Qiziqarli maʼlumotlar: Futurustik mumkataklar: Zaxi Xadid loyihasi boʻyicha amalga oshirilgan unikal bino


Shon-shuhratli arxitektor Zaxi Xadidning vafotidan, mana bir yildan oshdi. Lekin uning ishi yashashda davom etmoqda. Shunday qilib, Er-Riyadda (Saudiya Arabistoni) shox Abdallah nomidagi neftni oʻrganish va tekshirish markazi (King Abdallah Petrolium Studies and Research Centre (KAPSARC)) paydo boʻldi. Binoning shaklida arxitektorning taniqli stili aniq koʻrinadi. Markazning oʻzi esa, bu yerning haqiqiy arxitektura durdonasi boʻlib qoladi.

Struktura maydoni 7 gektar boʻlib, 5 ta binodan tashkil topgan: Energiya boʻyicha bilimlar markazi, Energetik kompyuter markazi, 300 oʻringa moʻljallangan koʻrgazma va auditoriya zali bor boʻlgan Konferens-markazi, 100 mingdan ortiq kitob fondili Kutubxona va namoz oʻqish uchun Musalla zali. Noodatiy geksagonal shakl sharofati bilan har bir bino oʻzaro qulay oʻtish yoʻllari bilan birlashgan.


Shox Abdallah nomidagi neftni oʻrganish va tekshirish markazining fasadi perforlangan qobiqdan tashkil topgan boʻlib, binoning ichini jazirama quyosh nurlari va shamolning kuchli esishlaridan himoya qiladi.
Markazning oʻzi LEED ning "platina" sertifikatiga ega boʻlib, bu struktura energoeffektiv texnologiyalarni ishlatishini anglatadi. U esa, atrof muhitga boʻlgan salbiy taʼsirni munimal qiladi. Strukturaning tomida oʻrnatilgan quyosh batareyalari qisman energoisteʼmolning talablarini qondiradi. Shu bilan birga Markazda suvni ikkilamchi tozalash tizimi oʻrnatilgan.

Zaxi Xadidning loyihalari odamlarda juda keng spektrdagi emosiyalarni uygʻotadi, lekin befarq boʻlib xech kim qolmaydi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



