Qiziqarli maʼlumot: “Oʻzbegim” festivali qoshida tayyorlangan “shoh-palov” Ginnessning rekordlar kitobidan joy oldi



Tayyorlangan palov va qozonning umumiy ogʻirligi 14 450 kilogramm tosh bosdi, taomning sof ogʻirligi esa 7360 kilogrammni tashkil etdi. Mega palovni tayyorlash uchun mamlakatimiz hamda qoʻshni Respublikalardan jami 50 nafar oshpazlar jalb qilindi.

Palov 6 soat davomida pishirildi. Uni tayyorlash uchun rekord darajadagi masalliqlardan foydalanildi. Xususan, 1500 kg mol goʻshti, 400 kg qoʻy goʻshti, 220 kg qoʻy yogʻi, 1900 kg guruch, 2 700 kg sabzi, 220 kg piyoz, 440 litr oʻsimlik yogʻi, 57 kg tuz, 100 kg noʻxat, 190 kg magiz, 5 kg zira, 2 kg murch, 1 kg kurkuma va 350 litr suv solindi. Bu tadbir uchun Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinati ogʻirligi 7,07 tonna, diametri 4,2 metr hamda hajmi 8 ming litr keladigan doshqozon quyib yasadi.

Ushbu tadbirga Guinness World Record vakili Richard Stening tashrif buyurdi. Uning aytishicha, ogʻirligi 7,36 tonnani tashkil etgan palov Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi. Tayyorlangan oshning 4 tonna boʻlishining oʻziyoq uning rekordlar kitobiga kirishiga kifoya edi. Tayyorlangan palov mehribonlik uylariga, qariyalar uylariga hamda nogironlar uylariga tarqatildi. Guinness World Record vitse-prezidenti Richard Sten tashkilotchilarga dunyodagi eng katta megapalov Oʻzbekistonda Milliy TV tomonidan tayyorlanganligi toʻgʻrisidagi sertifikatni topshirdi.



Shoh-palov sayilgoh koʻchasida “Oʻzbegim” milliy qadriyatlar festivali doirasida boʻlib oʻtdi. Festival xalq sayli koʻrinishida oʻtdi. Unda dorbozlar tomoshasi, milliy kiyimlar va xalq xunarmandchiligi mahsulotlarining koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



