Tatib koʻrishga arziydigan dunyodagi eng mazali pishloqlar

Uni eng yaxshisi ingichka tilimga kesib olish kerak. Nok va grek yongʻoqi bilan isteʼmol qilish ayni muddao boʻladi. Parmezan makaron, risotto, omletlarga qoʻshiladi. n100 g oʻrtacha 392 Kkal ni oʻz ichiga oladi.

Shohona pishloq. Uning taʼmi, pishib yetish naviga, muddatiga qarab, qoʻziqorinlardan mevalarga qadar uygʻunlashuviga farq qiladi. Meva va bri eng yaxshi kombinatsiyadir. 100 g pishloq oʻrtacha 330 Kkalni tashkil qiladi.

3. Cambotsola (Cambozola) - ishlab chiqaruvchilari fransuz yumshoq pishloqlari va italiyalik Gorgortsola xususiyatlarini birlashtirishga muvaffaq boʻlgan nemis mogʻorlangan sigir pishlogʻi.
Mazasi Camembertga oʻxshaydi, ammo mogʻor qoʻshilishi tufayli u yanada toʻyingan va chuchukdir. Ushbu pishloqni mevalar (masalan,qovun, uzum yoki nok) bilan yeyish juda ajoyib natija beradi.
Cambazola pishlogʻining nozik taʼmini toʻliq anglash uchun uning hidini toʻliq ochib berishingiz kerak. Buning uchun pishloqni dasturxonga tortishdan yarim soat oldin tarelkaga solib qoʻying. 100 g pishloq oʻrtacha 427 Kkalni oʻz ichiga oladi.

4. Mascarpone - bu krem va yogurtga oʻxshash boy taʼmga ega italyan kremli pishlogʻi. 100 g pishloq oʻrtacha 453 Kkalni oʻzichiga oladi.

Bri va Kamamber oʻxshash boʻladi, ammo bri ozgina yogʻli. Oʻrtacha 100 g tarkibida taxminan 300 Kkal mavjud.

Ushbu pishloq yongʻoq va uzum bilan isteʼmol qilinadi. Agar siz bir vaqtning oʻzida bir nechta pishloq turini isteʼmol qilsangiz, bu turini eng oxirida isteʼmol qilishga qoldirganingiz maʼqul. 100 g pishloq oʻrtacha 354 Kkalni oʻz ichiga oladi.

7. Gorgonzola (Gorgonzola) - oʻziga xos chuchuk taʼmi bilan ajralib turadigan eng taniqli italyan pishloqlaridan biri.
Ushbu pishloq yoqimli taʼmga, nozik va engil yongʻoq hidiga ega. 100 g pishloq oʻrtacha 358 Kkalni tashkil qiladi.

8. Mozzarella . Ushbu pishloq pomidor, rayhon va zaytun moyi bilan yaxshi mos keladi. Yana bir oz qora qalampir qoʻshishingiz mumkin. 100 g pishloq oʻrtacha 250 Kkal ni oʻz ichiga oladi.

9. Rokfor -mashhur fransuz koʻkatli pishlogʻi. Rokfor vinolarga yaxshi mos keladi. 100 g pishloq oʻrtacha 335 Kkalni oʻz ichiga oladi.

Fransuz tilidan tarjima qilinganida uning nomi "rohibning boshi" degan maʼnoni anglatadi. Tete de Moine faqat yoz oylarida olinadigan sigir sutidan tayyorlanadi.
Uch oy davomida pishib yetiladi. Tayyor pishloq kesilgan joyida bir xil va zich tuzilishga ega. U juda kuchli hidga va aniq taʼmga ega. Oq sharob bilan yaxshi ketadi. 100 g pishloq oʻrtacha 410 Kkalni oʻz ichiga oladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



