning uchun u buni boshqa yoʻl bilan amalga oshirmoqchi boʻladi.

Qiziqarli maʼlumot: Krishtianu Ronalduning yillar davomida oʻzgargan tashqi koʻrinishi

Ronalduni hammadan ham yaxshi bilgan Manchestrdagi murabbiyi Mark Kleggning aytishicha, Ronalduga koʻzgular oʻzini koz-koʻz qilishi uchun emas, balki oʻzini tanqid qilish uchun kerak. U koʻzguga qarar ekan, “Bu yerimga xusnbuzar chiqibdi” yoki “Ozgina semiribman, demak parhezimda nimadir yeb qoʻyibman-da” deb xulosa qiladi.

Qiziqarli maʼlumot: Krishtianu Ronalduning yillar davomida oʻzgargan tashqi koʻrinishi

Krishtianu futboldagi faoliyatini tugatganidan keyin nima bilan shugʻullanishini aniq aytmagan. Ehtimol u oʻzining CR7 brendi kiyimlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanar.

Qiziqarli maʼlumot: Krishtianu Ronalduning yillar davomida oʻzgargan tashqi koʻrinishi
Qiziqarli maʼlumot: Krishtianu Ronalduning yillar davomida oʻzgargan tashqi koʻrinishi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar