Qiziqarli maʼlumotlar: Gʻildiraklardagi hashamat: eng-eng limuzinlar



Bu mashinani entuziast-muxandis, kino va koʻrkam avtomobillarni shinavandasi yigʻgan. U, Tim Bertonning 1989-92 yillardagi filmlarida gavdalanadigan, Betmenning avtomobilining dizaynini aniq takrorlaydi. 2012 yilda qurilgan avtomobil, koʻrshapalk-odam qoʻllagan, raketa qurilmasini va tugmani bosishda otiladigan gʻildiraklar kabi, barcha texnik qurilmalarni oʻzida mujassamlashtirgan.

“Amerika orzusi” (orqa plandagi oq limuzin) – Djey Orberg avtodizaynerining yaratmasi. U dunyodagi eng uzun limuzin hisoblanadi: 30 metr uzunasiga, u 26 ta gʻildirakda harakatlanadi. Limuzin vanna-djakuzi,quyosh vannalari qabul qilish uchun maydoncha, bahaybat krovatlar va hatto, vertolet maydonchasi bilan jihozlangan.

Mish-mishlarga qaraganda, bu oʻstirilgan “mini-kuper” buyurtma boʻyicha Qozoqiston fuqarosi uchun tayyorlangan ekan. Mashina televizorlar bilan jihozlangan va qimmatbaholiklar bilan sahiy bezatilgan: bortdagi bitta kompozisiya million kichkina Svarovski kristallaridan qilingan.

“Yarim tungi haydovchi” – dunyodagi eng ogʻir limuzin boʻlib, 2011 yili Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan edi. Uning uzunligi – 21 metr, ogʻirligi 22,7 tonna boʻlib, 22 ta gʻildiriak ushlab turadi. Shiftining balandligi 4 metrga yaqin, bu uni, ijaraga olish mumkin boʻlgan, eng keng limuzin qiladi. Agar uni kompaniyaga boʻlib yuborsa, unchalik qimmatga tushmaydi: axir uning saloniga 40 ga yaqin odam sigʻadi va ularda raqsga tushishga yetarli joy boʻladi.
Djet-limuzin – 1 million dollar
Bu avtobus emas, samolet ham emas, bu haqiqiy limuzin! Toʻgʻri avtobus va samoletga oʻxshash joylari bor. Bir entuziast, avtobus – “mersedes” va Boing – 727 korpusining bir qismini qoʻshib, bu moʻjizani konstruksiyasini qiligan. Mashinaning uzunligi 16 metr, kengligi esa, hayratda qoldiradi! Natijada avtoga 50 ta odam sigadi va ular mashida bemalol diskoteka uyushtirishlari mumkin. Bundan tashqari, diskoteka uchun kerakli, tutun – mashina, bar, hatto, stroboskopni ham hisobga olganda, hamma narsa bor.

Bu limuzinni Britaniyada ijaraga olsa boʻladi: bunday xizmatni Tanks-a-lot kompaniyasi taqdim qilmoqda. Serhasham avtodan koʻra, koʻproq tankni eslatuvchi ichki minimalistic dizaynga qaramay, Limo-tankda tugʻilgan kunida yoki hatto, toʻy kunida yurmoqchi boʻlganlarning keti uzilmaydi!

Bu vip-personalar serhasham limuzin – Mersedes-Benz korporasi tomonidan sotib olingan Maybach kompaniyasi muxandislarining ishlanmasi. U hatto, mamlakat prezidenti uchun ham toʻgʻri keladi. Chunk, uning asosiy maqsadi – passajirni har qanday suiqasddan himoya qilishdir. Bronlangan bortlari vintovkadan oʻq otish va granata portlashiga chidamli, maxsus pushiq sinmaydigan oynalar oʻq va boʻlaklardan himoya qiladi. Bronlangan supermustaxkamlangan tubi esa, mashina tagida fugasning portnashiga dosh bera oladi.

2009 yili konstruksiyalashtirilgan “Yirtqich” AQSH prezidenti uchun moʻljallangan edi. Bu avtomobil – haqiqiy tank! Bunday mashinalardan hammasi boʻlib 12 ta yaratilgan boʻlib, ulardan uchtasi doimiy xizmatda turadi. AQSH prezidentini olib yuradigan avtomobil “Kadillak-1” nomiga ega. Avtoning avvalgi modifikasiyasi ogʻirligi 8 tonnaga yaqin edi, xozirgisi, yangilangan, Donald Trampning inogurasiyasida debyut qilgan. 16 santimetr qalinlikdagi eshilar ogʻirligi “Boing-747”ning kirish eshigi ogʻirligi bilan teng. Prezident Tramp foydalanayotgan,xozirgi versiya koʻzni yoshlantiruvchi gazli granatalarni otish uchun raketa uskunasi, pulemet va boshqa narsalar qatorida, prezidentning shaxsiy qoni saqlanadigan butilkalar joylashgan maxsus aptechka-muzlatkich bilan jihozlangan.

Sakkizta oʻrindiqli va yupqa qimmatbaho charm bilan ishlangan salonli bu limuzin Shou-biznes yulduzlari orasida ayniqsa sevimli. Ijarachikompaniyalar bunda foydalanadilar va “Rolls-roys Fantom” ni oʻzini bir kunga yulduz deb his etgisi kelganlarga ijaraga beradilar.

Bu 21 metrlik limuzin Kaliforniyada birinchi bor 1996 yili paydo boʻlgan. Oʻrtasida bukilish uchun maxsus mexanizmli avto 38 ta odamni sigʻdiradi. Birinchi buyurtmachi BAA laridan sheyx Xamad bin Xamdan al-Naxyan boʻlgan. Sheyxga mashina Amerika boʻylab harakatlanishi uchun kerak boʻlgan edi. Lekin, Kaliforniya boʻylab bunday limuzinda harakatlanish qimmatbaho ekani aniq boʻldi. Sheyx birinchi marotaba xayveyga chiqqanida kaliforniya polisiyasi tomonidan, avto shtat qonunlari ruxsat beradigan uzunlikdan deyarli yarim metrga otriqligi sababli, jarimaga tortilgan.

Osmon rang moviy “Eldorado” 1982 yilgi kadillakni haqiqiy limuzinga aylanishi uchun yaxshigina uzaytirishga toʻgʻri kelgan. Konstruktorlar jamoasi uni 18 gʻildirakli ikki televizorli, uchta telefonli, videoapparaturali, quyosh vannasi qabul qilish uchun maydoncha, spa-kompleksli koʻngilhushlik saroyiga aylantirib yuborishdi. Buning uchin mashinani yarimidan boʻlib, markaziga temir konstruksiya qoʻyish kerak boʻlgan. Lekin, chiqqan monstrni toʻla qonli haydashning ilojisi yoʻq. Chunki, u qayilishlarga kira olmaydi. Shuning uchun ishlab chiqaruvchilar uni Finlyandiyaga sotib yuborishiga toʻgʻri keldi va u yerda uni avtoshouda aktiv ishlatadilar.

Bruney sultoni Xassanal Bolkiax dunyodagi eng katta avto kolleksiyalardan birining egasi boʻlib, umumiy bahosi 4 milliard dollardir. Kolleksiyaga 7000 taga yaqin ekzemplyarlar kiradi. Lekin, uning durdonasi buyurtmaga qilingan Rolls Royce Silver Spur. Avtomobil 24 karatli oltin bilan qoplangan, gʻildiraklar qoplamalarida oltindan qilingan oʻziga hos ornament bor. Ochiq orqa oʻrindiqlar, passajirlarni quyoshdan himoyalash uchun, yengil soyabon bilan yopiladi. Bu avtomobil u qadar koʻp ishlatilmaydi. Masalan, sultonning oʻgʻillaridan birining, shaxzoda al-Muxtaddi Billaxning, toʻyida limuzin toʻy kortejiga boshchilik qilgan va minglab yigʻilganlarning havasini keltirgan edi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



