Qiziqarli maʼlumotlar: Bolalarning aqliy faoliyatini yaxhilovchi mahsulotlar


Oʻsib borayotgan insonning miyasi – organizmga tushayotgan taomdan katta miqdorda ozuqa moddalarini yutib yuboradigan och organdir. Shunday ekan, bolalarning toʻgʻri rivojlanishlari uchun ularni toʻgʻri ovqatlantirish kerak.
Quyida miya faoliyatini yaxshilashga xizmat qiluvchi va bolalar ratsioniga kiritilishi shart boʻlgan 10 ta foydali mahsulot haqida maʼlumotlar keltiramiz.

Dengiz baliqlari tarkibida miya faoliyati uchun juda zarur boʻlgan yogʻli omega-3 kislotasi mavjud boʻlib, uni isteʼmol qilish bolalarning aqliy qobiliyatini yaxshilaydi. Bolalarga baliqni qovurilgan, qaynatilgan va dimlab pishirilgan holda sabzavotlar bilan birga berish mumkin.

Tuxumning sariq qismida xolin moddasi boʻlib, u xotirani yaxshilashga xizmat qiladi. Maktab oʻquvchisiga tushlikka bir dona qaynatilgan, qovurilgan yoki omlet holida non bilan birga berish kerak.

Yer yongʻoq miyadagi asab hujayralarini himoya quluvchi antoiksidant boʻlmish E vitaminining manbaidir. Tuzlanmagan yer yongʻoqni istalgan salatga qoʻshib yeyish mumkin, yer yongʻoq yogʻi esa judayam mazalidir.

Inson miyasining yaxshi holatda ishlab turishi uchun maʼlum miqdorda glyukoza zarur boʻladi. Donda glyukoza moddasi hamda shu glyukozaning qonga soʻrilishini taʼminlovchi kletchatka, shuningdek miyaga ozuqa beruvchi B guruhi vitaminlari mavjuddir. Oʻzingiz va farzandlaringiz uchun yuqori darajada ishlov berilmagan undan tayyorlangan mahsulotlarni sotib oling.

Suli yormasidan tayyorlangan boʻtqalar bolalar uchun eng foydali ozuqadir. Chunki suli yormasi E,B vitamin hamda kaliy va rux kabi minerallarga boydir. Bu foydali element va vitaminlar farzandingizga aqliy qobiliyatining yaxshilanishiga yordam beradi. Sulini tayyorlayotgan istagan taomingizga qoʻshishingiz mumkin – pishiriq, yogurt va hattoki sharbatga.

Qulupnay, chernika, maymunjon, olcha, yejevika va boshqa rezavor mevalar saraton kasalligining oldini oluvchi antioksidantlarga boydir. Tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, qulupnay va chernika xotirani yaxshilaydi, maymunjon va yejevika esa omega-3 kislotasiga toʻyingandir. Ushbu reza mevalarni salatlarga qoʻshish yoki oʻzini isteʼmol qilish mumkin.

Dukkakli mahsulotlar ichida eng foydalilari – loviya, noʻxat, chechevitsa (yasmiq). Ular oqsil, murakkab uglevodlar, kletchatka, vitamin va minerallarga boydir. Dukkakli mahsulotlarni salatlarga qoʻshish mumkin yoki garnir sifatida isteʼmol qilgan maʼqul.

Rangli sabzavotlarga –pomidor, brokkoli, baqlajon, qovoq, sabzi,bulgʻor qalampiri, makkajoʻxori va ismaloq kabi oʻsimliklar kiradi. Ular zararlangan hujayralarni tiklovchi xususiyatga ega boʻlgan antioksidantlarga boydir. Ushbu sabzavotlarni farzandlaringizning ratsioniga toʻgʻrab yoki salat sifatida qoʻshing.

Sutli mahsulotlar oqsil va B guruhi vitaminlariga boydir. Bu moddalar miya hujayrasining oʻsishida muhim komponent hisoblanadi hamda bosh miyaning hayot uchun muhim boʻlgan jarayonlarida ishtirok etadilar. Farzandlaringizga yogurt, yogʻsiz qaymoq, sut, qatiq va kefir kabi mahsulotlarni ertalab maktabga ketish oldidan bering.

Yogʻsiz goʻsht – miyaning fikrlash qobiliyatining yaxshilanishiga xizmat qiluvchi temir va rux moddasining manbaidir.Yogʻsiz goʻshtni C vitaminiga boy mahsulotlar (pomidor, bulgʻor qalampiri, apelsin, qulupnay) bilan birgalikda isteʼmol qilish temir moddasining organizmga singishinitaʼminlaydi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



