Texnologiya

Isroil askarlari hayotidagi 7 asosiy taʼqiq

Isroil askarlari hayotidagi 7 asosiy taʼqiq

Isroil oʻta kichik mamlakat boʻlsa-da, qurolli kuchlari juda faol va bunga yetarlicha siyosiy sabablar bor ekanligini ham koʻpchilik biladi. U muntazam ravishda harbiy mojarolarga aralashib turgani sababli, mamlakat qurolli kuchlarining ichki tartiblari haddan tashqari qatʼiy va ayrimlari yetarlicha gʻalati hamdir.

Isroil askarlari hayotidagi 7 asosiy taʼqiq

Internet tarmogʻida Isroil askarlarining koʻplab suratlarini topish mumkin, albatta. Ularning deyarli barchasi harbiy jurnalistlar tomonidan olingan boʻlib, armiya rahbariyati tomonidan maʼqullangan. Aslida esa ushbu mamlakat askarlariga suratga tushish, harbiy xizmat vaqtida olingan rasmlarni boshqalarga tarqatish mutlaqo man etilgan. Haydalgan va ishdan ketgan sobiq harbiylar esa bundan mustasno. 

Isroil askarlari hayotidagi 7 asosiy taʼqiq

Kipa yahudiylarning diniy bosh kiyimi boʻlib, maʼlum vaqtlarda Isroil askarlariga uni kiyish taʼqiqlangan. Ammo, Isroil Mudofaa armiyasi fuqarolarning diniy qarashlarini xurmat qilishi haqida yashirmaydi, shu jumladan kipaga doir bir qator qoidalarni ham joriy qilgan. Misol uchun, askar kiygan kipa oddiy, eʼtiborni jalb qilmaydigan boʻlishi, eng muhimi, unda biror yozuv koʻzga tashlanmasligi kerak. 

Isroil askarlari hayotidagi 7 asosiy taʼqiq

Isroil armiyasida xizmat qilish vaqtida askarlarga  mamlakat siyosati borasida oʻz fikrini aytish taʼqiqlanadi. Askarlar siyosiy mavzulardagi suhbatlarga aralashmasliklari,siyosatchilar va partiyalar faoliyatini muhokama qilmasliklari zarur. Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur mavzudagi postlar ostida izoh yoki "layk" bosib qoldirish ham butunlay taʼqiqlangan. Askarlar bu borada betaraf boʻlishlari kerakligi talab etiladi. 

Isroil askarlari hayotidagi 7 asosiy taʼqiq

Isroil armiyasi askarlari xizmat vaqtida mamlakat boʻylab birovning shaxsiy mashinasida yurishlari taʼqiqlangan. Ushbu qoida bir nechta askarlar turli guruhlar tomonidan aynan mashina yordamida oʻgʻirlab ketilgach, joriy qilindi. Mazkur taʼqiq harbiylar hayoti va xavfsizligini taʼminlash maqsadida oʻylab topilgan. 

Isroil askarlari hayotidagi 7 asosiy taʼqiq

Ushbu qoida barcha mamlakatlar armiyalarida mavjud boʻlishiga qaramay,Isroil Mudofaa armiyasi bunga nisbatan juda qatʼiy choralar koʻradi. Xizmat vaqtida shaxmat, narda, shashka kabi oʻyinlar oʻynash mumkin, ammo ularga pul aralashtirish man qilingan.

Isroil askarlari hayotidagi 7 asosiy taʼqiq

Isroil askarlariga boʻsh vaqtlarida musiqa tinglash va filmlar tomosha qilish uchun ruxsat bor, ammo buni ikkita quloqqa ham quloqchin taqib olgan holatda amalga oshirish mumkin emas. Isroil armiyasi ustaviga koʻra, quloqlarning biri hamisha erkin holatda boʻlishi va atrofdagi ovozlarni eshitib turishi kerak.

Isroil askarlari hayotidagi 7 asosiy taʼqiq

 Bu qoida sizga juda gʻalati tuyulishi mumkin, ammo Isroil armiyasi askarlari liboslaridagi eng yuqori tugmani taqib yurishga haqli emaslar. Ushbu taʼqiqqa sabab boʻlgan narsa iqlim sharoitlari ham emas. Mazkur tugma keskin va kutilmagan vaziyatlarda boshqalarga yashirin signal berish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, askarlarning biri vafot etadigan boʻlsa uning doʻstlari dafn marosimiga liboslarining yuqori tugmalarini qadab borishlari kerak.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar