Qiziqarli olam: Aslida sizning eʼtiboringizga loyiq boʻlmagan beshta ommaviy turistik joylar


Faqatgina 2013 yilda Baliga 3,3 million sayyohlar tashrif etganlar. Bu qadar kuchli oqim infrastrukturani qattiq zoʻriqtiradi. Afsuski, Balida ifloslanish muammolari ham actual. Bu oroldagi koʻp plyajlarni haqiqiy axlatxonalar deb atash mumkin. Ular axlar bilan toʻla. Balidagi mashxur plyajlardan biri Kut nomiga ega. Lekin, juda kamchilik bu tumadagi suv okeanga toʻkiladigan, kanalizasiya oqava suvlari bilan ifloslanishini biladilar. Shuning uchun yaxshisi bu yerda sayyohlar nimada choʻmilishlarini tasavvur qilmagan yaxshi.
Koʻpchilikka mashxur amerikalik yozuvchi Elizabet Gilbert kitobi “Ye, ibodat qil, sev” tufayli tanilgan, Ubud shari ham odamlar bilan gavjum. Afsuski, ular dam olayotgan joylari haqiqiy Indoneziyaga xech ham oʻxshamasligini hattoki, hayollariga ham keltirmaydilar. Pretensioz gʻarbdan kelgan mehmonlar taʼsiri ostida Indoneziyaning mashxur turistik tumanlari oʻzining asl mohiyatini yoʻqotgan. Ularda yuzlab sushi-barlar, ommaviy italiyancha restoranlar va qaxvaxonalar ochilgan. Shu vaqtning oʻzida u yerda Indoneziyaning milliy oshxonasining taomlarini tatib koʻrish mumkin boʻlgan joylarni topishingiz juda qiyin boʻladi.
Maslahat: Bali orolidan koʻra sizga Malayziyaga, Perxentian orollariga yoʻl olishni tavsiya qilamiz. Bu yoʻnalish xozircha u qadar ommaviy emas, shuning uchun u boshqa kurort kabilarga aylanib ulgurmagan. Bu yerda tabiat goʻzalliklari va ob-havo sharoitlari Indoneziyanikidan qolishmaydi. Perxentian orollarida siz aniq oʻz ona shahringizni tark etmagan hissini his etmaysiz.

Zamonaviy sivilizasiyaning asosi boʻlgan, bizga oʻnlab diqqatga sazovor joylarni hadya qilgan va oʻzining aql bovar qilmas mazali oshxonasi va oʻziga xos madanyati bilan dongʻi ketgan, afsonaviy shaharning qanday minuslari boʻlishi mumkin?
Afina turli nashrlar tomonidan doimiy ravishda, siz albatta tashrif etishingiz kerak boʻlgan, turistik yoʻnalishlar roʻyxatiga kiritiladi. Lekin, grek poytaxti sizga haqiqatdan qiziq narsalar taklif qila oladimi?
Albatta, siz Plaki – Afinaning tarixiy rayoniga tashrif etishni istaysiz. U yerda qadimiy bino qoldiqlari joylashgan. Lekin, keyin qayerga boorish kerak? Shaharning boshqa tumanlari juda iflos, koʻchalarda hamma yerda axlat yoyilgan. Arxitektura obidalari va zamonaviy uylarning devorlari hamma yeri graffitida chizilgan. Lekin, bu hali eng yomoni emas. Afinada tez-tez metro ishlamaydi (greklar ish tashlash uyushtirishni yaxshi koʻradilar), jinoyat darajasi esa yildan yilga oshmoqda. Kamerani, koʻcha oʻgʻrilari uni sizdan olib qochib keta olmasliklari uchun, maxkamroq ushlashni tavsiya qilamiz (yaxshisi, ikki qoʻlda). Pulning yirik summalarini yaxshisi, umuman oʻzingiz bilan olib yurmagan yaxshi, undan koʻra karta bilan foydalaning. Xech qanday hollarda, kechki oqshomda qandaydir qorongʻu koʻchaga kirishga tavakkal qilmang!
Afina millionlab odamlar tashrif etishni istaydigan shahar. Lekin sizning yuqori darajadagi kutganlaringiz, u bilan birinchi marta uchrashganingizdan oqlanmasa kerak. Afinadan ketayotib, siz faqat bir narsani istaysiz: greklar vanihoyat, koʻchalarini tolab olishlarini va binolarini, jirkanch graffitilardan halos etib, qaytadan boʻyashlarini. Qadimiy greklarning yutuqlari albatta, lol qoldiradi, lekin, ularning avlodlari tarixiy shaharni daxshatli darajaga keltirib qoʻyganlar.
Maslahat: Lissabonga boring. Bu shahar albatta, ideal emas lekin, Afinadan koʻra ancha yaxshi. Hamda, tarixiy diqqatga sazovor joylarham u yerda kam emas.

Kosta-Rikada unchalik uzoqda boʻlmagan, Panamaning arxipelagi Bokas-del-Toro mamlakatdagi eng koʻp tashrif etiladigan joylardan hisoblanadi. Buning uchun unung aholisi u yerni “yerdagi jannat” deb tanishtirubchi turistik nashrlar mualliflariga minnatdor boʻlishlari kerak. Bokas-del-Toro orollari albatta, goʻzal, lekin, faqat surʼatlarda. Ular, agar ularga uzoqdan qarasava detallarga razm solmasa, goʻzal boʻlgan, rassom Klod Monening ishlarini qayerlari bilandir eslatadi.
Plyajlar bu yerda tor va kichkina. Ular odatda suv oʻtlari va chirigan daraxt shoxlari bilan toʻla. Hamda, bu yerda suv ostida suzishdan boshqa shugʻillanadigan xech narsa yoʻq.
Arxipelagning asosiy oroli, Kolonda, koʻpincha mahalliy aholi sayyohlarni oʻmaradigan, faqatgina bitta yoʻl bor.
“Yerdagi jannat” – yorqin va afsuski, oʻzini oqlamagan nom. Ha, bu yerda zavqli boʻlishi mumkin, lekin Bokas-del-Toro arxipelagining yakuniy bahosi yanada obʼektivroq boʻlishi krak. Kolon oroli sizga taklif eta oladiganlarining ichida (adashib ketmang: u Bokas-del-Toro arxipelagiga tegishli va unda Bokas-del-Toro shahri joylashgan) unikal xech narsa yoʻq, agar albatta, juda katta miqdordagi kokoinni hisobga olmasa. Bu narkotikni mahalliy aholi, vaqtini chogʻ otkazishi qattiq istayotgan, barcha sayyohlarrga taklif qiladilar. Aytganday, bu yerda Pnamaning boshqa kurortlaridagiga qaraganda yashash bahosi, hamda ovqatlanish va kungilxushliklarning narxlari ancha baland. Orolning sayyohlar orasida ommaviyligi taʼsir qiladi.
Yaʼni, Bokas-del-Toro – aslo yerdagi jannat emas, balki katta boʻlmagan kurort boʻlib, sayyohlarga faqat yaxshi ob-havoni, baland narxlar va har qadamda narkotiklar taklif qila oladi.
Maslahat: Bokas-del-Toro orallaridan yomon boʻlmagan dam olishni siz Kosta-Rika, Gonduras, Beliz, hamda Roatan orollari, Kaye-Kaulkerning sohillari boʻylab yoyilganvkoʻplab plyaj shaharchalaridan topishingiz mumkin. Hamda, ancha muncha pulni tejab qolasiz!

Agar, siz tanishlaringizdan biri Karib dengizida dam olganini eshitsangiz, u holda darhol koʻz oldingizga haqiqiy tropic jannatning – tilla rang plyajlar, moviy rang toza suv, goʻzalʼkorall riflar, palmalar va hakozolar keltirasiz.
Kyurasao – oril boʻlib, u bilan, bu yerda xech qachon boʻlmagan boʻlsangiz ham, maftun boʻlish urf boʻlgan. Oxir oqibat, axir uni ikki yil ketma-ket Kiblardagi eng yaxshi joy deb bejiz atamaydilar.
Albatta, agar, siz toʻxtagan, mehmonxona hududidan chiqmasangiz, bu yer sizga yoqishi mumkin. Ammo, Kyurasaoda boʻlib qolib, orolni eniga va boʻyiga izchil oʻrganib chiqsangiz, unda oʻziga xos xech nima yoʻq ekanligini tushunasiz.
Bu yerda plyajlar qoyali boʻlib, ularning eng yaxshilari xususiy kurortlar hududida joylashgan. Yaʼni, u yerga kirish uchun siz toʻlov toʻlashingizga toʻgʻri keladi. Taksida kurort boʻylab yurish bahosi oʻrtacha 50 dollarni tashkil qiladi. Avtobuslar esa, bu yerda juda kam yuradi. Vellemstaddagi bozorda (Kyurasaoning administrative markazi) mahalliy ishlab chiqaruvchilarning maxsulotlarini sotib olish mumkin. Lekin, siz dam olishga ular uchun kelmaysizku! Afsuski, bu shahardagi plyajlar koʻproq surʼatga olish uchun koʻzda tutilgan, choʻmilish uchun emas. Kyurasaoda narxlar haddat tashqari baland, tunggi hayot deyarli yoʻq. Bu orol, faqat chiroyli surʼatlar va puxta marketing kompaniyasi sharofati bilan, Karib basseynidagi eng mashxurlardan biri hisoblanadi. Kyurasao tashqi yoqimli, lekin ichidan zerikarli.
Maslahat: Agar, siz Kariblarda dam olmoqchi boʻlsangiz, dadil chemodanlarni yigʻing va Sent-Djonga yoʻl oling. Ishoning, bu orolda hattoki, eng talabchan sayyohlarga ham taklif qiladigan narsalari bor.

Nima uchun odamlar bu qadar Londonga borishga harakat qiladilar? Bu shahar dunyodagi eng qimmat hisoblanadi. Londonda 15 funtdan arzorga tushlik qilish imkoni topilmaydi. Bir porsiya baliq va kartoshka fri uchun, har qanday ovqatlanish joyida, kamida 18 funt toʻlashga toʻgʻri keladi.
Britaniya poytaxtida ob-havo deyarli doim yomon: bu yerda salqin, bulutli va yogʻingarchilikli. Yodda tuting dam olish kunlari metro faqat kechasi soat birgacha ishlaydi. Bu juda ham noqulay. Gap shundaki, oʻrtacha masofaga taksi, sizga 30-40 funtga tushadi.
London – ommaviy kiyimlarga, qimmat restoranlarga va klublarga borishga, feshenebel mehmonxonalarda yashashga yetarli puli bor odamlar uchun ajoyib joy. Agarda, sizning farovonligingiz darajasi oʻrtachaga teng boʻlsa, Londonga ucgishga shoshilmang. Siz koʻz ochib yumishga ulgurmasingizdan hamma pullaringizni ishlatib boʻlasiz.
Maslahat: Siz London – qiziq muzeylar, teatrlar va tarixiy diqqatga sazovor joylar koʻp boʻlgan chiroyli shahar deb aytishingiz mumkin. Lekin, sizga madaniyat qiziqarli boʻlsa, Sankt-Peterburgga tashrif eting. Rossiyaning shimoliy poytaxti sizni London kabi tasirlantiradi, narxlar esa, bu yerda bir necha barobar pastroq.
Afsuski, reklama qilingan turistik yoʻnalishlar ulardan kutilgan narsalarni har doim ham oqlamaydilay. Shuning uchun, agar siz qandaydir ommaviy turistik joyga dam olishga bormoqchi boʻlsangiz, u yer haqida iloji boricha koʻproq maʼlumot yigʻishga harakar qiling. Turistik agentliklar xodimlariga ishonmang, chiroyli surʼatlarni koʻrmang. Yaxshisi u yerga borib kelgan odamlar bilan suhbatlashib koʻring.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



