Qiziqarli

Qiziqarli maʼlumotlar: Oshxona uchun moʻljallangan yangicha qulay moslamalar

Qiziqarli maʼlumotlar: Oshxona uchun moʻljallangan yangicha qulay moslamalar

Toʻgʻri, har bir ayolning oʻz didiga xos moslamalari bor, albatta. Biroq quyidagi eʼtiboringizga havola etilayotgan moslamalar har bir bekaning qalbidan ham, oshxonasidan ham joy olishiga ishonamiz.

Qiziqarli maʼlumotlar: Oshxona uchun moʻljallangan yangicha qulay moslamalar

Ushbu kichkinagina krovatcha shaklidagi taglik oshxonada birinchi darajali zaruriyat boʻlmasada, bunday yoqimtoygina jihoz interyerga quvonch va qulaylik hissini beradi.

Qiziqarli maʼlumotlar: Oshxona uchun moʻljallangan yangicha qulay moslamalar

Sariyogʻ sovuq yogʻ boʻlgani uchun undan buterbrod tayyorlashda foydalanish biroz qiyinchilik tugʻdiradi. Maxsus isitiladigan pichoq bu muammoni osongina hal qiladi. Pichoq qizish xususiyatiga ega, shuning uchun u sariyogʻni yumshatadi va uni nonga bir tekisda surtadi.

Qiziqarli maʼlumotlar: Oshxona uchun moʻljallangan yangicha qulay moslamalar

Bu uncha katta boʻlmagan oshxona jihozi har bir bekaning qulaygina yordamchisi boʻlishi aniq. Uning yordamida shisha idishlarni ochish, qotib qolgan qopqoqlarni burab ochish, konserva idishlarini ochish hamda ogʻzi yopishib qolgan paketchalarni bir zumda ochish mumkin.

Qiziqarli maʼlumotlar: Oshxona uchun moʻljallangan yangicha qulay moslamalar

Ihcham va qulaygina bu taglik tova va qozonlarning qopqogʻini, shuningdek taom tayyorlash jarayonida ishlatiladigan qoshiq, sanchqilarni qoʻyishga moʻljallangan boʻlib, ish joyi va stol ustining yogʻ va ifslos boʻlishdan saqlaydi.

Qiziqarli maʼlumotlar: Oshxona uchun moʻljallangan yangicha qulay moslamalar

Silikonli choʻtkaga ega hamda uncha katta boʻlmagan dispenser oʻsimlik yogʻi va tuxumlarni istalgan yuzaga bir tekisda surib chiqishga yordam beradi.

Qiziqarli maʼlumotlar: Oshxona uchun moʻljallangan yangicha qulay moslamalar

Bu grafinning olib qoʻyiladigan qismlariga quruq choy, yax hamda meva va rezavorlarning mayda donalarini solish mumkin. Bunday grafin choy damlash, limonad solib qoʻyish va boshqa ichimliklar uchun ham juda qulaydir.

Qiziqarli maʼlumotlar: Oshxona uchun moʻljallangan yangicha qulay moslamalar

Noodatiy shaklga ega boʻlgan bu slayser (narsalarni boʻlaklarga boʻluvchi pichoqcha) yordamida qovunni soʻyyish, uni danaklari va poʻstlogʻidan osongina tozalash mumkin.

Qiziqarli maʼlumotlar: Oshxona uchun moʻljallangan yangicha qulay moslamalar

Bu qulaygina moslama eski oshxona bolgʻachasining oʻrnini bosa oladi hamda goʻshtlarning yumshoq, suvli, yumshoqqina boʻlib pishishiga xizmat qiladi.

Qiziqarli maʼlumotlar: Oshxona uchun moʻljallangan yangicha qulay moslamalar

Pishloq qoʻshilgan yogʻliqqina kotletlarni pishirish uchun moʻljallangan bu qolip, shibbalovchi qopqoq, olinuvchi qoshiqcha hamda ikkita tsilindrli segmentlardan iborat boʻlib, kotletlar va chizburgerlarga shakl berish uchun moʻljallangan.

Qiziqarli maʼlumotlar: Oshxona uchun moʻljallangan yangicha qulay moslamalar

Bu hamir yoyish uchun moʻljallangan juvani hamirning katta kichikligiga qarab uzunligini oʻzgartirish mumkin.

Qiziqarli maʼlumotlar: Oshxona uchun moʻljallangan yangicha qulay moslamalar

Bu moslama qaynatilgan guruch, baliq hamda sabzavotlardan jipsligi va shakli ideal darajadagi rollarni qilib chiqaradi.

Qiziqarli maʼlumotlar: Oshxona uchun moʻljallangan yangicha qulay moslamalar

Bu mashinka varaqi va chuchvaralarning chetlarini jipsroq yopishtirish uchun moʻljallangan.

Qiziqarli maʼlumotlar: Oshxona uchun moʻljallangan yangicha qulay moslamalar

Bu qoshiqning dastasi hamda boshchasi oʻzgartirib turganligi uchun u kapgir ham, choʻmich ham boʻla oladi. Shu xususiyati tufayli bu universal qoshiqda oshxonada taom tayyorlash jarayoni osonlashadi.

Qiziqarli maʼlumotlar: Oshxona uchun moʻljallangan yangicha qulay moslamalar

Bu qopqoqlarning uchlari jonivorlar dumining shaklida boʻlib, ularning yordamida istalgan shisha butilkaning ogʻzini yopib qoʻyish mumkin.

Qiziqarli maʼlumotlar: Oshxona uchun moʻljallangan yangicha qulay moslamalar

Bu tova elektrda ishlaydi hamda quymoqlarning yomshoq va ideal shaklda pishishini taʼminlaydi.

Qiziqarli maʼlumotlar: Oshxona uchun moʻljallangan yangicha qulay moslamalar

Bu moslama steplerga oʻxshab ketadi va bir necha soniya ichida paketlarning ogʻzini jipslab yopib qoʻyadi hamda mahsulotlarning germetik qadoqlanishini taʼminlaydi.

Qiziqarli maʼlumotlar: Oshxona uchun moʻljallangan yangicha qulay moslamalar

Plastik idish shaklidagi moslama ichida choʻtkasi bilan oshxonadagi ovqat qoldigʻi tushga asboblar va yuzalarni tozalash uchun moʻljallangan.

Qiziqarli maʼlumotlar: Oshxona uchun moʻljallangan yangicha qulay moslamalar

Bu qulaygina taxtakachlar pazl shaklida ishlangan boʻlib, ularni alohida ham, yaxlit bitta katta taxtakach sifatida ham ishlatish mumkin.

Qiziqarli maʼlumotlar: Oshxona uchun moʻljallangan yangicha qulay moslamalar

Uncha katta boʻlmagan plastik qolip kabobni tayyorlash uchun yaxshigina moslamadir. Bu yangi qolip goʻshtni bir shaklga keltirib, uni osongina kesish va sixdaligida marinadlash uchun moʻljallangan va kabobni pishirishga tayyorlaydi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar