Oʻlik dengiz toʻgʻrisidagi eʼtiborga loyiq faktlar

Biroq, oʻlik dengizda juda uzoq boʻlmagan vaqt mobaynida choʻmilish foydali boʻlishi mumkindir. Tuzning konsenratsiyasi suvnishu darajada “ogʻirlashtirib” yuboradiki, bu suv havzasida shoʻngʻib boʻlmaydi, choʻmilish paytida choʻkib ketib ehtimoli esa umuman yoʻq, xatto suzishni bilmaydigan odamlar uchun ham. Buni hamma biladi. Ammo “oʻlik dengiz”ga tegishli koʻpchilikka nomaʼlum, lekin juda qiziqarli boshqa faktlar ham mavjud. Ular bilan sizlarni quyida tanishtiramiz.

Izroil bilan Iordaniyaning chegarasi boʻylab dunyodagi eng qiziqarli joylardan biri – oʻlik dengiz choʻzilib boradi. Uning qumli boʻlmagan qirgʻoqlari dunyoning barcha burchaklaridan bu yerga minglab turistlarni chorlaydi. Juda qiziquvchan odamlar tabiyatning bu ajoyib moʻjizasini oʻz koʻzi bilan koʻrishni, shu bilan birga suvlarida choʻkib boʻlmaydigan dengizda bir choʻmilishni xohlaydi.
Shular kabi, bu joyning juda gʻalati nomining siri ham juda oʻziga tortadi. Nima uchun u bunday vahimali nomga ega ekanligi hamma ham bilavermaydi.

Maʼlumki, Oʻlik dengiz dunyodagi eng shoʻr suv havzasi. Aynan maʼdanli tuz tufayli siz bemalol sokin suv yuzasiga yotib olib, choʻkib ketishdan qoʻrqmay bemalol sevimli jurnalingizni oʻqishingiz mumkin. Oʻlik dengizdagi tuz konsenratsiyasi kishini hayratga soladi – 1 litr suvga 270 grammdan ortiqroq tuz. Bu juda ham koʻp, chunki boshqa barcha suv havzalarida shoʻrlilik koʻrsatkichi juda kam hollarda 1 litrga 35 grammdan oshgan.

Natriy xlorning bu darajadagi miqdori suv tigʻizligi koʻrsatkichini salmoqli darajada koʻtarib yuboradi, keyin esa oʻz navbatida fizika qonunlari ishga tushadi – odam poʻkak qopqoqday suvdan tashqari, yaʼni tepaga chiqariladi.

Aynan shu maʼdanda ham ushbu dengizning maʼshum nomlanishining sababi yashirinadi. Bunday shoʻr suvda faqat juda noyob mikrorganizmlarning turlari yashay olishi ajablanarli emas. Baliqlar, mollyuskalar, suv oʻsimliklari tuzning bu darajadagi miqdorini koʻtara olmaydi. Dengizga kelib tushsa baliqlar xatto ogʻriqni ham sezmay bir soniyada oʻladi, ularning qalin tuz bilan qoplangan tanasini toʻlqinlar qirgʻoqqa chiqarib tashlaydi.

Darvoqe, yahudiylarning ivrit tilida u “Yam ha Maved”, yaʼni “Qotil dengiz” deb ataladi. Ammo Oʻlik dengizning vahimali boʻlmagan boshqa nomlanishlari – Quyosh dengizi, Loʻt dengizi, Sharqiy, Arava va xatto Asfalt dengizi degan nomlari ham bor.

Mana endi shu savolga yetib keldik – bu dengizda shunday dahshatli kuch qayerdan? Oddiy qilib aytganda – u yerda shuncha tuz qayerdan paydo boʻladi? Nomlanishi kabi buni ham osonligicha tushuntirib bersa boʻladi.Tabiatan shunday boʻlib qolganki, Oʻlik dengiz bu yerga oqib kelayotgan barcha daryolar va buloqlar uchun qopqonday gap – suv havzani hech ham tashlab chiqib keta olmaydi.

Yakkayu yagona yoʻl– bugʻlanishdir. Biroq tuz bugʻlanmaydi, u dengizda qoladi. Shunday qilib juda koʻp asrlardan beri bu suv havzasida tuz miqdori juda ham koʻpayib ketgan.
Koʻrib turganingizdek, hozirgi paytdan ancha aslar oldin odamlar bu suv havzasiga juda mos nom qoʻyishgan – Oʻlik dengiz. Oʻz kattaligi tufayli bu koʻl qadimiy odamlar tomonidan dengiz sifatida qabul qilingan, unda hayotdan darak yoʻqligi esa qoʻrqinchli nomlanishlarning vujudga kelishiga sababchi boʻlgan.

Yana bir rekord. Oʻlik dengizning qirgʻogʻi dunyo okeanining odatdagi sathidan 423 metr pastroqda joylashgan. Sayyoramizda bundan pastroq quruqlik hududlari yoʻq.
377 ga teng boʻlgan chuqurligi bu suv havzasini sayyoradagi barcha shoʻr koʻllar ichidagi eng chuquri sifatida namoyon qiladi. Avvallari Yerning barcha tabiiy suv havzalari ichida Oʻlik dengizning suvidagi maʼdanli tuz konsenratsiyasi eng balandi (33,7%) deb hisoblanar edi. Keyin aniqlanishicha, bu koʻrsatkich boʻyicha u bilan boshqa yana ikkita koʻl tortisha olar ekan – Djibutidagi Assal koʻli va Antarktidadagi (toʻlik muzlab qolgan) Makmerdo koʻllar tizimi.

Oʻlik dengiz odam choʻkib ketmasligi uchun uning yuzasida turib hech qanday harakat talab qilinmaydigan yagona suv havzasi emas. Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Yuta shtatining maʼmuriy markazi –Solt-Leyk Siti, yaʼni “shoʻr koʻl shahri”ning nomlanishiga sababchi boʻlgan Shoʻr koʻl ham xuddi shunday fazilatga egaligi bilan mashhur. Biroq, Oʻlik dengizda suvning tigʻizlik koʻrsatkichi balandligi tufayli bu effekt ancha yorqinroq namoyon boʻladi.

Dunyo okeanining oʻrtacha koʻrsatkichidan 8,6 barobar baland boʻlgan maʼdanli tuzlar konsentratsiyasi oʻlik dengizini hayot uchun umuman yaroqsiz qilib qoʻyadi. Unda faqatgina ayrim mikroorganizmlar yashay oladi.

Oʻlik dengizning uzunligi 67 kilometr, eng keng joyi esa 18 kilometrni tashkil etadi. Unga bir necha daryolar kelib quyiladi (eng yirigi – Iordan), lekin birorta daryo ham oqib chiqmaydi. Bu suv havzasi Sharqiy Afrika yer qobigʻi yorilgan joylarining qoq ustida joylashgan.

Oʻlik dengiz va uning qirgʻogʻi juda noyob kurort-sogʻlomlashtirish potensialiga egaligi tufayli bu yerga juda koʻplab turistlar keladi hamda sogʻliqni saqlash sohasi bilan bogʻliq tadqiqotlar olib boriladi. Oʻlik dengizning suvi maʼdanli tuzlarning noyob yigʻindisini oʻz tarkibiga oladi, bu yerdagi muhitda umuman oʻsimliklarning gul changi yoki boshqa allergenlar yoʻq, juda past joylashganlik uchun esa bu yerda atmosfera bosimi ancha baland, quyoshning nuridagi ultrabinafsha nurlanishning konsenratsiyasi esa pastroq.

Osteoxondroz kasalligini davolash uchun eng qulay joylardan biri Oʻlik dengiz deb bemalol aytish mumkin.
Bibliya manbalariga koʻra shox Dovud bir qancha vaqt aynan mana shu yerda jon saqlab yashiringan ekan. Oʻlik dengiz eng birinchi kurort hududlaridan biri sifatida mashhur. Bundan tashqari u turli mahsulotlar uchun: mumlashtirish paytida ishlatiladigan malhamlar, tibbiy vositalar, oʻgʻitlar va hokazolar uchun hom ashyo manbasi sifatida xizmat qiladi.

Aynan shu yerda tabiiy sharoitda asfalt bilan bitum kabi moddalar hosil boʻladi. Mahalliy qora saqich qadimdan misr mumiyalarining mumiyolash vositalari tarkibiga kirgan. Oʻlik dengizining qirgʻogʻi boʻylab Yer yuzidagi eng past joylashgan avtomobil yoʻli joylashgan. 90 shossesining aksariyat qismi dunyo okeanining odatdagi sathidan 393 metr pastroqda joylashgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



