Moskva shahridagi eng qimmatbaho restoranlar haqida bilasizmi?

Restoranlar uchun tanlangan binolarning har biri oʻziga hos, shu sababli ular orasidan ayrimlarini eng yaxshisi sifatida tanlash ham qiyin. Ammo restoranlar qatorida shunday ajoyiblari borki, faqatgina taomlanish uchun emas, haqaqatan hordiq chiqarish uchun tashrif buyurgingiz keladi.

Restoran nomi “Chiroyli jamiyat” deya tarjima qilinadi va bu orqali oʻzining orginal taomlari hamda bu yerga tashrif buyuruvchi mehmonlar toifasiga urgʻu beradi. Ushbu bino interyeri oʻzining yil davomida gullab turadigan oʻsimlik va gulli devori bilan mashhur. Mazkur devor Yevropa hududidagi eng katta oʻsimlik devori sanaladi.
Restoran vakillari qora slanets yordamida yaratilgan ochiq oshxona va marmar ustunlar bilan ham gʻururlanishadi. Mazkur restoran menyusi taniqli oshpaz Jey Miller tomonidan tuzib chiqilgan.

Moskva shahridagi barcha restoranlar ham oʻz derazalaridan butun shahar manzaralarini tomona qilish imkoniyati bilan maqtana olmaydilar. Ushbu restoran esa White Rabbit binosining 16 qavatida joylashgan boʻlib, aynan mana shu jihat shahar mehmonlarini oʻziga jalb etadi va bir bor boʻlsa-da shahar goʻzalliklaridan bahramand boʻlish uchun aynan mana shu yerga boshlab keladi.
Aʼlo darajadagi viktorian interyer uslubi har bir mehmonda Lyuis Kerrol asarlaridagi kabi ertaknamo sharoitga tushib qolgandek taassurot uygʻotadi. Bu yerda eski kitoblardan yasalgan bar ustunlari mavjud boʻlib, bir qarashda oʻziga eʼtiborni jalb qila oladi. Shuningdek bu yerda qishki bogʻ goʻzalligidan ham bahramand boʻlishingiz mumkin.
Restoranning asosiy menyusi Rossiya oshxonasiga tegishli orginal tajribalar yigʻindisidan iborat va ushbu tajribalar rahbari shef-oshpaz Vladimir Muxin sanaladi. Vladimir Muxin Moskavadagi oshpazlar avlodi vakillaridan biridir.

Mazkur restoran Tver bulvarida joylashgan va bu yerga tashrif buyurganlarni betakror interyeri, renessans uslubi, binodagi barokko va mumtoz uslub uygʻunlashuvi bilan hayratga soladi. Restoranning umumiy hisobda 12 ta zali bor, ularning birida esa mashhur kinolardan biri suratga tushirilgan.
Restoran menyusi oʻz tarkibiga bir necha turdagi oshxona taomlarini jamlagan, oshpazi esa avvallari prezident maʼmuriyatida shef-oshpaz sifatida faoliyat olib borgan mashhur D. Eremeev sanaladi.

Diqqatingiz markazidagi ushbu restoran Yevropaning eng yaxshi restoranlari roʻyxatiga kiritilgan. Shuningdek, bu restoranni sovet Moskvasi oroli va megapolis yuragi deb ham ataydilar. Aynan Pushkin restorani bu yerga tashrif buyurgan har bir horijlikni haqiqiy rus oqsuyaklari taomlari haqida bilib olish va ulardan bahramand boʻlishga undab turadi.
Oshxona bino ochilgan payt, yaʼni 1999 yildan buyon mana shu yerda mehnat qilib kelatyotgan shef-oshpaz Andrey Maxov tomonidan yuritiladi.

Nobu Moskvadagi eng qimmat restorandir. U halqaro tarmoqlarga aloqador sanaladi va shaxsan Robert de Niroga tegishli ekanligi bilan koʻpchilikni oʻziga tortib turadi. Nobu restorani haqiqatan shohona muhitni his qilish istagida boʻlgan insonlar uchun hamisha ochiq yuz bilan xizmat qiladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



