Shou biznes yangiliklari:28 yoshlik Emma Stoun yilning eng katta maosh oladigan aktrisasi boʻldi.

28 yoshlik aktrisa asosan “La-La Lend” myuzikli orqali 26 million dollar islab topgan. “La-La Lend”da u Rayan Gosling bilan birgalikda bosh rolni ijro etgan. Ijro uchun Stoun, intiqib kutgan, “Oskar” haykalchasini, eng yaxshi aktrisa sifatida qoʻlga kiritdi.

Reytingning ikkinchi oʻrnini 25,5 million dollar bilan, Djennifer Eniston egalladi. Uchinchi oʻrinni – 24 million dollar bilan, Djennifer Lourens. Shu yili avvalida Emma Stoun “Jinslar jangi” filmida surʼatga tushgan edi. Hamda, Gollivuddagi gender tengsizlik haqida gapirib oʻtib, oʻzining erkak – hamkasblariga aktrisalardan koʻra ancha koʻp pul toʻlanishini taʼkidlab oʻtgan edi. Natijada, baʼzi akterlar oʻzlarining maoshlarini qisqartirilishini soʻraganlar. Ular buni adolatli deb topganlar.

Roʻyhatda ikkinchi oʻrinni egallagan Djennifer Eniston, bir yil ichida beshta filmda surʼatga tushgan boʻlib, shu jumladan, “Sariq qushlar”da, “Gori qizlari”da va “Laylak”larda. Bundan tashqari, aktrisa hali hamon mashxur “Doʻstlar” seriali uchun toʻlovlar oladi. Hamda, Eniston Emirates Airlines aviakompaniyasi, Smartwater kompaniyasi va Aveeno kosmetik brendi uchun reklamada surʼatga tushadi.

Oxirgi ikki yil davomida hokum surgan Djennifer Lourens 24 million dollar ishlab, uchinchi oʻringa tushdi – bu uning oʻtgan yilgi daromadi, 46 millionning deyarli yarimidir. Aktrisa pullarning katta qismini Darren Aronofkining sentyabrda prokatga chiqadigan “Oyi!” filmida va “Qizil chumchuq” kartinasida surʼatga tushgani uchun olgan. Shu bilan birga Lourensda Dior bilan uzoq muddatli shartnomasi bor.

Emma Uotson yuqori daromadli aktrisalar roʻyxatida birinchi bor “Sohibjamol va mahluq” filmi yilning eng kassali kinolentasi boʻlib, prokatda 1,26 milliard dollar yigʻganidan soʻng paydo boʻldi.

Reytingni tuzishda Forbes akterlarning 2016 yilning 1 iyunidan to 2017 yilning 1 iyunigacha muddatda olingan daromadlarni baholagan. Hisoblash Nielsen ijtimoiy kompaniyasi va Box Office Mojo va IMDb maʼlumotlari asosida tayyorlanadi. Ular kinoprokatning yigʻimlarini kuzatib boradilar. Hamda, yulduzlarning oʻzlari, ularning advokatlari, menedjerlari, agentlari bilan intervyularning maʼlumotlaridan olinadi.
Yuqori daromadli aktrisalarning top – 10 ligiga komediya aktrisasi Melissa Makkarti (18 million dollar), Mila Kunis (15,5 million dollar), Emma Uotson (14 million), Sharliz Teron (14 million), Keyt Blanshett (12 million), Djuliya Roberts (12 million) va Emi Adans (11,5 million) lar ham kirganlar.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



