Qiziqarli dunyo: Sayyoramizdagi eng taʼqiqlangan joylar

Zamonaviy texnologiyalar rivojlanishiga qaramay Yer yuzida uchib, yurib yoki suzib borish mumkin boʻlmagan joylar ham bor ekanligini tasavvur qilish qiyin. Biroq, sayyoramizda hozir ham turistlar umuman bora olmaydigan burchaklari ham bor ekan.
Vatikan maxfiy arxivlari

Ushbu arxivda davlat xujjatlari, xatlar va boshqa koʻplab qimmatli qogʻozlar saqlanadi, ularni katolik cherkovi uzoq ming yillar davomida saqlab kelgan. Vatikanning maxfiy arxivlari dunyodagi eng ¬yetib boʻlmas obyetklardan biri hisoblanadi, lekin har doim ham unday boʻlmagan. 1881 yilda Papa Lev XIII bir necha izlanuvchilarga arxivdagi xujjatlar bilan tanishishga ruxsat bergan. U paytlar faqat yuqori kvalifikatsiyalangan olimlar ushbu joyga kirishga ruxsat olishi mumkin edi. Har bir tanlangan tashrif buyuruvchi qoidalarga qatʼiy amal qilishi kerak boʻlgan, nimani oʻrganishi mumkinligi esa reglamentlangan.
Shimoliy Sentinel oroli, Hindiston

Shimoliy Sentinel oroli Andaman orollar guruhiga mansub boʻlib, Hindistonga tegishli. Orol oʻzining tegilmagan plyajlari va ajoyib tabiati ilan tanilgan. Shunga qaramasdan orolning mahalliy aholisi juda agressiv va orolga qadam bosmoqchi boʻlgan odamga ham oʻta agressiv munosabatda boʻladi. Ular nafaqat aloqaga kirishishdan bosh tortadi, balki chaqirilmagan mehmonlarning bir nechasini oʻldirishgan. Ushbu orol turistlar uchun man etilganligi bejiz emas. Ularning xafvsizligi uchun abatta.
Lasko gʻori, Fransiya

Lasko gʻori Fransiyaning janubiy-sharqida joylashgan va oʻzida qadimiy sanʼatning 900 ta namunasini oʻzida saqlaydi, yer osti tizimidagi ajoyib havo sirkulyatsiyasi sababli namunalar juda yaxshi saqlanib qolgan. Bugun ushbu obyekt muhim paleolit asarlaridan biri hisoblanadi va uni “Qadimiy hayotning Sikstin kapellasi” deb atashadi. 1963 yildan beri bu gʻorga kirish taʼqiqlangan, chunki turistlar sababli gʻorga zamburugʻ kirib qolgan, u esa Laskodagi unikal ekosistemani buzar edi. Budan tashqari koʻplab odamlar chiqaradigan karbon dioksidi, qoyadagi rasmlarga yomon taʼsir qila boshladi, suv oʻtlari va moʻgʻal bosa boshladi. Odam taʼsiri juda ushbu tarixiy omonatga yomon asorat beradi. Shu sababli gʻorga dam kirishi taʼqiqlangan. Har ikki haftada maxsus guruh kelib, devorlarni zamburugʻlardan tozalaydi.
Zona 51, Nevada, AQSh

Nevada choʻlida berkitilgan Zona 51 – bu AQShning maxfiy harbiy bazasi, uning maqsadi ommaga maʼlum emas. Ushbu baza hududida nima boʻlayotgani haqida oʻta qiziquvchan amerikaliklar oʻz fikrlarini bildirib, oʻzga sayyoraliklar oʻrganiladi deydi. Aslida esa bu bazada uchar apparatlar va yuqori texnologiyalar ustida tajribalar oʻtkaziladi. Zona 51 ga kirish qatʼiy taʼqiqlangan, uning panjarasi ortida boʻlayotgan ishlar, oddiy fuqarolar koʻzi uchun emas.
Syurtsey, Islandiya

Ushbu kichik vulqon oroli Vestmannaeyyar arxipelagiga kiradi va Islandiyaning janubiy qirgʻoqlarida joylashgan. Syurtsey sayyoramizning eng yosh orollaridan, u 1963 yildan 1967 yilgacha boʻlgan vulqon aktivligi paytida paydo boʻlgan. Orolga kirish qatʼiyan taʼqiqlangan, olimlarning mahsusguruhi bundan mustasno. Buning sababi orolga oʻziga hos ekosistemani yaratish uchun mos sharoit yaratish edi.
39 xona, Shimoliy Koreya

39 xona- Shimoliy Koreya diktatorlari dinastiyasi, Kim oilasi bilan bogʻliq maxfiy tashkilot. Maxfiy department hukumron oilani va hukumat aʼzolarini moliyalashtiradi. Moliyalashtirish qonuniy va noqonuniy yoʻllar bilan amalga oshiriladi. Aytishlaricha struktura narkotik savdosi bilan shugʻullanadi va Shveysariydagi maxfiy hisob raqam orqali pullarni oʻtkazadi. 39 xona Shimoliy Koreya mehnat partiyasining Pxenyandagi binosida joylshgan degan fikr mavjud.
Svalbard Umumjahon urugʻlar banki

Norvegiyaga qarashli Svalbard arxipelagidagi orolning togʻ bagʻriga yashirilgan ushbu bankda urugʻ fondi mavjud. Bu butun jahon oʻsimliklari urugʻlarini saqlaydigan maxsus joydir. Unda 4.5 million urugʻ namuna saqlanishga moʻljallangan. Hozirda bu yerga faaqat bir million urugʻ kiritilgan.
Vumer sinov poligoni, Avstraliya

Avvalgi kosmodrom va hozir Vumer poligoni, yana Vumer taʼqiqlangan hudud nomi bilan mashxur, -bu harbiy texnologiyalar tajribasi oʻtkaziladigan eng katta kompleks hisoblanadi. Uning maydoni – 122 ming kvadrat kilometr. Kosmodrom Avstraliyaning janubida? Adelaidadan 450 km shimoliy-sharqda joylashgan. Poligon 1947yilda taʼqiqlangan, biroq Vumer poligoni hudidda oddiy fuqarolar ham kiritiladigan joylar bor, masalan mahalliy muzey.
Metro-2, Rossiya

D-6 kod nomiga ega boʻlgan Metro-2 – Moskvadagi jamoat metropoliteniga parallel ravishda qurilgan maxfiy yer osti tizimlari.Maxfiy bunkerlar Stalin paytida yaratilgan, va taxminlarga qaraganda u bir necha muhim davlat va administrative binolarni birlashtiradi, shular jumlasidan Kreml, FSB Moskva boshqarmasi, Aeroport Vnukovo-2, Xavfsizligi kengashi va SNG ning antiterroristik markazi.
Koka-kola retsepti ombori, Jorjiya shtati, AQSh

Butun dunyo taniydiga Koka-kola ichimligining retsepti bu sayyoramizdagi eng muhim xoʻjalik siridir. Ichimlikning retsepti Atlantadagi maxfiy seyfda, World of Coca-Cola muzeyida saqlanadi. Obyekt jiddiy qoʻriqlanadi va unga kirish faqat kompaniyaning yuqori boshliqlariga mumkin. Ichimlik formulasi – Koka-kolaning 125 yillik tarixi, u nafaqat taʼm bilan balki xotiralar bilan ham bogʻliq.
Ilon oroli, Braziliya

Ushbu joyning rasmiy nomi Keymada-Grandi, lekin koʻpincha uni ilonlar oroli deb atashadi. U satn Paolo qirgʻoqlarida joylashgan va unda juda koʻp ilonlar borligi bilan tanilgan. Butun dunyo boʻyicha faqatgina shu yerda eng xavfli ilonturi yashaydi – orol botropsi. Ushbu ilonning zaxri shunchalik zaxarliki, u odam terisi va badanini eritib yuboradi. Braziliya hukumati xavfsizlikni oʻylab Keymada-Grandiga borishni taʼqiqlab qoʻygan.
“White’s Gentleman CLub” aristokratlar klubi, London, Buyuk Britaniya

Londonning markazida Sent Jeyms koʻchasida White’s Gentleman Clup joylashgan – bu Britaniyadagi balki dunyodagi eng eksklyuziv klub hisoblanadi. Ushbu joy 1693 yilda yaratilgan, biroq hozirga qadar qonun va qoidalariga qattiq amal qiladi, bu yerga faqat tanlangan erkaklar kira oladi. Ushbu klubning doimiy tashrif buyuruvchilari qatorida shahzoda Charlz, shahzoda Villiyam va Tom Steysi ham bor. Bu klubga aʼzolikni sotib olish yoki soʻrab olish mumkin emas, bu klubga taklifnomani faqat ovoz berish orqali tanlanganlargina oladi.
Nort-Broter oroli, Nyu-York, AQSh

Nort-Broter Ist River boʻyida joylashgan boʻlib Nyu-Yorkka qarashli. BU eng mashxur tashlab ketilgan va ayanchli oʻtmishga ega joy. 1885 yildan beri bu yerda karantin shifoxona joylashgan, aynan shu yerda Tifozli Meri yashagan (birinchi isitma tifi paydo boʻlgan odam). 1950 yilda kasalxona narkomanar uchun reabilitatsiya gospitali boʻlgan. Hozir bu yer tashlandiq joy, faqatgina mayda qushlar uchadi. Odamlarga esa kirish man etilgan.
Josuslik muzeyi, Xitoy

Xitoyning gʻarbida Nanchengeda joylashgan milliy xavfsizlik muzeyi – ushbu muzey josuslikka bagʻishlangan va unga kirish faqat Xitoy fuqarolariga mumkin. Chet el fuqarolari muzeyga kiritilmaydi. Muzey boshqaruvchisi aytishicha undagi eksponatlar oʻta hissiyotli turistlar uchun emas, fuqarolarga ham muzey eksponatlarini surʼatga olish man etiladi.
Angliya oltin banki

Birlashgan qirollikning markaziy banki Trend-strit koʻchasida, Londonda joylashga va bu yerda dunyo mamlakatlarining 20% oltin zaxirasi joylashgan. Angliya bankida 5 134 tonna oltin va 248 milliar dollar narxiga teng qimmatbaho metallar saqlanadi! Bu yerga kirish faqat belgilangan odamlarga, himoyada odatiy temir kalit va electron qulflar bor.
Dulse maxfiy bazasi, Nyu-Meksiko, AQSh

Kolarado chegarasi yaqinida, Nyu Meksika shtati shimolida 2600 tagina aholi yashovchi Dulse shaharchasi bor. Ushbu shahar tagida butun bir maxfiy baza bor va u yerda gʻayritabiiy tajribalar oʻtkaziladi degan teoriya mavjud. Ushbu teoriya tarafdorlari bazada odam va hayvonlarning gibridlari yashaydi degan fikrda, shular jumlasidan oʻzga sayyoraliklar ham. Hukumat albatta hammasini rad etadi.
Mejgorye, Rossiya

Mejgorye – Janubiy ural togʻlari orasida joylashgan rus shaharchasi, aytishlaricha bu erda yadroviy ballistic raketalar saqlanar ekan. Shaharni ikki harbiy batalyon qoʻriqaydi, albatta chaqiqilmagan mehmonlardan. Rasmiy hukumat bunday fikrlarga hech qanday munozara bildirmadi,biroq gʻarb vakillari aynan shu yerda raketalalr bor va ular istalgan vaqtda masofadan turib boshqarilishi mumkin deb hisoblaydi.
Chichen-itsa piramidasi,Meksika

Chichen-itsa Meksikada eng saqlanib qolgan mayya sivilizatsiyasi shaahrlaridan biri. Bu erxeologik obyekt Yukatan yarim oroli turistlari orasida juda mashxur. Har yili bu shaharni 1.5 million odam tomosha qiladi. Biroq mayyalarning shahardagi Kukulkana piramidasiga kirish mumkin emas. Uni 2006 yilda yopishgan, bunga sabab turirt qizning piramidadan tushayotganda yiqilib oʻlganidir.
Maunt Ueter, Virginiya, AQSh

Vashingtondan 74 km uzoqlikda yer ostida AQSh Maunt Ueter maxfiy yer osti bazasi mavjud. Shtab milliy halokat vaqtida yuqori lavozimli kishilarni himoya qilish uchun yaratilgan. Baza avtonom hayot uchun kerak boʻladigan barcha narsa bilan jihozlanga, oshonalardan boshlab shifoxona, rekreatsionhududlar va elektrostansiya, krematoriyalargacha. Bunker qurollangan askarlar, tokli panjaralar va tikanli simlar bilan himoyalanadi va unga yaqinlashishda ogohlantirish belgilari mavjud.
Xerd oroli, Avstraliya

Bu sayyoradi eng sivilizatsiyadan olis joylar. Xerd oroli Madakaskar va Antarktika oroli oʻrtasida joylashgan, siyosiy tomondan Avstraliyaga qarashli. Arxipelagda ikkita aktiv vulqon mavjud, uning quruqligi esa togʻ jinslari va vulqon debrisidan iborat. 1996 yilda avstraliya hukumati Xerdni milliy xazinalar roʻyxatiga kiritib, unga maxsus ruxsatnoma bilan kiriladigan qildi. Bu yoʻl bilan hukumat orolning nozik tabiatini saqlab qolmoqchi.
Pravchiska darvozasi

Pravchiska darvozasi – Chexiyaning eng eʼtiborga sazovor joylaridan biri, u Yevropadagi eng katta qumli darvozalardan biri. 1982 yildan boshlab ushbu qoyali arkaga turistlarga man etilgan, sabab qoyaga ogʻirlikni kamaytirib eroziyani sekinlashtirish. Biroq arkaning buzilishi hozirgacha davom etmoqda, geologlarning taxminicha yaqinda u qulab tushadi huddi Azur oynasiga oʻxshab (bu arka 2017 yilda qulagan).
Povelya oroli, Italiya

Ushbu orol Italiya shimolida, Venetsiya va Lido oʻrtasida joylashgan. Povelya – qoʻrqinchli oʻtmishga ega, borish taʼqiqlangan joy. Qachonlardir bu yerda oʻlat bilan kasallanganlar uchun karantin kasalxonasi boʻlgan. Aytishlaricha kichik quruqlik boʻlagida 160000 kasallangan odamlar yashagan, ularning koʻplari umrlarining oxrgi kunlarini shu yerda oʻtqazgan. Taxminan yerning 50% odam qoldiqlaridan iborat. Karantin shifoxonasidan soʻng bu yerda jinnixona ochilgan va mish-mishlarga qaraganda ular qiynoqqa solinib, oʻldirilgan. Jinnixona yopilgandan soʻng esa bu orolga tashrif buyurish taʼqiqlangan.
Sin Shi Xuandi qabri, Xitoy

Sin dinastiyasi asoschisi, Xitoyning birinchi imperatori Sin Shi Xuandi qabri Markaziy Xitoydagi tepalik tubiga yashiringan. Ushbu mozor qiyin yer osti tizimlari gʻorlaridan iborat. U imperatorga narigi dunyoda kerak boʻlishi mumkin boʻlgan narsalar bilan toʻldirilgan. Hukmdor qabri qazib olinmagan. Bu ajdodlarga hurmatni bildiradi va hukumat arxeologik izlanishlarni man qilgan.
Diego Garsiya, Hind okeanidagi Britaniya hududi

Ushbu orol ekvatordan janubga Hind okeanida joylashgan va koʻrinishidan tropik kurortga oʻxshaydi. Biroq 1973 yilda Britanlar mahalliy aholini kuch bilan quvib yuborgandan keyin, bu yerda harbiy baza ochilgan va unga kirish taʼqiqlanadi.
Fort Bxangar, Hindiston

Fort Bxangar Radjistonda joylashgan va u XVII asr ehromlarini namoyish etadi. HIndlar bu yerdan qoʻrqadi, chunki unda arvohlar yashaydi deb hisoblashadi. Mamlakat hukumati ushbu qadimiy shaharni rasmiy arvohlar makoni deb atagan va bu ehromlarga tashrif buyurish qatʼiy reglamentlangan. Turistlar Fortga tungi vaqtda kela olmaydi, mahalliy aholi aytishicha bu qoidani buzgan hech kim xali qaytib kelmagan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



