Qiziqarli faktlar: Sibir haqida qiziqarli 15 ta fakt

Odamzot tabiatning har qanday ayovsiz muhitiga ham koʻnikish qobiliyatiga ega. Xatto Sibirda ham odamlar hayotga koʻnikib ketgan.

Ushbu hudud boy tarixi, ajoyib manzarasi va dunyo sevgan kuchuk zoti bilan mashxur.
Sibir Rossiyaning katta qismini egallaydi

Geografik Sibirning maydoni 9.8 million km kv. (Rossiyaning 57% maydoni). Taqqoslash uchun Kanadaning maydoni 9.9 mln km kv.
Sibirda dunyodagi eng chuqur koʻl joylashgan

Baykal koʻli sharqiy Sibirning janubiy qismida joylashgan. Bu chuchuk suvning eng katta tabiiy rezervuari. Uning sirti Niderlandiya sirtiga teng. Bundan tashqari u shunchalik tozaki 50 metr chuqurlikdagi toshlarni ham koʻrishingiz mumkin.
Tungus meteoriti

1908 yil 30 iyun kuni Toshosti Tunguska daryosi hududiga meteorit tushgan. Portlash kuchi 40-50 megatonda baholangan, bu eng kuchli vodorod bombasining kuchiga teng.
Vasyugan botqogʻi

Vasyugan botqogʻi Shimoliy yarimshardagi eng katta botqoqlik tizimi. Botqoqning maydoni 53 ming km kv (taqqoslash uchun: Shveysariyaning maydoni 41 min km kv).
Muzliklar

Rossiyaning 65 % maydoni abadiy muzlik. Sharqiy Sibir va Baykalortida u ayniqsa kuchli tarqalgan. Iqlim oʻzgarib, isish jarayoni kuzatilayotgan bir paytda abadiy muzliklarning erishi kuzatilmoqda, ular erib oʻzining muzli tublaridan metan zaxirasini chiqarib, dengiz satxini koʻtarmoqda.
Sibir daryolari

Sibirdan dunyodagi eng uzun 10 ta daryodan 4 tasi oqib oʻtadi: Ob, Amur, Lena, Yenisey. Norilks tumanidagi Daldikan daryosi ham eʼtibordan chetda emas. Oʻtgan yilning sentabr oyida daryo Nadejdin metallurg zavodining chiqindilari sababli yorqin qizil rangga kirgan.
Dunyodagi eng sevimli itlar zoti

Sibir xaskisi – eng qadimiy va mashxur zotdor itlardan biri. Doʻstsevar va xotirjam xarakterga ega, ogʻir jismoniy mehnatga mos va yoʻlovchi kuchuklar uchun juda mos. Hayot davomiyligi: 12-14 yil.
Biz Sibirdan kelganmiz

Sibirda Homo erectusning osiyo turkumi yashagan (tik yuruvchi odam). Genetik analizlarga qaraganda Homo erectus bizning ajdodlarimiz boʻlishi mumkin ekan.
Bizning ajdodlarimiz Sibirda yashagan

2008 yili Altay oʻlkasi Soloneshensk rayonida Denisov gʻorida rus izlanuvchilari odamning jimjiloq barmogʻini topishgan. Unda olimlar bu neandertal odamning qoldiqlari deb hisoblashgan. Biroq sinchkovlik bilan oʻtkazilgan genetik analiz koʻrsatdiki, bu bizga avval maʼlum boʻlmagan odam qoldiqlari. Jimjiloq taxminan 50 ming yil oldin qizaloqning qoʻlida boʻlgan. Uni olimlar “X-ayol” deb nomlashgan. Olimlarning fikricha, hech boʻlmaganda uchta tur – Homo sapiens, neandertal va bu denisonas deb nomlangan tur – uchrashib Sibirning janubiy qismida muomalaga kirishgan.
Kemerova: Utopiya

1921 yili Rossiyada ekonomikani qayta ishlab chiqiqsh loyihasi chegarasida Kemerova millatlararo ishlab chiqarish kaloniyasiga aylandi. Kemerova kaloniyasi 1922 yildan 1927 yilgacha mavjud boʻlgan, 5 yil ichida bu yerda 5000 ta rus va 750 ta xorijlik ishlagan. Muloqotning asosiy tili birinchi vaqtlarda ingliz tili boʻlgan. Tajriba omadli kelib, ulkan sanoat tashkiloti yaratilgan.
Sibir salomatligi

Asl Sibirliklar oʻzining mustahkam sogʻligʻi va katta kuchi bilan farq qiladi. Mustahkam sogʻlik ularda tabiiy chiniqish va muhitdan hosil boʻlgan – sibirliklar morjlik qilish bilan mashxurdir.
Superodamlar

Sibirliklarning chidamliligiga aql bovar qilmaydi. Maʼlum boʻlishicha, bir kishi tasodifan poezddan 45 daraja sovuq kunda tushib qolgan. Bratska aholisi bitta yengil futbolkada va yengil poyabzalda eng yaqin stansiyagacha 7 km yugurgan. U nafaqat stansiyaga yetib brogan, balki shamollab ham qolmagan.
Ekstrimal sharoitda haydash

Butun qish davomida sibirliklar hech qanday avtomobil moslasha olmaydigan sharoitda avtomobil boshqarishlari kerak. Agar transport ovloqroq joyda buzilib qolsa, yordam kutishga xojat yoʻq. Lekin omadni qarangki, odamlar doim kelib yordam berishadi.
Sibirda yakkashoxlar yashagan

Sibirda yakkashoxni eslatuvchi hayvonning toshqotgan qoldiqlari topilgan. Qadimiy elasmosterilar boshida katta shox bilan yurgan va yerda ular 29 ming yil avval yashagan. Demak yakkashoxlar odamlar bilan bir vaqtda yashagan.
Odamlar Sibirga koʻnikishgan
Odamlar nafaqat Sibirda yashashga koʻnikishgan, bu ularga xatto yoqadi. Sibirliklar uchun 20 daraja sovuq - yoqimli xarorat, ular issiq va toʻgʻri kiyinishni biladi. Sibir rostdan ham oʻzining tabiati, madaniyati, tarixi va ajoyib odamlari bilan qiziq.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



