Qiziqarli dunyo: Ular yana bir karra rekord qoʻymoqdalar: xitoyliklar dunyodagi birinchi oʻqi yoʻq boʻgan tomosha chaxpalagini qurdilar

Aktiv ravishda mashxurlikni qozanayotgan, unikal tomosha charxpalagini haqiqiy muxandislik moʻjizasi deb nomlawga ulgurishdi. 145 metrlik uzuk koʻrinishidagi konstruksiya Veyfan shahridagi Baylang daryosi ustida qad koʻtarib turibdi.

Xitoy sharqida paydo boʻlgan tomosha charxpalagi anʼanaviy spisa va ichki tayanchlariga ega emas. Kabinalari qoʻshimcha qurilma evaziga harakatga keltiriladi. "Ajdarxo umurtqasi" deb nomlanadigan bir biriga tutashib ketadigan metal konstruksiyalar butun inshoatning mustaxkamligini taʼminlaydi. Bu attraksionni qurilishida 4,6 tonna poʻlat ishlatilgan.


Tomosha charxpalagini eng katta deb ham ataydilar, chunki uning diametri 125 metrni tashkil etadi. Hammasi boʻlib tomosha charxpalagida 36 ta kabinalar bor boʻlib, ularning har biri 10 kishiga moʻljallangan. Bitta aylanib chiqishi 28 daqiqani tashkil qiladi. Kabinalarda bepul wi-fi bor boʻlib, shahar aholisi va sayyohlar ijtimoiy tarmoqlarda darxol taʼsurotlari bilan oʻrtoqlashishlari mumkin. Tomosha charxpalagi shahardagi eng ommaviy diqqatga sazovor joyiga aylanib boʻldi.


London Eye ham dunyodagi eng yirik tomosha charxpalagilaridan biri hisoblanadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



