Qiziqarli maʼlumot: Milliarder Alisher Usmonov qanday uyda yashaydi?


Yaqinda Alisher Usmonovning Toshkentdagi uyining videosi internet tarmogʻiga joylandi. Uy evropacha uslubda qurilgan boʻlsa-da, qadimgi milliy ruhda bezatilgan, bunda asosan qadimgi Buxoro binolaridagi naqshlardan foydalanilgan.

Ushbu hashamatli uy 6 ta yotoqxona hamda 10 ta mehmonlar uchun moʻljallangan xonalardan iborat. Butun uy qimmatbaho jihozlar, mebellar va qadimgi rassomlarning ijod namunalari bilan bezatilgan.

Ushbu uydagi har bir detal – qimmatbaho divandan tortib kichkinagina qutichalargacha – dabdabani bildirib turadi. Masalan, xonalardan birining shiftida milliarderning, yaʼni uy egasining ismi sharifi naqsh bialan oʻyib yozilgan.

Ushbu hashamatli uyda shuningdek basseyn, jakuzi, massaj xonasi, qisqasi dabdabali hayot uchun nima zarur boʻlsa, hammasi mavjud.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



