Qiziqarli

Sartaroshlik sanʼatining siz bilgan va bilmagan qirralari

Sartaroshlik sanʼatining siz bilgan va bilmagan qirralari

Har bir insonning boshqalarga oʻxshamaydigan, oʻzgalardan ajralib turadigan biror jihati boʻladi. Bunday jihatlar sirasiga tashqi koʻrinishni ham misol qilib keltirsak boʻladi. Har kim u erkak yoki ayol boʻlishidan qatʼiy nazar oʻziga hos koʻrinish sohibi boʻladi. Tashqi koʻrinishning boshqalar eʼtiborini tortadigan qismi bu albatta, sochlardir. Sochlarning betakror koʻrinishi va oʻziga xosligida esa sartaroshlarning alohida oʻrni bor. Har bir sartarosh biror bir “sanʼat asari” yaratishda oʻz mijozining yuz tuzilishi, rangi, uslubiga eʼtibor beradi, undan soʻnggina kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda oʻz ishini bajaradi. 

Sartaroshlik sanʼatining siz bilgan va bilmagan qirralari

“Sartarosh” soʻzi ilk bor Germaniyada paydo boʻlgan boʻlib, nemischa “peruckenmacher” yaʼni “usta turmak yasovchi” soʻzlaridan kelib chiqqan. Oʻsha davrlarda mamlakatda faqatgina erkak sartaroshlar boʻlib, ular faqat erkaklar uchun hizmat koʻrsatishgan. Ayollardan faqatgina saroylarda yashovchi aslzoda xonimlargagina mahsus sartaroshlar hizmat qilishgan, oddiy ayollarga esa sartarosh hizmatidan foydalanish mumkin boʻlmagan. 

Sartaroshlik sanʼatining siz bilgan va bilmagan qirralari

Sartaroshlar rioya qilishi lozim boʻlgan qoidalar:

-tozalik;

-xushmuomalalik;

-eʼtiborlilik;

-ijodkorlik;

-tezkorlik;

-halollik;

Sartaroshlik sanʼatining siz bilgan va bilmagan qirralari

Har bir sartaroshning oʻziga hos uslubi boʻladi. Koʻpincha mijozlar doimiy ravishda bitta sartarosh hizmatidan foydalanadi. Chunki oʻsha sartaroshning uslubi, muomalasi mijozlar koʻnglidan joy olgan boʻladi. Bunday eʼtirofga sazovor boʻlish uchun sartaroshdan kasbiy malaka talab etiladi. Sartaroshlar har kuni turli hil mijozlar bilan ishlashiga toʻgri keladi. Ular orasida turli kasb egalari, turli yosh va jins vakillari boʻladi. Koʻpchilik mijozlar ishdan soʻng, boʻsh vaqtlarida sartaroshga boradi va baʼzan shunaqa holatlarni kuzatamizki, insonlar oʻz hayotidagi muammo va dardlarini sartaroshlarga aytib yengil tortishadi. Ulardan biron bir maslaxat olishni ham xohlashadi. Bunday vaziyatlarda hayotiy tajribga ega boʻlgan sartarosh boʻlsagina toʻgʻri yoʻl koʻrsatishi mumkin, aks holda bir kelgan mijoz ikkinchi marta bu sartaroshning dargohiga tashrif buyurishi dargumon…   

Sartaroshlik sanʼatining siz bilgan va bilmagan qirralari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar