Avto

Mukammal obraz yaratish sirlari: Eng kerakli usullar bilan tanishing!

Mukammal obraz yaratish sirlari: Eng kerakli usullar bilan tanishing!

Oʻz liboslaringizga nisbatan beeʼtibor boʻlmang, ularning yangidek holatda saqlanishi va sizga imkon qadar koʻproq xizmat qilishi uchun ularni yuvish jarayonida libos yorligʻidagi barcha jihatlarga diqqat qarating. Libosni yuvish avvalidan uni teskari tomonga agʻdaring va kir yuvish davomiyligini 35-40 daqiqadan oshirib yubormang. Nozik matoli liboslarni kir yuvish mashinasida emas, qoʻlda yuvish tavsiya etiladi.  

Mukammal obraz yaratish sirlari: Eng kerakli usullar bilan tanishing!

Libosga hashamatli koʻrinish berishning eng oddiy usullaridan biri undagi barcha tugmalarni almashtirib chiqish hisoblanadi. Plastmassadan ishlangan tugmalarni sifatli va metalldan ishlangan tugmalarga almashtiring.

Mukammal obraz yaratish sirlari: Eng kerakli usullar bilan tanishing!

Oʻzingiz istagan kunlarning birida boshdan oyoq oq rangdagi liboslar kiying. Bu oq rangli shim, koʻylak, palto boʻlishi ham mumkin. Oq rang har qachon hashamatli koʻrinish hosil qilish uchun yordam berib kelgan. Oq rangli liboslardan tashkil topgan qishki obrazlar yana ham chiroyli va hashamatli koʻrinadi. 

Mukammal obraz yaratish sirlari: Eng kerakli usullar bilan tanishing!

Och va sokin ranglar oʻzaro uygʻunlashgtirilgan holatda jozibador koʻrinish hosil qiladi. Shu sababli ham bir nechta turdagi och ranglarni moslashtirib, yangi obraz yaratishga harakat qilib koʻring. Och jigarrang, och pushti, oq ranglar  ham hashamatli qiyofa yaratishda juda qoʻlkeladi. 

Mukammal obraz yaratish sirlari: Eng kerakli usullar bilan tanishing!

Toʻgʻri bichimli palto, sifatli materialdan yaratilgan trench, koʻk rangli jinsi, bir nechta vodolazka, "qalamcha" bichimidagi yubka... Bularning barchasi hech qachon urfdan qolmaydigan topilmalar sirasiga kiradi. Ularga moda olamining shiddatli toʻfonlari taʼsir qila olmaydi. Mazkur liboslarga bir  nechta aksessuar qoʻshish orqali esa klassik ust-boshlarni zamonga moslashtirib olishingiz mumkin.

Mukammal obraz yaratish sirlari: Eng kerakli usullar bilan tanishing!

Sumka, kamar, bosh kiyimlar va boshqa aksessuarlarni harid qilish paytida arzon narxiga uchmang. Dizaynerlar did bilan tanlangan aksessuar urfdan qolgan libosni ham trendga aylantirib berishi mumkin ekanligi haqida aytadilar. Yana bir muhim qoida yodingizda boʻlsin, unchalik ham mashhur boʻlmagan brendning oʻrtamiyona narxdagi sifatli sumkasi "Shanel"ning soxlashtirilgan aksessuaridan ustunroqdir.

Mukammal obraz yaratish sirlari: Eng kerakli usullar bilan tanishing!

Qanchalar jiddiy uslubda kiyingan boʻlmang, oyoqlaringizni ajoyib poyabzal bezab turmas ekan, qilgan harakatlaringizning barchasi bekor. Yana bir gap: "qayiqcha" uslubidagi tufli - u xoh qimmat doʻkondan, xoh bozordan sotib olingan boʻlsin - har qanday holatda ham juda chiroyli va hashamatli koʻrinadi. 

Mukammal obraz yaratish sirlari: Eng kerakli usullar bilan tanishing!

Aksariyat ayollar oʻylagani kabi libos printlari qiyofaga bachkanalik bagʻishlamaydi. Aksincha, ular ajoyib qiyofa va uslub hosil qilib berishi mumkin. Vaqt sinovlaridan omadli oʻtgan printlar - katak gullar, yoʻl-yoʻl chiziqlar, nuqtalar aynan shular jumlasidandir. 

Mukammal obraz yaratish sirlari: Eng kerakli usullar bilan tanishing!

Zamonaviy moda olamida imkoniyatlar tushunchasining hech qanday chegarasi yoʻq. Oʻzingizni maʼlum bir uslub bilan chegaralab qoʻymang. Garderobingizda sport uslubidagi liboslar, romantik koʻrinishga ega koʻylaklar, jiddiy kiyimlar ham boʻlishi kerak.  Koko Shanel taʼkidlaganidek: " Betakror boʻlish uchun ayol kishi har kuni oʻzgarishi lozim!". Buni unutmang.

Mukammal obraz yaratish sirlari: Eng kerakli usullar bilan tanishing!
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar