Qiziqarli

Vengriya haqida qiziqarli faktlar

Vengriya haqida qiziqarli faktlar

Mamlakat tarixi 896 yildan boshlanadi va aynan shu sababli mazkur hudud Yevropaning eng tarixiy davlatlari roʻyxatidan mustahkam oʻrin olgan.

Vengriya haqida qiziqarli faktlar

Koʻp hollarda “Kichik dengiz” deya ataluvchi Balalon koʻli Yevropa qitʼasining markaziy qismidagi eng katta suv koʻl sanaladi. Mazkur suv havzasining asl goʻzalligidan bahramand boʻlish uchun mamlakatga minglab sayyohlar tashrif buyurishadi.

Vengriya haqida qiziqarli faktlar

Mamlakat avvaldan oʻzining iliq ob-havo sharoitlari bilan nom qozongani uchun Vengriya hududida joylashgan va inson organizmini sogʻlomlashtirishga yoʻnaltirilgan koʻplab kurortlar hamisha odam bilan gavjum.

Vengriya haqida qiziqarli faktlar

Vengriyadagi eng uzun koʻprik “Oʻn arkali” boʻlib, uni “Xortobad” parkida koʻrishingiz mumkin. Koʻprik uzunligi esa 167 metrni tashkil etadi.

Vengriya haqida qiziqarli faktlar

Vengriyaliklar zamonaviy ruchkaning yaratilish jarayoni oʻzlariga tegishli ekanligi bilan gʻururlansalar arziydi. Bundan tashqari koʻpchilikka maʼqul keluvchi mashhur “Kubik rubik” boshqotirmasini ham aynan vengriyalik olimlar oʻylab topishgan.

Vengriya haqida qiziqarli faktlar

Vengriyaning mashhur “Xerend” kompaniyasi qoʻl mehnati bilan yaratiluvchi betakror shisha idishlarni ishlab chiqaradi va uning mahsulotlari butun dunyo boʻylab haridorgirligi bilan ajralib turadi.

Vengriya haqida qiziqarli faktlar

Budapesht metrosi qadimiylik borasida Londonning yer osti transporti bilan bemalol bellasha oladi. Mazkur davlatdagi ilk metro poezdlari koʻp yillar avval, aniqrogʻi 1896 yili paydo boʻlgan. Ayni kunlarda Vengriya metrolarida rus injenerlari uzoq muddatli shartnoma asosida mehnat qiladilar.

Vengriya haqida qiziqarli faktlar

Vengriya davlati vakillari Nobel mukofotini deyarli barcha yoʻnalishlar boʻyicha qoʻlga kiritib boʻlishgan. Faqatgina bir yoʻnalish – “Tinchlik oʻrnatganligi uchun” yoʻnalishi bundan mustasno holos. Aholi vakillarining taʼlim darajasi va kuchli bilimi haqida gapiradigan boʻlsak, ushbu koʻrsatkichlar behad yuqori ekanligi bilan kishida unutilmas taassurot qoldiradi.

Mahalliy aholi vakillari pazandachilik bobida ham juda mahoratlidirlar, ular deyarli har bir taomga paprika qoʻshishni yaxshi koʻrishadi.

Vengriya oshxonasi oʻz gulyashi bilan ham mashhur, ammo ushbu mamlakatda gulyash deganda dimlangan goʻshtni emas, mazali shoʻrvani tushunishadi.

Vengriyaning vino ishlab chiqarish sohasi ham juda rivojlangan. Mahalliy ustalar tomonidan tayyorlangan koʻpikli ichimliklar esa hatto qirollarning ham nazariga tushgan.

Mamlakatnig soliq tizimi juda qatʼiy tartibda boʻlib, bu yerdagi qoʻshimcha narxlar uchun uchun 27% soliq belgilangan.

Venger tilining koʻp soʻzlari rus tilidagi soʻzlarga oʻxshab ketadi, faqatgina aytilishi va maʼnosi butunlay oʻzgacha koʻrinish kasb etishi mumkin. Misol uchun “basseyn” soʻzi venger tilida haqoratlash maʼnosida keladi.

Vengerlar fikricha, grechka qushlar uchun ajoyib yegulik, ammo uning insonlar tomonida isteʼmol qilinishi mutlaqo mumkin emas. Shu sababli Vengriyada grechkani faqatgina zoomagazinlardan topish mumkin, odatdagi kabi oziq-ovqat doʻkonlaridan emas.

Budapeshtga borgan sayyohlar koʻchalar boʻylab poytaxt tramvayida sayohat qilish imkonini qoʻlga kiritadilar.

Vengriya aholisi vakillari choʻchqanikidan boshqa hech bir turdagi goʻshtni turlarga ajratishmaydi, shuningdek ular bir hil salomlashib, bir hilda xayrlashishadi.

Yevropa qitʼasidagi eng katta sinagoga Budapeshtda joylashgan boʻlib, ushbu ibodatxona oʻz ichiga bir vaqtda 3000 kishini sigʻdira oladi.

Poytaxtdan uchnalik uzoq boʻlmagan yerda joylashgan Xollokyo qishlogʻi koʻp yillardan buyon oʻz koʻrinishini oʻzgartirmaydi, bu jihat esa har yili minglab sayyohlarni mazkur maskan tomon boshlab keladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar