Tanangizda paydo boʻlgan kasallikdan xabar beruvchi 13 belgi

Koʻz ostidagi qora halqalar koʻp hollarda irsiy boʻlishi mumkin, buning esa davosi mavjud emas. Ammo ular yaqindagina paydo boʻlgan boʻlsa, buning sababini uyquga toʻymaslik, gornomal oʻzgarishlar, allergiya, chekish, spirti ichimliklar isteʼmol qilish, koʻp miqdorda qahva ichish va tuzli taom yeyishdan qidiravering. Muammoni vaqtincha bartaraf etish uchun sovuq kompress va sifatli konsiler yordam beradi.

Chyolka bilan yuradigan ayollarning peshona qismi boshqalarnikiga nisbatan koʻproq terlaydi va bu mazkur sohadagi muammolarning paydo boʻlishiga olib keladi. Shuningdek, peshona terisi ovqat hazm qilish tizimi buzilishlaridan ham darak berishi mumkin.
Ushbu muammolardan halos boʻlish uchun esa yogʻli ovqatlar va fast-fuddan voz kechishga toʻgʻri keladi. Tez tayyor boʻluvchi yeguliklar va zararli taomlardan voz kechsangiz, oradan bir necha kun oʻtmay teringiz oʻz holiga qaytib keladi.

Burun sohasida koʻplab qon tomirchalari joylashgan va ularning kengayishi burun rangini ham oʻzgartiradi. Bundan tashqari ob-havoning keskin oʻzgarishi, allergiya, stress holati va tumov ham burunni “qizartirib” qoʻyadi. Agar ushbu holatni yuzaga keltirgan sababni aniqlab olsangiz, uning oʻzidan ham osongina qutulasiz.
Agar burningiz hamisha qizarib yursa, bilinki bu tomirlar holati bilan bogʻliq. Sogʻlom turmush tarzini olib borgancha aniq tashxis qoʻyish uchun shifokorga murojaat qiling.

Ushbu holat organizmda koʻp miqdorda “chiqindi” yigʻilib qolganda paydo boʻladi. Shu sababli homiladorlikning 38 haftasigacha boʻlgan davrda tugʻilgan bolalarning terisi va koʻzlari sariq rangda boʻlishi kuzatiladi. Kattalardagi sargʻayish ichki tana aʼzolari va spirtli ichimliklar sabab boʻlishi mumkin.Shu boisdan jigar, oʻt qopi va oshqozon osti bezini tekshirtirib, shifokor qabuliga tashrif buyuring.

Koʻp hollarda ushbu holat xavfli boʻlmaydi, ammo sergak boʻlsangiz oʻzingizga foyda. Eʼtibor berib qarang, hol shakli turli tomondan har xil koʻrinishdami? Hol chetlari notekis va rangi odatdagidan boshqacharoqmi? Hol oxirgi haftalar ichida oʻzgarib qolganmi? Unday boʻlsa, quyosh nurlaridan oʻzingizni asrang va hamisha SPF taʼsirli kremlardan foydalaning.

Yuz sohasida kapalak shaklida paydo boʻlgan toshma notoʻgʻri tanlangan pardoz vositalari, allergiya, ob-havo almashinuvi va haddan ortiq koʻp shirinlik yeyish oqibatida kelib chiqadi. Bunday toshma ayrim hollarda teri sili alomati ham boʻlishi mumkin.
Teri sili koʻpincha istima, boʻgʻimlardagi ogʻriq, barmoqlar koʻkarishi kabi belgilar bilan kechadi. Bu kabi holat kuzatilganda esa zudlik bilan shifokorga murojaat qilish darkor.

Ogʻiz va burun sohasi atrofi terisining oʻzgarishi A, S, E va B vitaminlari yetishmasligi sabab kelib chiqadi. Odatda ushbu holat darmonsizlik, diqqatni bir yerga jamlay olmaslik, soch toʻkilishi va qavatlanib borayotgan tirnoqlar belgisi bilan birga kuzatiladi.
Shu tufayli darhol shifokorga murojaat qilgan holda organizmingizga yetishmayotgan vitaminlarni qabul qilishga kirishing. Taomnomangizni koʻrib chiqib, ratsionga kerakli mahsulotlarni qoʻshing.

Burun, lab va ogʻiz boʻshligʻi atrofidagi shamollash birinchi bosqichdagi gerpes virus alomatlari sanaladi. Ming afsuski, ushbu virusni yuqtirib olsangiz, u organizmda butun umr qolib ketadi va stress, kasalliklar yoki charchoq tufayli immunitet pasayganda shamollashni keltirib chiqaradi.
Muammoni barataraf etish uchun dorixonalarda sotiladigan maxsus vositalardan foydalaning.

Deyarli har bir inson lablar terisining quruqlashishi va yorilishi muammosi bilan toʻqnash kelgan. Bu holat ayniqsa qish payti va haddan ortiq issiq haroratda sodir boʻladi. Shuningdek lab yorilishi allergik reaksiya natijasida ham paydo boʻlishi mumkin. Lablar yorilganda ularni hadeb yalayverish kerak emas. Shuningdek gigienik balzamlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Koʻplab insonlar yuzidagi tuklar quyuqligi irsiy ravishda oʻz ajdodlaridan oʻtadi. Ammo bu holat ayollar bilan sodir boʻlsa aynan ayollar shifokoriga muroaajat qilish tavsiya etiladi va davolash kurslaridan oʻtiladi. Shuningdek, shakar va tarkibida koʻp miqdorda qand saqlovchi mahsulotlar isteʼmolini cheklash lozim.

Yonoq sohalarida paydo boʻlgan qoramtir dogʻlar giperpigmentatsiya koʻrinishlaridan biri boʻlmish melazma alomati sanaladi. U odatda ayollarda uchraydi va terisi qoracharoq insonlarda avj olib ketadi. Koʻp vaqt quyosh nuri ostida boʻlish ham uning yanada rivojlanishiga yoʻl ochib berishi mumkin.
Odatda, melazma homiladorlik paytida sodir boʻlib, farzand dunyoga kelgach oʻz-oʻzidan yoʻqolib ketadi. Bundan tashqari kosmetologiya sohasida melazma bilan kurashishga yordam beradigan oqartiruvchi vositalar, lazer terapiyasi va kimyoviy piling kabi usullar koʻp.

Agar qosh va kiprik toʻkilishi omadsiz kosmetik tajriba sababli yuzaga kelmagan boʻlsa, uni qalqonsimon bez bilan bogʻliq muammolar aolmati deya tahmin qilish mumkin. Bunday holat 50 yoshdan oshgan kishilarda koʻproq uchraydi.
Shuningdek, bu belgi holsizlik, charchoq, quruq teri, semirish kabi holatlar bilan birga keladi va darhol qon tahlillarini topshirish hamda shifokor koʻrigidan oʻtish tavsiya etiladi.
Iyak sohasi bevosita gormonlar bilan bogʻliq boʻlib, tanadagi har qanday gormonal oʻzgarishlar aynan shu sohadagi muammolarga sababchi boʻladi. Ammo bu hammasi emas. Uyquga toʻymaslik va haddan ortiq yogʻli taom isteʼmol qilish ham iyak sohasidagi husnbuzarlarning paydo boʻlishi uchun yetarlidir.
Toʻyib uxlash va toʻgʻri taomlanishga eʼtibor qarating. Meva, sabzavotlar, baliq va donlardan tanovul qiling, ichaklar salomatligini taʼminlab, teri goʻzalligiga erishing.

Unutmang: Toshma, terining poʻst tashlashi va boshqa belgilar mutlaqo turli sabablar yuzasidan ham paydo boʻladi. Yuqorida keltirilgan va keng tarqalgan hastaliklardan tashqari yana minglab kasalliklar borligi va oʻz vaqtida koʻrsatilgan yordam bilan har qanday kasallikni yengish mumkinligini yodda tuting. Shu sababli ularga nisbatan beparvo boʻlmay, albatta shifokor qabulida boʻling.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



