Qiziqarli faktlar: Parashyut sporti haqida qiziqarli faktlar

Parashyutni yaratish fikri Leonardo da Vinchiga taaluqli – 1483 yilda u piramidali parashyut chizmalarini chizgan va shunday yozgan: “Agar insonda kengligi va balandligi 12 ta tirsakdek keladigan, kraxmallangan mato ko'rinishidagi jihoz bo'lsa, u xohlagan balandlikdan o'ziga xavf tegmaydigan holatda sakrashi mumkin”. Bunday parashutning oʻlchami 60 kvadrat metrga teng, va bu hozirgi zamonaviy prototiplarga juda mos.

Ammo uning kerak boʻlib qolmaganligi sababli qurilishini oxirigacha yetqizishmadi. Va havodan suvga sakrashning rivojlanishi sababli, insonning samolyotdan yoki boshqa transportdan xavfsiz pastga tushishini taʼminlaydigan uskunaga ehtiyoj paydo boʻldi. Aytgancha, angliyalik A. Nikolas da Vinchi konstruksiyasi boʻyicha qurilgan parashyut, zamonaviy parashutlardan kam boʻlmagan holda ish berishini isbotladi, va buyuk kashfiyotchi chizmalariga koʻra yaratilgan uskuna yordamida muvaffaqiyatli sakrashni amalga oshirdi.
Ushbu uskunani fransuz fizigi Lenorman yaratdi, va unga “parashut” (grek tilidan “para” – qarshi va fransuz “shyute” – tushish) deb nom berdi. Lenorman aynan oʻsha birinchi boʻlib parashyutdan sakrashni amalga oshirgan shaxs, bunda u 1786 yilning 26 dekabrida Monpelye minorasidan sakragan. Biroq uning parashyuti oʻta yirik edi, va katta soyabonni eslatardi. Hozirgi zamonda esa prashyutdan sakrash umuman hech qanday qiyinchilik tugʻdirmaydi. Bunga oʻrgatuvchi va sakrashni tashkillashtirib beruvchi tashkilotlar soni hozirda juda koʻp.
Birinchi boʻlib havo sharidan sakragan inson esa fransuz astronafti Andre-Jak Garneren edi, va u 1797 yilda 400 metrli balandlikdan sakradi. Lekin u havo sharida bir oʻzi uchmagan, uning yonida fizik ham boʻlgan va u shardagi havo qanday harakatlanishini koʻrib, parashyut oʻrtasida, undan havo chiqishi uchun tuynuk qilishni taklif qildi. XX asrda esa germaniyalik Paulyus yigʻma parashyutni kashf qildi.
1911 yilda esa rus harbiyi Kotelnikov, Umumrus havoda uchish bayramidan qolgan taasurotlar va 1910 yilda rus uchuvchi kapitani Matsiyevichning oʻlimidan soʻng, yangi RK-1 parashyutini yaratdi. Kotelnikov parashyuti juda mujassam shaklda edi. Uning shiyponi altasdan, arqonlari ikki guruhga boʻlingan va ilmakli tizimning yelka oʻramiga tutashardi. Shiypon va arqonlar avvaliga yogʻoch, keyinroq esa alyumin ryukzakka sigʻdirilar edi. Keyinchalik, 1923 yilda Kotelnikov arqonlar uchun maxsus joyli konvert shaklidagi, parashyutni yigʻish uchun ryukzakni taklif qildi.
Mustaqil uchishda parasyut ocjilishiga qadar inson 50 km soat tezlikda harakatlanadi. Va, aytgancha, parashyut sporti hayot uchun juda xafvli sport turi boʻlgani va koʻp holatlarda oʻlim bilan yakunlanishi shuchaki afsonadir, axir bu ekstremal sportda oʻlim bilan yakunlanish foizi 0,025% ni- yaʼni juda past foizni tashkil qiladi. Hamma ham sakray olmaydi, faqatgina 40 dan 95 kg vazngacha boʻlgan odam sakrashga ruxsat beriladi. Inson mustaqil uchish paytida gapira olmaydi, shu sababli, tushish vaqtida muammolarni hal qiluvchi super agentlar haqidagi filmlar, bu shunchalik afsonadir.
Baʼzi qiziq maʼlumotlar:

- 2005 yilda Sheyna Richards parashyutdan sakramoqchi edi, lekin mustaqil sakrash vaqtida ikkala parashyut ochilmadi. Sheyna 60 km soat tezlik bilan yerga qulab tushdi, ammo halok boʻlmadi. Albatta, suyak sinishlardan oʻzini asray olmadi, lekin eng qizigʻi, Sheyna oʻshanda homilador edi, va vaqt oʻtib juda sogʻlom bolani dunyoga keltirdi.
- Parashyutdan sakragan eng qari odam bu 97 yoshli ingliz Djordj Moyz boʻldi, va u oʻziga shu tariqa tugʻilgan kuniga sovgʻa inʼom etdi.
- Eng baland sakrashni sportchi-ekstremal Feliks Baungartner boʻldi. U 38,6 km balandlikdan sakradi, bunda mustaqil sakrashning juda katta tezligi – 1342 km/s ga erishdi. Albatta, Feliks maxsus skafandrda sakradi, aksini olganda u yoki havo yetmaslikdan, yoki atmosferada kuyib ketishdan halok boʻlardi.
- Parashyut sportida katta oʻrinni yana bir yoʻnalish – yaponlar tomonidan oʻylab topilgan “banzay- sakrash” egallaydi. Inson samolyotdan parashyutsiz sakraydi, keyin uning ortidan parashyutli ryukzakni uloqtirishadi. Odam uni ushlab, kiyib va parashyutni ochtirishi kerak boʻladi.






Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



