Qiziqarli

Qiziqarli maʼlumotlar: Top-10: Pand bergan selfilar.

Qiziqarli maʼlumotlar: Top-10: Pand bergan selfilar.

Selfi 15 daqiqalik mashxurlik olish usuli boʻlgan vaqtda Endi Uorxol (Andy Warhol) taʼkidlashicha, yaqin orada hamma koʻradiganini koʻradi. Biz oʻzimizni telefon kamerasi yordamida tushuradigan surʼatlar oddiy shuhratparastlikdan tashqari koʻp narsalarni koʻrsatishi mumkin, masalan, mana bu 10 ta oʻxshamagan selfilardagi kabi nogah noqulay onlarni, diqqatsizlik, jinoiy hatti harakat yoki absolyut axmoqlikni tasvirga olishi mumkin. 

Qiziqarli maʼlumotlar: Top-10: Pand bergan selfilar.

2017 yil fevralida yaponiyalik mashxur rassom Yaoy Kusama (Yayoi Kusama) ning qovoqdan murakkab va antiqa haykali Kolumbiya okrugi, Vashingtondagi Xirshxon muzeyi (Hirshhorn Museum) da qoʻyilgan boʻlib, u selfi qilishga harakat qilayotgan sanʼat entuziasti tomonidan shikastlangan edi. 

Bir odam platformadan oyogʻi toyib yiqilib tuwgan va qovoqlardan birini shikastlagan. Qovoqlardan haykal Infinity Mirrors koʻrgazmasida qoʻilgan Kusamaning ishlaridan oltitadan biri edi. Natijada Kusama muzeyga shikastlangan qismning yetkazib berilishini tashkil qilishi kerak boʻlgan. Rassom oʻzining 65 yillik karyerasini "goroshek naqshi shaxzodasi" deb nishonlamoqda. 

Qiziqarli maʼlumotlar: Top-10: Pand bergan selfilar.

2017 yilnini iyulida smartfon yordamida selfi qilmoqchi boʻlgan ayol Los Anjeles, Kaliforniya shtatida The 14th Factory loyihasida taqdim qilingan skulpturalarga 200 000 AQSH dollari miqdorida ziyon yetkazdi. Gonkonglik rassom Simon Birch va boshqa uning hamkasblarning ishlari toʻrtburchak postamentlarning tepasiga oʻrnatilgan edi. Ularning biriga ayol suyanganida u orqaga yiqilib ketdi, shu bilan domino effektini yuzaga keltirdi. Unda har bir stend keyingisining ustiga qulab, butun qatorni yiqitgan. Har bir postament qoʻshnisiga urilgan vaqtda, uning ustidagi skulptura yonidagi stend tomon uchib, polga tushardi. 

Birchning "Giperkain" nomli koʻrgazmasi rassomning oʻzining va uning hamkasblari: Gabriel Chan, Yakov Blitser va Gloriya Yu larning yaratgan asari edi. Yu ning soʻzlariga koʻra: "Uchta skulptura butkul buzilgan", boshqalari esa, " turli xil darajada shikastlangan ". Los Angeles Times gazetasi jurnalisti Karolina Miranda " Giperkain"ni "ideal selfi uchun super zamonaviy atributlarining ajoyib seriyasi" deb atagan edi.

Qiziqarli maʼlumotlar: Top-10: Pand bergan selfilar.

2015 yili Kremona, Italiyada sayyohlar juftligi, 1700-yillar boshida yaratilgan, "Ikki Gerkules" bebeho haykaining tojini sindirib olgan. Haykalda ikkita qomatni aks ettirilgan boʻlib, ular yarimilohni taqdim etadi va uning nomi bilan atalgandir. Ularning biri oldinga qaragan, ikkinchisi esa orqa yoni bilan oʻgirilgan. Har bir Gerkules oʻrtada turgan qalqonni ushlab turadi. Qalqonda sharni ushlab turgan qoʻl tasvirlangan. Bu haykal yaratilgan vaqtdan beri Kremonada turgan edi va shaharning ramzidir.

U Pʼyassa-delʼ-Kommun (Piazza del Comune) ga shaharning darvozalaridan 1962 yili koʻchirib oʻtilgan edi. Haykalning marmardan toji, sayyohlar selfi qilish uchun uning ustiga chiqishga harakat qilayotganida, tushub ketgan. Hukumat aybdorlarni topdi va xozir haykalga yetkazilgan shikastlarning miqdorini aniqlamoqdalar.

Qiziqarli maʼlumotlar: Top-10: Pand bergan selfilar.

2017 yili fransiyalik sayyoh ayol Benetulʼe Lezufler, 47 yosh, Tailandning Kxao Yay milliy bogʻiga qilgan tashrifi davomida qilmiqchi boʻlgan selfisi uchun katta baho toʻladi. U va uning turmush oʻrtogʻi timsohni koʻrganlarida, u reptiliya bilan selfi qilishga turib oldi.

Lezufler atrofdagi bogʻdagi mehmon sayyohlar yoʻlakni tark etishi mumkin emasligi haqidagi ogohlantiruvchi belgilarga qaramay, koʻl tomon shoshildi va u yerda oyogʻi toyib ketib, suvga yiqildi. Timsoh uni oyogʻidan tutdi. U ikkinchi marotaba ayolga hujum qilishidan avval sayyoh ayolni nosilkalarga ortib, mahalliy kasalxonaga olib ketishdi. U yerda ayol oʻz boshiga tushgan qiyinchiliklardan butunlayin tuzalib ketishi kerak edi. 

Qiziqarli maʼlumotlar: Top-10: Pand bergan selfilar.

2017 yilining 4 aprelida Sakramentolik ayol, Kaliforniya shtati, Shimoliy Oberndagi 18 metr balandlikli Forestxill koʻprigidan yiqilib tushdi. U va uning doʻstlari koʻprik ostidagi ishchi koʻprildan ketayotgan edilar. Shunda ayol selfi qilmoqchi boʻlib, muvozanatni yoʻqotdi va koʻprikdan pastga, soʻqmoqqa yiqilib ketdi. Koʻprik ostidagi ishchi yoʻl keng omma uchun yopiq boʻlib, ayol va uning hamrohlarini noqonuniy kirganliklari uchun javobgarlikka tortilishi mumkin edi. Lekin, polisiya bunday aybni olinga surishdan bosh tortdi. 

"Sherif yordamchilari koʻprikdan yiqilish ayol va uning hamrohlarida kerakli taasurot qoldiradi va keyinchalik koʻprikka qaytadan noqonuniy kirishdan ularni qaytaradi", - deb ofiserlar sherifning Facebook dagi rasmiy sahifasida xabar berishdi. Biroq polisiya ofisi quyidagi maʼlumotni nashr etdi: "Yaqin masofada boʻlishingiz javobgarlikka tortilishingizga yoki hibisga olinishingizga olib keladi. Bundan tashqari siz hayotdan ayrilishingiz mumkin va yuqorida sanab oʻtilganlarning xech biri selfiga arzimaydi! Koʻprik va kanyondan buning uchun maxsus ajratilgan joylardan bahra oling". Shifoxonaga yetkazilgan ayol yashab qolisa kerak. 

Qiziqarli maʼlumotlar: Top-10: Pand bergan selfilar.

19 yoshlik kollej talabasi Miranda Key Rader voyaga yetmagan va alkogol mastlik holida haydagani uchun hibisga olingan. U polisiya mashinasi orqasiga urilgan. Bu hodisa u toples selfi qilishga va keyincha uni oʻz boyfrendining Snapchatida nashr qilmoqchi boʻlganida yuz berdi.

Bu onda polisiyachi shu tumandagi tartibsizliklar haqidagi xabarni eshitayotgan vaqtda birdaniga tormozning ovozini eshitadi, soʻng jip poatrul mashinaga urilganini sezdi. Polisiyachi konsolda finjon ushlagichdan musallas butilkasini topgan edi. Bu hodisa 2016 yilning 27 oktyabrida yuz bergan edi. Unda Rader oʻzining kampusiga qaytayotgan boʻlgan. Unga ayb qoʻyilgandan soʻng, Rader oʻzini tyurmadan 2000 dollar garov puli toʻlab chiqarib oldi. 

Qiziqarli maʼlumotlar: Top-10: Pand bergan selfilar.

2014 yili mart oyida shaxsi tasdiqlanmagan 21 yoshlik Ispaniyaning janubidagi Andujarlik kishi elektr toki urishidan oʻlgan edi. U poezdga selfi qilish uchun koʻtarilgan va ochiq qolgan simga tegib ketgan edi. U va uning doʻsti sim kuchlanish ostida boʻlishi mumkin emas deb oʻylagan edilar. 

Uning doʻsti ham 3500 voltdan elektr shokini olgan, lekin yashab qoldi. Voqea joyiga medisina hodimlari yetib kelganlarida, 21 yoshlik kishi vafot etib boʻlgan edi. Uning hamrohi Alʼto-Gvadalkvivir mahalliy shifoxonasiga ogʻir ahvolda yetkazilgan edi. 

Qiziqarli maʼlumotlar: Top-10: Pand bergan selfilar.

2014 yilning noyabrida Karla Nunʼeysning qizi 12 yoshlik Sharlotta temir yoʻl relslarida selfi qilayotganida poezd gʻildiraklari ostida halok boʻlgan. Keyinchalik Nunʼeys Belgiya temir yoʻl operatori SNCB dan xat oldi. Xatda Karla qizining amalga oshirgan harakatlari tufayli yetkazilgan zararni qoplashda javobgar ekani koʻrsatilgan edi. Nunʼeysning qarzi 21 400 dollarni tashkil etgan boʻlib, bu summa temir yoʻlni taʼmirlash uchun zarur. 

Nunʼeys shokda edi. Uning sugʻurtasi bor edi va u nima uchun SNCB sugʻurta kompaniyasiga emas, balki unga hisobni yuborganini tushunmayotgan edi. Ogohlantiruv u tomonidan "bolta bilan urish" kabi qabul qilingan deb taʼminlaydi Karla va uning SNCB boshligʻi Djo Kornuning uyiga borib "kopmaniyaga oʻzi nima boʻlgan undan bunday narsalarni talab qilmoqda" deb tushuntirishlar talab qilishga aqli yetgan. 

Belgiyalik deputat-sosialist, Devid Gers SNCB ning farosatsizligidan gʻazabda boʻldi. "Qanday qilib yaqinlarini yoʻqotgan odamlarga bunday xatni yuborishning emosional taʼsirini bepisand qilish mumkin? - taajublandi u. -  Zararni qoplash uchun hisobni yuborish oʻrniga, oz boʻlsada hamdardlik bildirish lozim". 

Qiziqarli maʼlumotlar: Top-10: Pand bergan selfilar.

2015 yilning 21 mayida Rossiyadagi 21 yoshlik ofis hodimasi boshiga 9 mm pistoletni qoʻyib, selfi olish uchun turganida u otib yuborgan. Pistolet ofis Moskvadagi ofisda ishlaydigan qorovulga tegishli edi. U pistolitni ikki fafta avval taʼtilga ketayotganda qoldirib ketgan. Pistoletni topgandan keyin, yosh ayol uni selfi uchun atribut sifatida ishlatishga qaror qildi. U oʻzini bir tomondan surʼatga olmoqchi boʻlganida, nogahon pistoletning oʻq otish tepkisini bosib yuborgan, bu bilan yaqin masofadan boshiga otib yubordi. Ayol oxir oqibat tirik qolgan boʻlsada, uning ahvoli Moskvadagi Sklifosofkiy nomidagi shifoxona press-kotibi taʼkidlashicha, "ogʻir" deb baholangan.

Aql bovar qilib boʻlmaydi, lekin anologik insident 2016 yili Hindistonda 15 yoshlik oʻspirin bola boshiga pistoletni qoʻyib oʻzini surʼatga olmoqchi boʻlganida yuz bergan. Oʻzining otasi Ramadin Singxga tegishli boʻlgan 32 kalibrli pistoletni ushlab katta opasi bilan surʼatga tushayotgan boʻlgan. Oʻz telefonining kamerasining tugmasini bosishning oʻrniga, u bola pistoletning tepkisini bosib yuborgan. Oʻq uzilgan ovozini eshitgan qoʻshnilar darhol oʻspirin bolaning otasiga xabar berdilar. Hamda, Singx Ludxiandagi, Pendjab shtati, xususiy shifoxonaga yetkazilgan edi. Olingan jarohatlardan bola halok boʻldi. 

Qiziqarli maʼlumotlar: Top-10: Pand bergan selfilar.

Polisiya taxminiga koʻra, 35 yoshlik Dmitriy Baksheev va uning rafiqasi 42 yoshlik Natalya, soʻnggi 20 yil davomida Rossiyaning janubi gʻarbidagi Krasnodarning xarbiy kazarmalarida yashashi vaqtida 30 nafar odam oʻldirganlar. 2017 yil sentyabrida yoʻl xizmati hohimlari Dmitryning telefinini topib olganlar. Unda egasi ayolning chopilgan qoʻli va tanasining turli boʻlaklari bilan surʼatga tushgan selfilar bor edi.

Ishchilar polisiyaga murojaat qildilar. Polisiya juftlik uyini tin tuv qilib chiqdilar. Ularning kvartirasidan tana boʻlaklari va odam goʻshtidan tayyorlanadigan reseptlar topildi. Polisiya fikriga koʻra, selfida olingan ayolni Dmitry uch kun avval oʻldirgan. Buning sababi ular rafiqasi ucholovi mehmondorchilik vaqtida janjallashib qolganlar.

Mahalliy axborot vositalari Dmitriyning ogʻzida odam qoʻli bilan surʼatini chop etdilar. Juftlik kvartirasining tin tuv jarayonidalar odam tanasining tuzlangan boʻlaklari, muzlatilgan goʻsht va Dmitry selfi olgan aynan oʻsha qoʻl solingan banka topganlar. Kvartira povalida polisiya ayol tanasi qoldiqlarini topganlar. Hukumat uning oʻlimini tekshirmoqda. 

Oxir oqibat Dmitry ayolni oʻldirganligini tan oldi, hamda Natalya ham 1999 yildan beri u va eri birgalikda 30 ta odam oʻldirganlarini tan oldi. Ular oʻz oʻljalarini, ular qarshilik koʻsatish qobiliyatini yoʻqotishi uchun, "Korvalol" va efir bilan mast qilganlar. Soʻng, ularni oʻldirganlar. Aytishlaricha, kvartiradan narkotiklar hidi kelib turgan. Koʻrsatmalarning haqiqiy ekanini tasdiqlash uchun ularning kvartirasida tin tuv oʻtkazayotib polisiya "kanniballar uchun videodarslar" va sovutgich, muzlatkich, hamda podvalda saqlanayotgan odam tanasining boʻlaklarini topdilar. Qotil-kanniballarga hali hukm chiqarilgani yoʻq. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar