Sayohat

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

Londonlik Rotshildlar sulolasi oʻz boyligining salmoqli qismini orttirishida pochta kaptarlarining xizmati katta. Ular yordamida Natan Rotshild boshqa bankirlarga nisbatan tezroq oʻta zarur maʼlumotlarni qoʻlga kirita olgan. Masalan, Napoleonning Vaterloodagi magʻlubiyati toʻgʻrisidagi habar ingliz hukumatidan uch kun oldinroq Rotshildga yetib kelgan.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

Olimlarning tahminicha, dastlab kaptar pochtasidan Qadimiy Misrda foydalanilgan, keyin esa ahborot almashishning bu usulini Qadimiy Yunoniston hamda Qadimiy Rim aholisi oʻzlarida qoʻllagan. Asrlash oshib, kaptar pochtasi taraqqiyot tarixida ancha ahamiyatli iz qoldirgan. Masalan, aynan kaptar pochtasi orqali maʼlumot yetkazishning tezkorligi Natan Rotshildga oʻzining mislsiz badavlatligini shakllantirish imkonini vujudga keltirgan. Eng obroʻli ahborot agentliklaridan biri – Reyter juda uzoq vaqt qanotli kuryerlar xizmatidan foydalangan. Hindistonda politsiya mamlakatning uzoq joylaridan saylov natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yetkazish uchun kaptarlardan foydalanadi.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

Tarixchilarning fikrlariga koʻra kaptar pochtasidan foydalanishning tarixi 3000 yildan ortiqroq boʻlishiga qaramay, olimlar qushlarning kerakli manzilni topish qobiliyatini haligacha toʻliq tushuntirib bera olmaydilar. Pochta kaptarlarining navigatsiya mexanizmi toʻgʻrisida bir necha qarama-qarshi tahminiy farazlar mavjud. Ayrim tadqiqotchilar kaptarlar Yerning magnit kuch liniyalari boʻyicha moʻljalni olib harakatlanadi, deb tahmin qiladi. 

Kaptarlarning qanotlariga qushlar magnit maydonini qabul qilishni oʻzgartirib yuborishga qodir kuchli magnitlar oʻrnatilgan holda oʻtkazilgan bir qator tajribalarning natijalari bu tahminni tubdan inkor qilib tashladi, chunki kaptarlar baribir aniq manzilni topib kelgan. Biroq, bir qancha vaqt oʻtib, kuchli televizion stansiyalar tarqatadigan elektromagnit impulslarining taʼsiri ostida koʻp kaptarlar toʻgʻri yoʻlni topa olmasligi toʻgʻrisida maʼlumotlar paydo boʻlib qoldi.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

Britaniyalik olimlarning bir guruhi boshqa bir tahminiy farazni taqdim qildi. Unga koʻra kerakli yoʻnalishni qushlar Quyosh hamda yulduzlarga qarab topib olar emish. Olimlar kaptarlar tanasining ichida sekstant va xronometr prinsiplari boʻyicha ishlaydigan biologik “moslama” mavjudligini tahmin qilmoqda. Biroq, qushlarning qaysi organi bunday vazifani bajara olishini aniqlashga urinishlar haligacha natija bergani yoʻq. Kornell universitetining olimlari chastotasi 10 gertsdan  past boʻlgan tovush tebranishlarini qabul qilib olishi mumkin ekanligini aniqladi, lekin bu qiziqarli faktni qushlarning aniq manzilni topish hamda bu mahoratning tabiyatini tushuntirib berish uchun olimlar haligacha ojiz.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

Pochta kaptari yoki sport kaptari, — xabarlarni yetkazish uchun foydalaniladigan kaptar turi. Maxsus, keskin faqat pochta uchun xizmat qilishga moʻljallangan alohida bir turning oʻzi yoʻq, albatta. Kerakli faoliyat uchun koʻrsatib oʻtilgan fazilatlar esa uzoq muddatli tanlov va puxta parvarish yoʻli bilan erishilgan. Hozirgi paytda “pochta kaptarlari” boshqa nom – “sport kaptarlari” nomi bilan koʻproq atalib keladi, chunki bugungi kunda ulardan yetakchi rivojlangan mamlkatlarda pochta habarlarini yetkazib berish uchun emas faqatgina kaptar ishqibozlari musobaqalarida foydalaniladi.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

Oʻzining doimiy istiqomat qilish joyidan uzoqroqqa olib ketib qolingan kaptar birinchi imkon paydo boʻlishi bilanoq, oʻz uyasiga qaytib boradi. Ayniqsa, kaptarlarning ayrim turlari buni aʼlo darajada qoyillatadi.

Kaptarxonalarga kaptar bolalarini 30- 35- kunlik paytida kiritish kerak, chunki ularning oziqlanishi qiyin, bundan kattaroqlari esa kaptarxonadan uchib chiqqanidan keyin yoʻqolib qolishi mumkin. Kaptarxonalarga qoʻshilgan kaptarlarni tamgʻalab, har birining raqami, tugʻilgan payti, jinsi, qaysi uyadan ekanligini va oʻrgatish yoʻnalishi yozib qoʻyiladigan maxsus kitobga kiritib qoʻyiladi.Tamgʻa oʻng qanotning birinchi uch nafar patiga qoʻyiladi, kaptarning raqami esa tamgʻaning yonboshidan yoki ustidan qoʻyiladi.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

Kaptarchalar oʻzining ilk rivojlanishini beshinchi oyidan ola boshlaydi, oltinchi oyda esa ularni chatishtirishga kirishiladi.Odatda, chatishtirishdan keyin tahminan 14 kundan keyin moda kaptar tushga yaqin birinchi tuhumni, ikkinchisini esa shundan uch kun oʻtib kechki soat 16bilan 18 ning oʻrtasida qoʻyadi. Moda odatda ikkita tuhum qoʻyadi, biroq birdona tuhum qoʻyish holatlari ham koʻp uchraydi. Lekin agar tuhum uchta boʻlib qolgudek boʻlsa, demak buni oʻz uyasiga ega boʻlmagan boshqa bir moda qoʻyib ketgani aniq. Juda kam hollarda dagʻal poʻstloqsiz tuhumlar ham uchrab turadi. Bunga sabab kaptarxonada oxak bilan tuz boʻlmagani.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

Agar moda faqat bir dona tuham qoʻygan boʻlsa, unga darhol ikkinchi tuhumni qoʻshib qoʻyishkerak, chunki bir dona tuhumni bosib oʻtirish kaptar uchun juda noqulaylik tugʻdiradi. Birinchi tuhum qoʻyilgan kunni albatta yozib qoʻyish kerak, chunkiagar tuhumlar urugʻlantirilmagan boʻlsa, bolachalari ochilib chiqish paytida ularni bosib oʻtirgan modadan olib tashlab, boqish uchun boshqa juftlikning bolachasini qoʻyib qoʻyish mumkin boʻladi.

Tuhumlarni bosib oʻtirish ikkinchi tuhum qoʻyilgan paytdanoq boshlanadi; u ikkala ota-ona tomonidan navbati bilan amalga oshiriladi. Shu oʻrinda nar ertalab soat 9-10 dan kunduzgi soat 15-16 ga qadar tuhumni bosib oʻtiradi. Qolgana paytlarda esa buni moda amalga oshiradi. Bosib oʻtirishning uchinchi kuniga urugʻlantirilgan tuhum oʻzining shafofligi yoʻqotadi va tuhum poʻstlogʻi oq-xira, keyinroq esa kulrang-qoʻrgʻoshinrang tus oladi. Urugʻlantirilmagan tuhum oʻzining dastlabki holatidagi shaffofligini saqlab qoladi, faqat poʻstlogʻi gʻadir-gʻudir boʻlib qolib, tuhum chayqatilganida ichida suyuqlik chayqalishining ovozi eshitiladi. 

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

Agar ikkala tuhum ham palagʻda boʻlib qolsa yoki ochilib chiqish paytida ikkala joʻja ham nobud boʻlib qolsa, ularning ota-onasiga  bola boqish uchun birvaqtning oʻzida boshqa uyalarda tugʻilgan birovning bolachalarini qoʻshib qoʻyish kerak. Aks holda oʻsha paytga kelib jigʻildonlarida toʻlib ketgan oziqlantiruvchi sharbatdan qutulish imkoniga ega boʻlmay, ular juda havfli dardga duchor boʻlishi mumkin.

Kaptar bolachalari ochilib chiqqanida soʻqir va juda nimjon boʻladi. Pochta kaptarlari ota-ona mehrini namoyon qiladi; ula sut emizuvchilar kabi, dastlabki kunlarda bolachalarini narda ham modada ham ajralib chiquvchi sutga oʻxshash sargʻish suyuqlik bilan oziqlantiradi, keyinchalik bu suyuqlikka dondan hosil boʻlgan boʻtqa qoʻshiladi, va nihoyat shundan keyingina ular jigʻildonida shishirilgan urugʻlar bilan bolalarini oziqlantiradi.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

Agar joʻjachalar onasini yoʻqotsa nar ularni oziqlantirishni davom ettiradi, ammo otasini yoʻqotganlar esa ochidan oʻlib qolish ehtimoli juda katta. Kaptar bolalari 14 kunlik hayot kechirgandan keyin ular qalin tuk bilan qoplanadi, qariyalar esa yana oʻzlari uchun uya tayyorlab tuhum qoʻyishga kirishadi. Dastlabki patlar paydo boʻlgan paytdan boshlab kaptarlar bolalarini faqat kechqurun isitadi. Ikki hafta oʻtganidan keyin ularni umuman bosib oʻtirishni toʻhtatadi.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

Kaptarlar juft boʻlib yashaydi. Tanlab olingan nar bilan modani 2 yoki 3 kunga maxsus qutiga qamab qoʻyiladi. Keyin, agar ular birga qolsa, bu “oila” muvaffaqiyatli qurilganidan darak beradi. Bir otaning farzandlaridan juftlik yaratib boʻlmaydi, chunki bu turning yoʻqolib ketishiga olib boradi. 

Oʻzining dastlabki tugʻilgan bolalarini yaxshi tarbiyalay olmasligi tufayli yosh kaptarlarni juftlashishdan tiyish kerak boʻlishiga qaramay, bu shunday qulaylik yaratadiki, modalarni nardan 1 dekabrdan 15 yanvarga qadar ajratib qoʻshilsa ham nar oʻzining modasini izlab topib oladi va avvalgi qutisini egallaydi. Kaptarlarni ajratib olishdan maqsad yilning qoniqtirar darajada bola olish imkoni pastligi davrida ularni koʻpayishdan saqlash. Bunday paytlarda kaptarlarga ozuqani cheklab qoʻyilgani maʼqul. Martning ikkinchi yarmidan esa ular qancha yeya olsa shuncha ozuqa berilishi kerak, chunki aynan shu paytda tuhum qoʻyish, bosish va ochilib chiqqan joʻjachalarni boqish davri keladi.

Odatda yozda kaptarlar uch marta tugʻadi. Ular issiqda saqlansa, qishda ham koʻpayishi mumkin. Sovuq kaptarlar uchun qoʻrqinchli emas, ammo tuhum qoʻyishni bir necha oyga toʻhtatib qoʻyishi mumkin, chunki bu ularni keyingi koʻpayish uchun kuch toʻplashga majbur qiladi.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

3 - 4 yoshli ota-onalardan tugʻilgan kaptarchalar eng yaxshi va eng baquvvatlari hisoblanadi.Kaptarlarning nasl qoldirish hususiyatlari hayotining 7 - 8 yillarida pasayishni boshlaydi va 11 yoki 12 yoshlarida umuman toʻhtaydi. Kaptarlar 25 yilgacha umr koʻrishi mumkin.

Choparlarni muvofiqlashtirish maqsadida zotli kaptarlarga har safar bir dona joʻjani boqish imkonini qoldirish kerak. Ikkinchi kaptarchani boshqa juftlikning qaramogʻiga berish lozim. Bu choradan tugʻilishning soni kamayishi mumkin, biroq galaning koʻpayishi umuman olinganida tezlashadi, negaki sifat koʻrsatkichining ustunligi natijasida yosh kaptarlarni oʻrgatish paytida yoʻqolib qolishi ehtimolini sezilarli darajada pasaytirishga erishiladi. Joʻjachalarni navbat bilan olib qoʻyilishi kerak, bir kattani, bir kichikni, chunki birinchisi nar, ikkinchisi moda boʻladi. Aks holda kaptarxonada yosh narlarning soni modalar soniga mos boʻlmay qolishi mumkin. Tugʻilish paytining eng yaxshi vaqti bahorgisi, ota-onasining tullash paytida tugʻilganlari esa keyinchalik kasallanib qolish ehtimoli juda baland. Kasallangan kaptarlarni aniqlanishi bilanoq darhol sogʻlom kaptarlardan ajratib olish zarur.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

Kaptarlar har yili tullaydi. Har bir pat bir martadan koʻp yangilanmaydi. Agar qaramogʻida 2 kundan 3 kungacha boʻlgan kaptarlardan foydalanish zarurati paydo boʻlgudek boʻlsa, joʻjachalarni tugʻilganiga 6 kundan 10 kungacha boʻlganiga almashtirilishi kerak, negaki bundaylarni kamroq oziqlantirsa boʻladi.

Oddiy oziqlantirishda har bir kaptar uchun odatda 410 gramm, kuchlantirilgan oziqlantirilishda esa 8 kunga 820 gramm ozuqa beriladi. Keyin ozuqa miqdori boqilayotgan kaptarchalarning soniga qarab mutanosib ravishda belgilanadi. Ozuqaning koʻpayib ketishi yalqovlikning vujudga keltirib samaradorlikni pasaytirib yuboradi.Oziqlantirish doimiy ravishda kuniga ikki yoki uch marta, birinchisi tong otgandan keyin chorak soat oʻtganidan keyin, ikkinchisi tush paytida tahminan soat 13-larda, uchinchisini esa qosh qorayish paytidan avval amalga oshirishi kerak. Shiddatli oziqlantirish kaptarlarga kuchli tullash davrida hamda ayoz paytlarida ichki isitish tizimini saqlash uchun kerak boʻladi.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

Asosiy ozuqa uchun dala sariq noʻhati, undan ham yaxshirogʻi xashaki noʻhatdan foydalanilgani maʼqulroq. Koʻkimtirroq boʻlgan noʻhat kaptarlarning oshqozonini buzib yuboradi, qarilarini esa yomon ahvolga olib borib qoʻyadi, yoshlarida esa toʻgʻri rivojlanishga toʻsqinlik qiladi. Boshqa noʻhat, suli yoki javdar aralashmasi boʻlishi kerak emas. Noʻhat zararli taʼsir koʻrsata boshlaganida ozuqaga boshqa urugʻlarning aralashmalarini qoʻshish tavsiya etiladi. Bunga skelet va tuhum poʻstlogʻining qurilmasi uchun zarur moddalar – xususan, qum,ohak hamda tuzni yetkazib berish uchun qaygʻurishni ham qoʻshish kerak. Kaptarchalarning koʻpayishi va rivojlanishiga hayvonlardan hosil boʻlgan ozuqa yaxshi samara beradi, yogʻli moddalar esa patlarning jozibadorligini taʼminlaydi.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

Safarlardan qaytgan kaptarlar shamollab qolmasligi uchun ularga berilayotgan suv yozda juda ham muzdek boʻlmasligi kerak. Bundan tashqari suvni har kuni almashtirib turish kerak. Tullash paytida suvga temir boʻlagini solib qoʻyilsa maqsadga muvofiq boʻladi. Shuningdek, suv kaptarlarga choʻmilishi uchun ham kerak. Yozda buni kun oralab, qishda esa faqat issiqroq kunlarda amalga oshirilishi juda ham foydali. Kaptarlar uchun toza havo va kun yorugʻligi ham juda zarur, zax esa ularga jiddiy zarar yetkazadi.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

Kaptarlarni tugʻilganiga olti hafta oʻtib toʻliq patlanishga erishib boʻlgach  kaptarxona atrofida uchirishni unda kamida uch kun vaqt oʻtkazganidan keyin boshlash kerak. Bu olti hafta davom etadi, keyin oʻrgatish boshlanadi, yaʼni kaptarni maʼlum masofaga olib ketib uni uyga qaytishi uchun qoʻyib yuboriladi. Qaytganidan soʻng ragʻbatlantirish uchun toʻydirmas miqdorda biror yegulik beriladi. Ushbu masofa asta sekinlik bilan kattalashtirilib boriladi.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

Birinchi yili kaptarlarni 320 kilometrdan uzoqroq masofaga oʻrgatilmaydi. Oʻrgatish darslari oralarini qisqartirish kerak emas, chunki kaptarlarni tez-tez joʻnatish ularni qoʻrqitadi, parvoz quvvatini kamaytirib kaptarhonaga mehrini kamaytirishi mumkin. 100 kilometrdan kamroq masofalarda kaptarlarning dam olishi uchun tanaffuslar bir kun, kattaroq masofalarda esa tanffus toʻrt kun boʻlgani maʼqulroq. Oʻrgatish dasrlari maxsus kitobga yozilib borishi kerak.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

Oʻrgatish uchun eng qulay payt — aprel oyining ikkinchi yarmidan oktyabr oyiga qadar. Birinchi parvozlar uchun ob-havo yahshi boʻlishi kerak, keyingilarida ob-havoning ahamiyati yoʻq.

Kaptarlar oʻrgatib boʻlganidan keyin, ularni parvozdagi mahorati va uddaburonligini hamda fikrlash qobiliyatini oshirish uchun, shuningdek, kaptarning jangovarlik shaklidan chiqarib yuboruvchi yalqovlik, hasalasizlik bilan yogʻ bosishni oldini olish maqsadida oyiga bir marta ularni bir qancha vaqt oraligida birin ketin toʻliq masofaga qoʻyib yuborish kerak.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

Juflashtirilmagan kaptarlarni oʻrgatishdan saqlanish kerak, chunki ular oʻziga boshqa joydan juf ttopib olishi mumkin. Huddi shu sababga koʻra kaptarxonada ajratilgan juftliklarni ham undan chiqarib boʻlmaydi. Oʻrgatishga moʻljallangan kaptarlar narlar modalardan ajratilgan holda savatlarga oʻtkiziladi. Har bir savatdagi kaptarlar soni 30 donada ortib ketmasligi kerak.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

Kaptarxonada kaptarlarni tutish va ularni uyga  qaytishi uchun qoʻyib yuboriladigan stansiyaga olib borish maqsadida savatchalarga oʻtkizish nihoyatda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak. Kunduzgi tutish va ularni qoʻl bilan qoʻpol ravishda ushlash uyga qaytish ishtyoqini soʻndirib yuboradi. Kaptarlarni  tutish uchun kunduz kuni toʻrdan foydalangan maʼqul, biroq avval ularni toʻrdan qoʻrqmaslikka oʻrgatib olish kerak. Qorongʻulikda esa kaptarlar oʻzlarini bemalol inson qoʻliga olishga ruxsat beradi. 

Kaptarlarda sabrlilikni va uzoq davom etuvchi parvozlarga qobiliyatini chiniqtirish uchun ularni savatchalarda iloj bor qadar kamroq vaqt ushlangani maʼqul. Shuning uchun ham kaptarlarni juda qulay va shinam, yuqori tezlikka ega boʻlgan transport vositasida tashish kerak. Shu bilan birga kaptarlarni yoʻlda ularga tanish va ular oʻrganib qolgan odam kuzatishi kerak. Oʻrgatilayotgan kaptarlar kunduzgi soat 12 dan keyin chiqarib yuborilmaydi.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

100 kilometrdan160 kilometrgacha boʻlgan masofalarda kaptarlarni qoʻyib yuborishdan bir soat oldin savatchaga bir necha dona urugʻ tashlanib, ularga ichish uchun suv ham beriladi. Kaptarlarni qoʻyib yuborish joyini tanlanishi juda ham katta ahamiyatga ega. Bu joy balandlikda va ochiq boʻlishi kerak. Vodiyda kaptar adashib qolib kerakli yoʻnalishni topib olishi qiyin boʻladi. Togʻlar bilan katta oʻrmonlar esa uni qoʻrqitadi va joyidan siljishi uchun qaror qilishiga halaqit beradi.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

Kaptarlarni qoʻyib yuborish uchun savatchaning qopqogʻini ochib qoʻyib, ularni choʻchitmaslik uchun koʻzdan uzoqroqqa oʻtiladi. Shunda kaptarlar savatchadan uchib chiqib, balandlikka koʻtarilib, havoda bir necha spiralsimon aylanishlar qiladi va nihoyat, chamasi yerning magnit maydoni boʻyicha yoʻnalishni topib olganidan keyin, oʻqday uzoqlashib uchib ketadi. Har bir galada ikki xil kaptarlar bor: yetakchilar va yoʻlovchilar. Birinichilari mustaqil uchib butun galani yetaklaydi, ikkinchilari esa ularning orqasidan ergashadi.

Har bir stansiyadan eng zoʻr kaptarlarni yakka holda uchirib uyga birinich boʻlib yetib kelganlarni sardorlar, deb hisoblaydilar. Uchib oʻtishlarning murakkabligiga hududning hususiyatlari taʼsir qiladi. Shu oʻrinda bir misol, tekis joydagi 320 kilometr joyni kaptarlar 100 kilometr har xil toʻsiqlarga toʻla boʻlgan joydan tezroq uchib oʻtadi.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

Kaptarlarda toʻgʻri yoʻnalishni topa olish qobiliyatini saqlash maqsadida ularni iloj bor qadar toʻliq erkinlikda boqish kerak. Bu ularga oʻz uylarini yiling turli vaqtlaridagi, ayniqsa atrof-muhitning tashqi manzarasini tubdan oʻzgartirib yuboradigan qishdagi koʻrinishini yaxshilab tanib olishiga imkon yaratadi. Doimiy erkinlik ularning salomatligini va parvoz kuchini rivojlantirish uchun kerak boʻladi. Parvoz paytida kaptar 100 metrdan 150 metrgacha balandlikda uchadi va belgilangan balandlikdan moslashishga oʻrganib qolgan, shuning uchun ham yuqori balandlikdan tushish paytidagi hususiyatlarini agar saqlab qolish istagi boʻlsa buning uchun uni tayyorlash kerak, aks holda u kaptarxonaga qaytib kela olmaydi.

Pochta kaptarlarining parvozlari uchun eng uzoq masofa – 1100 kilometr hisoblanadi, ammo ayrimlari oʻz uyalariga bundan ham uzoqroq masofadan yoʻl topishlari mumkin. Bunday masofani kaptar uch yoshdan keyin bemalol uchib oʻta oladi.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

Pochta kaptarlarining nasllari koʻp, ammo eng keng tarqalganlari toʻrtta:

•         Ingliz karyeri,

•         flandr yoki Bryussel kaptari,

•         antverpen kaptari

•         lyuttix kaptari

Birinichisning oʻlchamlari katta, u baquvvat va tumshugʻida rangli karam soʻtasini eslatuvchi oʻsimtasi bor; ikkinchisi Belgiya kaptarlarining ichida eng savlatlisi, tumshugʻi va boʻyni keng va kalta, qanotlari tanasiga jips joylashgan; uchinchisining tumshugʻi uzun va ingichka, boʻyni oqqushnikiga oʻxshash; toʻrtinchisi kichik savlat bilan ajralib turadi. Yana qoya kaptari (Columbalivia), Gollandiya tyumleri toʻgʻrisida ham toʻhtalib oʻtsa boʻladi, ammo birinchisi Yevropada juda kamyob, qolganlari esa yuqorida aytib oʻtilganlaridan sifat jihatidan orqada qoladi. Umuman aytganda pochta kaptari koʻk kaptargaoʻxshab ketadi, lekin boshqa rangda ham boʻlishi mumkin. Gohida olachiporlari ham uchrab turadi. Tumshugʻida kengroq, gohida esa kattaroq oʻsimtalari bor. Keng qovoqlari doimo yalang, oyoqlari va dumi kalta, qanotlari uzun va baquvvat. Parvoz toʻgʻri va tekis, boʻyni oddiy kaptarnikidan ancha uzunroq choʻziladi.

 

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

Kaptarlarning tezligi va hotirasi hayratda qoldiradi. Kaptarlar Rimdan Bryusselga (tahminan 1100 kilometr masofa) Alp togʻlari orqali uchib oʻtgan; 320 kilometr masofada (Parij— Shatelro, 1875 yil) soatiga 90—100 kilometr tezlikka erishgan paytlari ham koʻp boʻlgan. Faqat togʻ qaldirgʻochi (soatiga 358 kilometr), qarchigʻay (soatiga 224 kilometr) va qaldirgʻoch (soatiga 119 kilometr) tezligi bu borada kaptarning parvoziga bas kelishi mumkin. Kaptarlarning hotirasi toʻgʻrisida shunday bir fakt guvohlik beradiki, 1871 yilda shahzoda Fridrix Karl tomonidan oʻz onasiga tuhfa sifatida taqdim qilingan kaptar 1875 yilda behosdan ozodlikka chiqib ketib qolganida toʻgʻridan toʻgʻri oʻz uyiga – Parijdagi kaptarxonaga qaytib borgan. 

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!

Kaptar sportining birinchi xususiy hamjamiyati Belgiyada 1818 yilda taʼsis etilgan, XX asrning oxiriga kelib esa dunyo boshlab ularning soni yuzlab tarqalib ketgan. Birgina Parijning oʻzida 18000 pochta kaptarlari bor edi. Ulardan 8000 donasi oʻrgatilgan kaptarlar. Aholisi 100000 kishiga yaqin boʻlgan  Rube shahrida 15 000 nafar kaptar bor edi. Butun Fransiyada 100 000 ga yaqin oʻrgatilgan kaptarlar boʻlgan: 47 departamentning oʻz kaptar-pochta sportini sevuvchilari jamiyatlari boʻlgan. Bundan jamiyatlar juda koʻp boʻlgan joy - Germaniyada, ularning bir Ittifoqi “Columbia”da 1888 yilda 178 jamiyat va 52 240 nafar kaptari boʻlgan; bu raqamlar, shunindek boshqa mamlakatlarda ham baland koʻrsatkichlarga ega. 1890 yilda Kievda birinchi rus pochta kaptari sporti xususiy jamiyati taʼsis etilgan.

Pochta kaptarining yoruq va mashaqqatli qismati hamda 19 asrning oxiri 20 asrning boshidagi kaptar pochtasining ishchi kuni toʻgʻrisida Kanada va amerikalik yozuvchi tabiyatshunos Ernest Seton-Tompson oʻzining “Arno” hikoyasida yaxshi taʼriflab bergan. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar