Qiziqarli maʼlumot: Aslida muhum vazifani bajaradigan, lekin biz eʼtibor bermaydigan buyumlardagi detallar


Albatta, tayoq bilan quti burchaklaridan guruch va lagʻmon ilib, barmoqlaringiz mahoratini oshirishingiz mumkin. Lekin qutini ochsangiz, u likobga aylanadi va undan yeyish ancha oson boʻladi.

Bu elektr simidagi yuqori chastotali toʻsiqni bosadigan ferrit filtri. Uning yordamida raqamli signal sifati yaxshilanadi. Aytgancha, ularni yechib qoʻysa ham boʻladi.

Bu tugma bir paytlar boʻyinbogʻ yoqaning tagidan koʻrinib, chiqib turmasligi uchun kerak boʻlgan. Hozir bunaqa koʻylaklarni topish qiyin, chunki bu tugma ostiga sigʻadigan tor boʻyinbogʻlar modasi oʻtib ketgan. Endi bu tugmalar faqat bir bezak vazifasini bajarishadi.

Idish ogʻzi qopqoq bilan berkilganda shishaning tubida kuchli bosim paydo boʻladi. Idishlarning tubidagi chuqurlik bosimni bir-xil miqdorda boʻlib yuboradi va shuning uchun shisha yorilmaydi. Aytgancha, gazlangan vino uchun shisha ostidagi chuqurlik kattaroq boʻladi.

Nima uchun kuylakdagi tugmalarning koʻpini sirtmoqlari vertikal, yuqoridagining sirtmoqi esa gorizontal. Javob oddiy: bu nuqtada koʻylak koʻpincha yechilib ketadi. Gorizontal sirtmoqdan tugma chiqib ketishi oson emas, vertikaldan esa aksincha.

Bu teshiklardan koʻpchilik foydalanmaydi va bekor qiladi. Qoʻshimcha boʻlgan bu teshiklar yordamida krossovkalarning shnurlarini oyogʻingizga qulay qilib bogʻlab olsangiz, sport mashgʻulotlari vaqtida oyoqlaringizni shilinib ketishidan saqlaydi.

Bu teshikchalar ventilyatsiya vazifasini bajarishi mumkin, biroq undan tashqari uning boshqa vazifasi ham boʻlgan ekan. Gap shundaki, dastavval bu oyoq-kiyim basketbolchilar uchun moʻljallab ishlab chiqarilgan va u oyoqda qulay va yopishib turishi uchun shnurlar shu teshiklardan ham oʻtkazilgan.

Qancha spaghetti pishirish kerakligi ustida boshingizni qotirmasligingiz uchun ham shu tirqishchalar qilingan. Shu qoshiqqa sigʻgan miqdor – bir kishilik mayor hisoblanadi.

Bu teshik orqali choʻmich ilgakka osib qoʻyiladi. Biroq bu teshikcha taom tayyorlash jarayonida qoshiq uchun tirgak vazifasini ham bajaradi.

Bolalar hattoki maktab yoshida ham duch kelgan narsalarni ogʻizlariga solaveradilar, ruchkalar ham bundan istisno emas. Agar bordi-yu bola tasodifan ruchkaning qopqogʻini yutib yuborsa va u nafas yoʻlida turib qolsa, bu uncha katta boʻlmagan tirqish sababli bolaga havo oʻtib turadi.

Afsuski bu belgi hamma mashinalarda ham boʻlavermaydi. Chunki bu belgi benzik baki mashinaning qaysi tarafida ekanligini bildirib turadi. Bunday yordamchi koʻrsatgich avtomobilni ijaraga olganda ayniqsa asqotadi.

Bu narsa texnologik asosga ega: bu kichkinagina teshikcha konfet ushbu plastikli choʻpga yopishib turishi uchun kerak. Bu konfetli choʻpni oxirida qiyomga botirib olinganda, qiyom shu teshikchalar orasiga kirib, konfewtning yanayam mustahkamroq jipslashishiga xizmat qiladi.

Albatta bu choʻntak emas. Gap shundaki, qulfaklar buyumning asosiy matosidan boʻlmagan boshqa yumshoq materialdan tayyolanadi. Qulfakning (lastovitsa) yon tomonlari yon tomondagi choklarga kirib ketadi, orqa tomonlari esa ichki chok ichiga kirib ketadi. Yana bir ichki chok qilishning imkoni boʻlmaganligi bois qulfakning oldingi qismi tikilmay qoladi va buning natijasida hech narsaga yaramaydigan choʻntaksimon shakl hosil boʻladi.

Dastavval bunday teshikli nashivkalar turistik ryukzaklarda boʻlgan: bu yoriqlardan arqon va karabinlar oʻtkazilgan. Keyinchalik esa shaharliklarning ryukzaklariga ham bunday nashivka bezak sifatida tikiladigan boʻldi.

Bugungi kunda bu chiziqlar klassik shimlarning asosiy xususiyati boʻlib qoldi, biroq ularni hech kim atayin oʻylab topgan emas. Gap shundaki, XIX asrda kiyim tikish korxonalarining koʻp qismi mahsulotlarni asosan eksport qilish uchun ishlab chiqargan. Yuk tashish vaqtida mahsulotlar iloji boricha kam joy egallashi uchun kiyimlarni presslb qadoqlaganlar. Natijada kiyim matolarida ketkazish juda qiyin boʻlgan shunday chiziqlar tushib qolgan. Bunga koʻnikishdan boshqa ilojisi boʻlmagan.

Bunday popuklar ilk bor frantsuz dengizchilarining bosh kiyimlarida paydo boʻldi. Bu dengizchilar juda past boʻlgan kema shiftiga va doʻndiqlariga boshlarini urib olaverganlaridan keyin ularning bosh kiyimlariga shunday yumshoq popuklar tikib qoʻlyildi. Keyinchalik har xil shakldagi pomponlar ham boshqa armiya bosh kiyimlarida paydo boʻla boshladi. Bu popuklarga qarab, bosh kiyim egasi qaysi harbiy boʻlinmada xizmat qilishini bilin olish mumkin edi.

Odatda u yerda tovoq turadi. Lekin, aslida, u isitgich deb ataladi. U tayyor ovqat iliq boʻlib qolmasligi uchun kerak.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



