Qiziqarli maʼlumot:2017 yilning eng qimmat avtomobillari


Bu avtomobillarning barchasi saʼnat asaridir! Zamon talabiga javob beruvchi bunday mukammal, hashamatli mashinalarni sotib olishga har kimning ham choʻntagi koʻtaravermaydi. Biroq shunday boʻlsa-da, bu narsa serhasham, qimmat mashinalarning soʻnggi modellarini bir koʻrib qoʻyishga va tanishishga toʻsqinlik qilmaydi. Eʼtiboringizga 2017 yilning eng qimmat, hashamatli avtomobillarini havola etamiz.

Bugungi kunda Bugatti Chiron avtomobilining narxi – 2,6 million dollarga teng boʻlib, dunyoning eng qimmat avtomobillaridan biri hisoblanmoqda. Ushbu model birinchi oʻrinda turuvchi Veyron rusumli ajdodidan ham oʻtib ketdi. Bugatti Chiron ajdodi kabi mukammal, soʻnggi texnolpgiyalar bilan jihozlangan. Ushbu avtomobil 1 500 ot kucni quvvatini beruvchi yangi 8 silindrli dvigatelga ega. Shunga qaramay soatiga 420 km bilan chegaralangan.

Ushbu avtomobilning bahosi esa 2,8 million dollarga teng. Italiyalik avtokontsern tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobilning tezligi ham, dizayni ham eʼtiborga loyiq. Avtomibil 6 litrli V12 ga hamda 790 ot kuchiga ega. Bulardan tashqari avtomobil yangi texnologiyalar bilan jihozlangan.

Hashamatli qimmat avtomobillar rʼoyxatida Ferrari ning boʻlmasligi mumkin ham emas edi. Ferrari Pininfarina Sergio 2017 yil modelining narxi – 3 million dollarga teng. Ushbu mashina shovqin darajasining pastligi bilan ajralib turadi. 4,5 litrli V8 dvigatelida ishlagani uchun avvalgi rusumdagi avtomobillar kabi tezlikda yura oladi.

Dabdabali mashinalardan yana biri - Aston Martin Valkyrie rusumidir. Uning narxi – 3 million dollar boʻlib, Aston Martin avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonaning eng mukammal modelidir. Uchbu benuqson avtomobil 6,5 litrli V 12 dvigatelida ishlaydi hamda gibrid akkumulyatorga ega.

Superkarlar bozorini Lamborghini avtomobilisiz ham tasavvur qilib boʻlmaydi. Italiyalik ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan ushbu avtomobil noyob dizaynga ega. Narxi 3,3 million dollarga teng boʻlgan supercar 6,5 litrli V12 dvigateli 740 ot kuchini beradi. Mashina uglerod tolasidan qilingan boʻlib, oxirgi rusumdagi texnologiyalar bilan jihozlangan.

Lykan HyperSport avtomobili W Motors kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Arab ishlab chiqaruvchilari tomonidan yaratilgan ushbu supercarning yoritgich asboblariga brilliantlar bilan bezatilgan. Ushbu mashina quvvatli dvigatelga ega boʻlib, 2,8 soniya ichida soatiga 100 km tezlikka chiqib olishi mumkin. Bahosi ham shunga yarasha – 3,4 million dollar.

Bugungi kunda 3,7 million dollarga bir dunyo narsa sotib olish mumkin. McLaren P1 LM superkari aynan shuncha turadi. Ayni damda bu avtomobil eng qimmati hisoblanadi. Mashina soʻnggi texnologiya, ajoyib dizaynga ega boʻlish bilan birga tilla tilla bilan sayqallangan hamdir.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



