Qiziqarli

Qiziqarli maʼlumotlar: Arxitektorlarni "magʻlub" etgan va binolarning ajralmas boʻlagi boʻlib qolgan 7 ta daraxt

Arxitektorlarning katta qismi rejaga qatʼiy rioya qiladilar va qurilishga halal berayotgan oʻsimliklarni xech ayamaydilar. Lekin ular orasida aql bovar qilmas darajada ijodiy odamlar borki, ular yerning shirin boʻlagini birinchi boʻlib egallab olgan daraxtlarning maftunkorligi oldida befarq boʻlib tura olmaydilar. Bu odamlar daraxtlarni arralamaydilar, oʻrniga ularni binolar fasadi va hattoki ularning interyerlariga mos tushuradilar. 

Qiziqarli maʼlumotlar: Arxitektorlarni "magʻlub" etgan va binolarning ajralmas boʻlagi boʻlib qolgan 7 ta daraxt

Qozoq arxitektori Aybek Almasovning uyi shishadan qilingan boʻlib, silendrik shaklga ega va metall ustunlarda ushlanib turadi. Lekin, asosiysi u haqiqiy, oʻz tabiiy muhitida oʻsayotgan, daraxt atrofida qirilganidir. Yolgiz qolish va relaks uchun ideal joy chiqqan. Uydagi bunday qaragʻay bilan Yangi yil bayramini yil davomida har kuni nishonlash mumkin boʻlsa kerak. 

Qiziqarli maʼlumotlar: Arxitektorlarni "magʻlub" etgan va binolarning ajralmas boʻlagi boʻlib qolgan 7 ta daraxt

Bu qaragʻayning yoshi 300 yildan ortiq, shuning uchun turk hukumati Madaniyat va taʼlim fondi binosini qurish uchun yer uchastkasini boʻshatish maqsadida uni kesishga ruxsat bermadilar. Topqir arxitektorlar vujudga kelgan vaziyatdan onsonlik bilan chiqish yoʻlini topdilar. Bebaho daraxtni asrab qolish uchun ular binoning balkonlari va tomi orqali ikki shoxlanishli daraxt poyasini oʻtkazib yubordilar.

Qiziqarli maʼlumotlar: Arxitektorlarni "magʻlub" etgan va binolarning ajralmas boʻlagi boʻlib qolgan 7 ta daraxt

Bu Xitoy arxitektorlari tomonidan loyihalashtirilgan uy yuqori darajadagi texnologiyalar tabiat bilan juda yaxshi uygʻunlikda boʻlishi mumkinligini tasdiqlamoqda. Kichkina daraxt binoning ikkinchi qavatidagi ochiq terrasa poli orasidan oʻsib bormoqda. 

Qiziqarli maʼlumotlar: Arxitektorlarni "magʻlub" etgan va binolarning ajralmas boʻlagi boʻlib qolgan 7 ta daraxt

Yarim asrlik daraxt atrofida konstruksiyasi metal va shishadan yaratilgan kichkina bolalar bogʻchasi qurilgan. Bolalarga daraxtning qalin shoxlariga chiqish juda yoqadi. Ularning havfsizligini aylana boʻylab oʻrnatilgan metal toʻsiq taʼminlab turadi. 

Qiziqarli maʼlumotlar: Arxitektorlarni "magʻlub" etgan va binolarning ajralmas boʻlagi boʻlib qolgan 7 ta daraxt

Bu italiyan restorani faqatgina mazali pasta va pissasi bilan mashxur boʻlib qolmay, balki binoning oʻrtasida oʻsayotgan, haqiqiy tirik daraxt borligi bilan ham taniqlidir. Biroq interyerning bezatilishining stilistikasini saqlab qolish uchun uni shisha ortida qoldirishgan. 

Qiziqarli maʼlumotlar: Arxitektorlarni "magʻlub" etgan va binolarning ajralmas boʻlagi boʻlib qolgan 7 ta daraxt

Bu daraxtga esa, uyning zinapoyalarining oʻzidayoq joy boʻshatib beriahiga toʻgʻri kelgan. Koʻrinishidan qiziq tuyuladi - huddi oʻsayotgan daraxt uy egalarini mehmonlarni kutib olishda ilgarilab ketmoqchi boʻlayotgandek. Yoki teskasisi - yoqtirilmaydigan mehmonlardan uyni himoya qilayotgandek. 

Qiziqarli maʼlumotlar: Arxitektorlarni "magʻlub" etgan va binolarning ajralmas boʻlagi boʻlib qolgan 7 ta daraxt

Ierusalimda Isroil muzeyi binosi oldida oʻsayotgan qaragʻay daraxtida arxitektorlar kichkina yogʻoch uycha yasadilar. Bu yerda kichkina bolalar oʻynashni yaxshi koʻradilar va katta odamlar vaqt oʻtkazishni xush koʻradilar. Uydagi daraxtlar va daraxtdagi uylar - bu qiziqarli va ajoyib. Germaniyada esa, ajoyib daraxt ustidagi kempimg qurishgan boʻlib, ular chodir shaharchalarga alternativa boʻladilar. 

Maqola yoqdimi? U holda bizni qoʻllab-quvvatlang va ijtimoiy tarmoqlarda u bilan oʻrtoqlashing! 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar