Qiziqarli dunyo: Qoʻshni Qozogʻiston mamlakati haqida qiziqarli maʼlumotlar


Qozogʻistonda jamoat joylarida alkogol ichimliklarning isteʼmol qilinishi va chekish qonun tarafidan taʼqiqlangan, chilimning ham man qilinishi koʻrib chiqilmoqda. Shuningdek, kech soat toʻqqizdan tushga qadar alkogol ichimliklarni sotish taʼqiqlanadi.

1998 yilgacha mamlakatning poytaxti Olma-Ota shahri boʻlib kelgan, keyin esa poytaxt Ostona shahriga koʻchirildi. Bu voqea ushbu shahar aholisi oʻrtasidagi kelishmovchiliklarga sabab boʻldi, ular kimning shahri eng muhimi ekanligi boʻyicha doimo baxslashib keladilar. Aytgancha, qozoq tilida “Ostona” soʻzining oʻzi ham poytaxt maʼnosini bildiradi.

Dunyodagi eng birinchi va eng katta Baykonur kosmodromi ham Qozogʻistonda joylashgan. Bu yerdan Yuriy Gagarin oʻzining ilk koinot parvozini amalga oshirgan va aynan shu yerdan Yerning birinchi sunʼiy yoʻldoshi koinot sari parvoz qilgan.

Qozoq alfaviti kirill alifbosiga mansub boʻlib, 42 ta xarfdan iboratdir. Ulardan 33 tasi rus alfavitidagi harflar bilan bir xil boʻlib, qolgan toʻqqiztasi qozoq tiliga tegishlidir. Shuni aytib oʻtish kerakki, turli xil davrlarda qozoq tili uchun turli xil yozuv tizimlari qoʻllanilgan: avvaliga arab yozuvi, keyinchalik lotin yozuvi, hozirda esa kirill yozuviga oʻtilgan.
Qozoq tili oʻzining yangi soʻzlar yasash xususiyati bilan ajralib turadi. Masalan, yaqinda qozoq tili “galamtor” soʻzidan foydalana boshladi, yaʼni “internet”.

Qozogʻiston boʻyicha sayohat qilar ekansiz, shuni unutmangki, agar sizning avtomashinangiz politsiya xodimi tomonidan toʻxtatilgan boʻlsa, undan inspektor koʻrsatma bermasa, aslo tusha koʻrmang – buning uchun jarima belgilangan. Ammo politsiya xodimi sizga mashinadan tushishga koʻrsatma bersa-yu, siz uni bajarmasangiz – buning uchun ham jarima belgilangan.
Qozoq tilini mukammal oʻrgangan inson qirgʻiz, oʻzbek, moʻgʻul, turk va ozarbayjon tillarini bemalol tushuna oladi.
Qozogʻiston dunyo okeaniga chiqish yoʻllari boʻlmagan mamlakatlarning eng yirigidir.

Qozogʻiston aholisi choy isteʼmol qilish boʻyicha ham dunyoda yetakchi oʻrinni egallab kelmoqda – mamlakatning bitta fuqarosiga yiliga 1,2 kg choy toʻgʻri keladi. Masalan, Hindistonda esa mamlakatning bitta fuqarosiga yiliga 650 gramm choy toʻgʻri keladi.
Qozogʻiston dashti YUNESKO ning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Qozogʻistonning Balxash koʻli kattaligi boʻyicha qurimaydigan shoʻr koʻllar ichida ikkinchi oʻrinni egallaydi. Taʼkidlash joizki, bu koʻlning 50% igina shoʻr boʻlib, qolgan 50 % ini chuchuk suv tashkil etadi. Olimlar bunday jumboqli xodisaning sirini hanuzgacha topa olmadilar.

Olma-Ota metro qurilishi oʻttiz uch yil davom etgan.
Qozogʻistonning Rossiya bilan chegarasi quruqlikdagi eng uzun chegara hisoblanadi.
Qozogʻiston dunyodagi eng baland moʻrisi boʻlgan mamlakatdir.

Qorgaljin qoʻriqxonasi sayyoramizning eng shimoliy qoʻriqxonasi hisoblanadi. U yerda pushti rang flamingolar yashaydi va ularning soni 25000-35000 jonivorni tashkil etadi.
Qozogʻiston dashti boʻylab sayohat qilar ekansiz, u yerda yovvoyi tuyalar va yovvoyi otlarni uchratasiz.

Aynan Qozogʻiston mochalkalar ichlab chiqarish boʻyicha birinchi oʻrinda turadi.
Qozogʻistonning aholisi yashaydigan koʻpgina turar-joy punktlari oʻz nomlarini almashtirgan. Qishloqlarning nomi shunchaki oʻzgartirilgan boʻlsa, shahrlarning nomini qozoq tili bilan uygʻunlashtirganlar. Masalan, Kokchetav Koʻkshetau boʻldi, Semipalatinsk –Semey, Kustanay – Kostanay boʻldi.
Bir necha yillar burun Qozogʻiston prezidenti mamlakatni “Qazaq eli” nomi bilan almashtirish taklifini ilgari surdi. Bu bilan turk xalqlaridan oʻtgan va mamlakat obroʻsiga putur yetkazayotgan “ston” qoʻshimchasidan voz kechish kerakligini aytib oʻtgan. Uning aytishicha, “ston” qoʻshimchasi Markaziy Osiyo mintaqasidagi nostabil mamlakatlar tasavvurini keltirib chiqaradi.
Qozogʻiztonning poytaxti boʻlmish Ostona shahrida siz qarovsiz uy hayvonlarini uchratmaysiz, ammo ondatra, quyon va boyoʻgʻli kabi jonivorlarga duch kelishingiz mumkin.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



