Qiziqarli dunyo: Muqaddas daydilar - qanday qilib uysiz sigirlar Hindistonning muammosiga aylandi

Dunyodagi koʻpgina shaharlar singari hind shaharlarida ham daydi kuchuklar odamlar yonida yashaydi. Biroq Hindistonning katta muammosi kuchuklar emas, balki sigirlar. Har oy sigirlar minglab yoʻl transport hodisalariga sabab boʻlishadi, harakatni berkitib qoʻyishadi va kasallik tarqatishadi.

Hokimiyat allaqachon muammodan xabardor, biroq hech kim bu muammoni qanday yechishni bilmaydi chogʻi.

Daydi sigirlar hind shaharlarining hayotini bir boʻlagi boʻlib kelgan, ammo infrastruktura rivojlanib avtomobillar koʻpayishi bilan, muammolar ham koʻpayib bormoqda. Shahar sigirlar avtotransport harakatidan qoʻrqmaydi, shu sababli ularni koʻpincha yoʻlning qatnov qismida yurganini koʻrishingiz mumkin. Ularga kuch ishlatish mumkin emas, chunki sigirlar hindlar uchun muqaddas hisoblanadi, shu sababdan odamlar muammolarga qaramasdan gʻazablarini ushlab turishlari kerak.

Hindistonda boshpanasiz molar borligi hind mamlakatida ularning muqaddasligidandir. Ularni soʻyish davlatning koʻp qismida taʼqiqlangan, shu sababli sigir yoki buqalar foyda keltirmay qoʻysa yoki moliyaviy zarar keltira boshlasa, egalari shunchaki ularni koʻchaga qoʻyib yuboradi. Bu shunchalar koʻp sodir boʻladiki, hind koʻchalaridagi mol soni milliondan ham oshib ketgan va juda tez oʻsib bormoqda.

Sigirlarni Nyu Dehli kabi katta shaharlarda ham koʻrishingiz mumkin. Ular baxtsiz hodisalar chaqiradiva harakatga toʻsqinlik qiladi, ammo eng xavfli mahal bu tunda. Tez harakatlanayotgan haydovchilar, tunda sigirlarni koʻrmay qolishi mumkin va toʻqnashuvlar koʻpincha oʻlimga olib keladi. Panjom hukumatining aytishiga koʻra oxirgi 30 oy ichida 300 ta odamning oʻlimiga sabab boʻlgan. Bu faqatgina bir shtatda.

Lekin yoʻl harakati va tirbandlik sigirlar chaqiradigan 2 muammo. Ularning koʻpchiligi sogʻlom koʻrinsada, aslida ular kasal va suv orqali yuqadigan xavfli kasallik tashuvchisidir. Asosan bu sigirlar axlatdan ovqatlanadi, shu sababli ularning suti va goʻnglari koʻplab antibiotic, garmonlar va ogʻir metallarga bor va odamlarda turli kasalliklar chaqirib, oʻlimga sabab boʻlishi mumkin.

Yana bir muammo – Hindistonning katta shaharlaridagi noqonuniy sut zavodlaridir. Boshpanasiz sigirlarning kasallangan sutlarini, aholining kambagʻal qatlamiga arzon narxda sotishadi. Ular sigirlarni boqmaslik uchun ataylab koʻchaga chiqarib yuborish bilan birga, siyosiy aloqalarga ham ega boʻlib, sigirlarni boshpanalardan ham chiqartirib yuborishi mumkin.

Hozirgi kunda sigirlarni tutish hind shaharlarida sigirlarga qarshi kurashda yagona yechim. Bazida bu ish bilan shugʻullanadigan odamlarni shahar kovboylari deb atashadi. Ularning quroli lasso va kuch: ular sigirlarni tutib, yuk mashinasiga ortib, toʻlib ketgan sigirlar uylaridan biriga olib boradi.

Kovboylarga xavfni faqat sigirlar yoki qutirgan buqalar emas, odamlar ham yaratadi. Agar kovboylar uzoq vaqt sigirni tuta olmasa, yoki kuch ishlata boshlasa, sabirsiz haydovchilar kovboylarni toshboʻron qilishlari mumkin, sabab sigirlar muqaddas hisoblanishi.
Tutuvchilar shahar koʻchalarini kuchlari boricha daydi sigirlardan ozod qilmoqchi, biroq yaqinda ularda sigirlarni olib borishga joy qolmaydi. Nyu Dehlidagi eng katta sigirlar boshpanasi egasi Ranjera Singx Shexavat soʻzlariga qaraganda, uning xoʻjaligi toʻlib ketgan va boshqalarda ham xuddi shunday muammo bor. Sigirlar koʻpayib bormoqda va yoʻllarni egallab olmoqda. Hukumat daydilardan shaharni ozod qilish kompaniyalari eʼlon qilmoqda, biroq hozirda ham koʻchalarda 5 million hayvon mavjud.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



