Qziqarli dunyo: Ekstremallarning ham borishi man etilgan Yer yuzidagi eng xavfli 15 ta joylar



Shimoliy Afrika
Saxel – Sahroi Kabir bilan Afrika janubidagi unumdor yerlarni ajratib turuvchi hududdir. Gap shundaki, odamlar bu yerdagi chegaralangan miqdordagi suv zahirasini haddan tashqari koʻp sarflab yuborishlari hududda suv tanqisligini keltirib chiqardi hamda qurgʻoqchilik va ochlikka sabab boʻldi. 1972-1984 yillar oraligʻida, yaʼni 12 yil davomida bu huddudagi qurgʻoqchilik tufayli 100 000 dan ortiq odam halok boʻldi.

Braziliya
Bu hudud Braziliyadagi San-Paulu qirgʻoqlarida joylashgan boʻlib, “Ilonlar oroli” deb ataladi. Bu yerdagi har bir kvadrat metrda juda katta miqdorda oʻta zaharli ilonlar yashaydi. “Orol botropsi” deb nomlangan dunyodagi eng zaharli ilon turi ham aynan shu yerda yashaydi. Bu ilonning zahri shunchalik kuchliki, ilon chaqqan insonning badani parchalanib ketadi. Shuning uchun ham Braziliya hukumati bu orolga borishni qatʼiyan taqiqlab qoʻygan.

Danakil sahrosi Efiopiyaning shimoli-sharqi, Eriteriyaning janubiy va Jibutining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, dunyodagi eng xavfli hududlardan biri hisoblanadi. Bu yer zaharli gazlar avratib chiqaruvchi kuchli vulqonlari, geyzerlari hamda haddan tashqari issiq havo harorati bilan ajralib turadi.

Rossiya
Rossiya hududidagi Oymyakon qishlogʻi Sibirning ichkarisida, poytaxtdan 10 ming killometr sharqroqda joylashgan. Bu yer aholi yashaydigan dunyodagi eng sovuq hudud hisoblanadi (minus 71,2° C). Bu qishloqda 500 nafar inson istiqomat qiladi. Bu yerda mobil aloqa vositalari deyarli ishlamaydi, ekin-tekin yetishtirishning ham ilojisi yoʻq.

Uzoq davom etayotgan qurolli toʻqnashuvlar sababli Siriya davlati oxirgi yillarda dunyoning eng “qirgʻinbarot” hududlaridan biri hisoblanadi. Urush iskanjasida qolib ketgan ushbu mamlakat aholisi doimiy otishmalar, oziq-ovqat mahsulotlarining va tibbiy yordamning yoʻqligidan, uzoq qamallardan va hattoki kimyoviy qurollarning qoʻllanilishidan aziyat chekadilar.

Hammaga maʼlumki, Braziliya mamlakatining Rio-de-Janeyro va San-Paulo kabi megapolislarida jinoyatchilik koʻrsatkichi juda yuqori. Biroq uncha mashhur boʻlmagan kichkinagina Alagoas shtati esa qotilliklar boʻyicha nafaqat Braziliyada, balki butun dunyo boʻyicha yetakchi oʻrinni egallab kelmoqda. 3 million aholisi boʻlgan ushbu shtatda har yili 2000 ta odam qotilliklar qurboniga aylanadi.

Liberiya
Afrikaning gʻarbida joylashgan Liberiya mamlakatining poytaxti Monrovida Afrika mintaqasidagi eng yomon xarobalar joylashgan. Bu xarobalarning aholisi 75 ming nafar boʻlib, ular xolera epidemiyasidan, narkotiklarning taʼqiqlarsiz isteʼmolidan, jinoyatchilik, oʻsmirlar oʻrtasidagi fohishabozlik va antisanitariya sharoitlaridan aziyat chekadilar. Shuningdek, butun shahar ifloslangan hamda suv toshqinlari kabi ekologik muammolarning qurboniga aylangan.

Indoneziya
Sinabug togʻi – aktiv stratovulqon oʻchogʻi boʻlib, Indoneziyaning Sumatra orolida joylashgan. Bu yerda juda koʻp vulqon otilishlari sodir boʻlib turadi. Masalan, oxirgilari 2010,2013,2014,2015, va 2016 yillarda sodir boʻlgan. Buning natijasida oʻnlab odamlar halok boʻlgan.

Namibiya
Namibiyaning Atlantika sohilboʻyida skeletlar oroli joylashgan boʻlib, Yer yuzidagi oʻlim xavfi kuchli boʻlgan hududlardan biridir. Bu yer hududi kitlar va tyulenlarning butun qirgʻoq boʻylab sochilgan skeletlari tufayli shunday nom olgan. Koʻpgina odamlar ham bu yerdagi yovuz iqlim sharopiti tufayli halok boʻlganlar.

Shimoliy Koreya
Totalitar diktatura hisoblangan Shimoliy Koreya inson huquqlari eng yomon boʻlgan mamlakatdir. Boshqa mamlakatlarda oddiy hol hisoblangan harakatlar bu yerda jinoyat sifatida qabul qilinadi va shu yerlik aholimi yoki mehmonmi – farqi yoʻq,qamoq jazosi bilan jazolanadi. Oxirgi paytlarda Shimoliy Koreya bilan AQSH ning oʻrtasidagi munosabatlarning yomonlashuvi natijasida bu Osiyo davlati gʻarb sayyohlari uchun xavfli hisoblanadi.

Gvatemala
Markaziy Amerika mintaqasida joylashgan Gvatemala davlati yuqori darajadagi jinoyatchilik koʻrsatkichi bilan ajralib turadi. Biroq ushbu omil Gvatemalaning mazkur roʻyxatga tushishining yagona sababi emas. Gap shundaki, Gvatemalaning joylashishi hamda topografiyasi ushbu mamlakatning halokatli uchta tabiiy ofat: zilzilalar, toʻfonlar va sel oqimlaridan aziyat chekishiga sababchi boʻladi. Masalan, 1976 yilda 7,5 balli zilzila natijasida 23 ming nafar odam qurbon boʻlgan.

Tanzaniya
Tanzaniyadagi “Grigori rift” togʻ yonbagʻrida joylashgan Natron koʻli dunyodagi eng xavfli suv havzasi hisoblanadi. Bu koʻlning suvi haddan tashqari shoʻr va shu bilan birga 60° C haroratni tashkil etadi. Bu suv unga tushib qolgan hayvonlarni kaltsinatsiya qiladi hamda odamlarning terisi va koʻzlarini kuydirib tushiradi.

Qirgʻiziston
Qirgʻiziston janubida joylashgan bu shaharning aholisi 23 ming odamdan iborat boʻlib, bu yerda uran konlari mavjud. Sobiq SSSR davrida bu konda 10 ming tonna uran qayta ishlangan, shuning uchun bu yer dunyodagi eng radioaktiv joylardan biri hisoblanadi. Bu mintaqadagi koʻchkilar, zilzilalar, suv toshqinlari radioaktiv ifloslanishlarning xavfini yanada kuchaytiradi.

Efiopiya
Dallol – Shimoliy Efiopiyadagi sharpa-shahar.Bu Yer yuzidagi eng chekka, eng qabih va eng qaynoq nuqtalaridan biridir. Yil davomidagi eng oʻrtacha havo harorati 34,4 darajani tashkil etadigan bu yer bir paytlar dunyoning eng issiq aholi turar joyi boʻlgan. Bu hududdagi yer osti suv havzalari haddan tashqari shoʻr va nordon va shuningdek bu yerda atmosferaga toksik gazlar sochuvchi geyzerlar ham bor.

Hindiston
Shimoliy Sentinelsk oroli Andaman orollaridan biri boʻlib, siyosiy jihatdan Hindistonga qarashlidir. Orolning tabiat manzarasi pokiza va juda ajoyibdir. Biroq mahalliy tub aholi juda adovatli boʻlib, begonalarga nisbatan oʻzlarini juda shavqatsiz tutadilar. Ular begona odamlarni koʻrganlarida ularni oʻldirishga harakat qiladilr.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



