Qiziqarli

Qiziqarli maʼlumot: Tuya oʻrkachining siri nimada?

Qiziqarli maʼlumot: Tuya oʻrkachining siri nimada?
Qiziqarli maʼlumot: Tuya oʻrkachining siri nimada?

Tuyaning belidagi oʻrkachning vazifasi nima ekanligini bilasizmi? Koʻpchilikning oʻylashicha, tuyaning oʻrkachi issiq choʻlda koʻp vaqt suvsiz yashash uchun kerak boʻlgan tana aʼzosidir. Ammo bu unday emas. “Choʻl kemasi”(ogʻirligi 500 kg gacha boʻlgan yukni koʻtarib yura oladi) deb ataluvchi bu hayvon – tabiatning noyob maxluqotidir. Bu uning uzoq vaqt suvsiz yasha olishidan emas, balki choʻlning ogʻir tabiat sharoitiga moslasha olishidandir.

Qiziqarli maʼlumot: Tuya oʻrkachining siri nimada?

Tuyaning oʻrkachiga kelsak, unda aslida suv emas, yogʻ saqlanadi. Oʻrkachlar – chorasiz ahvolda qolgan tuya uchun ozuqa zahirasi hisoblanadi. Tuya oʻrkachi ular qattiq ozuqani yeyishni boshlaganlaridan kegin paydo boʻla boshlaydi, shuning uchun boʻtaloqlarning (tuya bolasi) oʻrkachi boʻlmaydi. Tuyalar asosan yantoq bilan ozuqalanadilar. Xoʻsh, bu jonivorlar chanqoqlarini qanday qondirar ekanlar? Yoki ular suvsiz ham yashashay oladilarmi?

Qiziqarli maʼlumot: Tuya oʻrkachining siri nimada?

Gap shundaki, tuyalar suvni oʻrkachlardagi yogʻlardan oladilar, yuz gramm yogʻning oksidlanishidan 107 gramm suv hosil boʻladi. Hammasi shunday oson boʻlsa, nima uchun boshqa jonivorlar ham sahrodagi sharoitga moslasha olmaydilar? Axir yogʻ hamma hayvonlarda bor-ku. Gap shundaki, yogʻning oksidlanishi uchun katta miqdorda kislorod kerak boʻladi, buning uchun esa jonivor tez-tez nafas olishni bilishi kerak. Har bir nafas olish chogʻida tuyaning oʻpkasiga choʻlning quruq havosi kiradi, nafas chiqarayotganda esa namlik bilan toʻyinib chiqadi. Biroq tuya nafas olib chiqazayotganida burun kataklaridan chiqayotgan namlik oʻziga xos burmalarda toʻplanib, yana qayta ogʻizga tushadi va shu tariqa sahroda juda qimmatbaho sanalgan namlik yoʻqolishining oldi olinadi.

Qiziqarli maʼlumot: Tuya oʻrkachining siri nimada?

Tuya bitta ichishda 200 litrgacha suvni icha oladi va buni tezlikda bajara oladi – 100 litr suvni 10 daqiqada ichib tugatadi. Tuyalar suv tanlab oʻtirmaydilar. Oddiy shoʻr suv ham ularni qoniqtiradi. Aynan shu xususiyati ham ularning sahroda yashay olishida muhum omil hisoblanadi. Baʼzi olimlarning taʼkidlashlaricha, suv tuyaning nafaqat oʻrkachlarida saqlanib qolinadi, balki butun tanaga bir xil meyorda singadi. Biroq hozirgi kunda bu nazariya notoʻgʻri ekanligi isbotlandi. Tana haroratini ushlab turuvchi baʼzi issiq qonli koʻpgina hayvonlardan farqli oʻlaroq tuyalarning tana harorati arofdagi iqlim sharoitiga qarab oʻzgaradi.

Qiziqarli maʼlumot: Tuya oʻrkachining siri nimada?

Tuyaning tana harorati 35-40 daraja atrofida boʻladi. Bu narsa tevarak-atrofdagi havo havo harorati oʻzgarganda tuya terlashining va bu bilan suv yoʻqotishining oldi olinadi. Koʻpgina jonivorlar suvsizlanishi natijasida tana vaznining 20% ini yoʻqotib, halok boʻladigan bir paytda tuyalar suvsizlanish oqibatida tana vaznlarining 40% ini yoʻqotsalar ham yashashda davom etaveradilar. Bu maʼlumot baʼzi tuyalarga qarab berilgan savolga javob boʻla oladi. Savol esa shunday “Nega tuyaning oʻrkachi osilib qoladi?”. Tuya ozib, vazn yoʻqotganida oʻrkachlariga shakl berib turuvchi yoʻgʻlar erib ketadi. Tuyalar semirishi bilanoq oʻrkachlari yana avvalgi holiga qaytadi.

Qiziqarli maʼlumot: Tuya oʻrkachining siri nimada?

Nima uchun tuyaning yogʻlari aynan oʻrkachlarida saqlanadi? Gap shundaki, oʻrkachlar tuyaning belini jazirama quyoshdan saqlovchi tabiiy himoya vositasi hisoblanadi.

Qiziqarli maʼlumot: Tuya oʻrkachining siri nimada?
Qiziqarli maʼlumot: Tuya oʻrkachining siri nimada?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar