Qiziqarli dunyo: Dunyodagi eng noodatiy uylar

“Taqdir hazili” klassik kinokomediyasidagi asosiy syujet, yaʼni har xil shaharlarda bir xil koʻcha nmli va uylari bir xil, hatto bir xil sonli kvartiralarga kalitlar toʻgʻri kelishi – bularning baʼri shaharsozlik nuqtaʼi nazaridan keltirib koʻrsatilgan, asosiy fikr esa aniq koʻrsatilgan.

Unifikatsiya va standartlashtirish yaxshi natija beradi, albatta, biroq koʻpgina odamlar hozirgi kunda boshqacha boʻlishga harakat qilishadi. Bugun biz inson tasavvuridagi fikrlarni lol qoldiradigan uylar haqida aytib beramiz.
Daraxtdagi uy.

Bolalar oʻyingohlarida ancha tanilgan, har xil tele va kinofilmlarda bir necha martalab oʻynalgan (masalan, “Yoʻqolgan dunyo” serialini olib qarasak). Biroq kattalar ham real hayotda yashash uchun daraxtda uylar qurishadi. Rosti, odatda bu kabi uylar unchalik katta balandlikda oʻrnatilmaydi. Daraxtdagi uy boʻyicha rekord “balandlikka” erishgan uy, 2004 yilda Tasmaniya orolida tabiatni himoya qilish guruhi tomonidan qurilgan, hozirda u yoʻq. Bu uyni yerdan taxminan 200 fut (65-70 m) balandlikda daraxt shoxlarida qurishgan va u yerda Avstraliyadagi oʻrmonzorlarning yirik kesib tashlanishi muammosiga jamiyatning eʼtiborini qaratish uchun yarim yil davomida oʻsha yaerda yashashgan.
«Raqsga tushayotgan» uy

Praganing tarixiy tumanlarining birida yaqinda barpo etilgan “raqsga tushayotgan uy” nomli uy ancha taniqli yodgorlik hisoblanadi. Bu qurilish ikkita silindrik shakldagi minoradan iborat, uning bir shunchalik qiyshaltirilganki, chetdan oʻtirib kuzatuvchiga, uy raqsga tushayotgandek tuyuladi. Bu uy shoh asar va “dekonstruktivizm” arxitektura yoʻnalishining eng noyob turlaridan biridir.
Shaffof uy

Shaffof devorli uyni Yaponiyada mashhur arxitektor Su. Fudjimoto loyihasi boʻyicha qurganlar. Bino katta emas, uning umumiy maydoni 22 kv.kmni tashkil qiladi. Alohida xonalar har xil balandlikdagi platformalarda joylashtirilgan.
Sutyagin uyi

Bu oxirigacha qurib bitkazilmagan Arxangelskda qurilgan oʻn uch qavatli “Sutyagin uyi”. Bu uyni qurishda faqat “odatiy” texnologiyalardan foydalanilgan. Biroq uy oxiigacha qurilmagan, chunki uy egasi jinoiy javobgarlikka tortilgan, javobgarlikni oʻtab boʻlgandan soʻng esa, loyihani tugatish uchun kerakli mablagʻga ega boʻlmagan.
Hozirda bu uy faqat xotiralarda va fotohujjatlarda qolgan. Avvaliga, 2008 yilda, sud qarori bilan 4 qavatdan yuqorisi buzilgan, qolgan qismlari esa 2012 yilda yongʻin yordamida barbod qilindi.
Kaktus-uy

Juda chiroyli va noyob uy gollandiyalik shahar-porti Rotterdamda joylashgan. Bu sayyoraning eng “yashil” koʻp qavatli uylaridan biri. Ochiq terrasalarning koʻpligi bu uyga kaktusga oʻxshashlikni beradi, nomlanishi ham shu yerdan kelib chiqqan.
19 qavatli “Kaktus-uy” juda funksional yashash uchun moʻljallangan binoni tashkil qiladi. Uning ichida 98ta kvartira bor, va ularda odamlar yashaydi. Ushbu uy tashqi koʻrinishining farqli tomonlaridan biri yarim aylana balkonlaridir, ular ulkan vintli zinapoyaning zinalari kabi koʻrinishni hosil qiladi.
«Brutalizm» koʻrinishidagi majmua

Monrealda M.Safdi loyihasi boʻyicha 354ta kub beton elementlaridan tashkil topgan va ular bir-birlariga ustma-ust, hech qanday tartibsiz joylashtirilgan yashash majmuasi qurilgan. Bu tartibsiz massivda yashash uchun moʻljallangan 146 ta kvartira bor.
«Flinstounlarning uyi»

“Flinstounlar” multserialidagi harakatlar qadimgi davrlarda, odamlar hali gʻorlarda yashagan zamonlarda roʻy bergan. Amerikalik teleboshlovchi D.Klark aynan shu shakldagi uyni oʻziga qurdirgan. Qurilish Tinch okeani qirgʻogʻidagi Malibu orolida barpo qilingan. Arxitektorlar bu uyning yashovchilari uchun yetarli darajada qulayliklar yaratib berishgan, bunda ibtidoiy odamlar gʻorlariga tegishli interyer saqlangan. Hozir uy sotishga chiqarilgan, narxi 3,5 mln $.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



