Pardoz asosi boʻlgan upa qanday tanlanadi?

Anʼanaviy upa- bir tekis, yumshoq “yostiqcha”li pardoz vositasi. Shiddatli kun tartibiga ega honimlar uchun bu kabi pardoz vositasi faydalanish uchun ham, yonida olib yurish uchun ham juda qulay.

Qum sifat upa- yuz teringiz quruq boʻlsa, ushbu turga mansub upalar aynan siz uchun. Biroq qumsifat upa faqat kunduzgi pardoz uchun moʻljallanganligini yodda tuting.
Kremli upa– teridagi mayda nuqsonlarni bartaraf etishda krem upadan foydalanda nur ustiga aʼlo nur. Bunda tonal kremdan foydalanmasangiz ham boʻladi.

Dumaloq sharchali upa- bu kabi upa tarkibida qaymoqrang, och jigarrang va toʻq jigarrang pufakchalar boʻlib, undan kunduzi yoki oqshom pardozi uchun foydalanish mumkin.
Mineralli upa- yuzingiz terisi ortiqcha “zarra”lar bilan qoplanmasligi va teri kataklati “toʻlib” qolmasligi uchun (qolaversa teringiz vositalarga taʼsirchan boʻlsa) shunday upani tanlang.

Bronza zarralariqoʻshilgan upa- quyoshda toblangandek koʻrinishni istasangiz, bronza zarralari qoʻshilgan upadan harid qiling. Uning rangi boshqalariga nisbatan biroz toʻqva yengil tovlanuvchan boʻladi.
Tovlanuvchan upa- oqshom tadbirlari, toʻy, tugʻilgan kun va shu kabi bazmlarda yuz qiyofasi boshqalardan ajralib turishni xohlaganlar tovlanuvchan upadan foydalanishlari mumkin.

Mutaxassislar rumyana tanlash jarayonida soch rangiga ahamiyat qaratish kerakligini aytishadi.
Qora sochli qizlar, och pushti rangli rumyana tanlashi notoʻgri boʻladi. Ular yaxshisi, shaftolirang, bronza, och qaymoqrang rumyana tanlaganlari maʼqul.
Mallarang sochli qizlar, rumyanasi rangi terisi rangidan u qadar ajralib turmasligiga harakat qilishlari lozim. Ularga och olovrang va shaftolirang (qizgʻish ranglar) tavsiya etiladi.

Qoʻngʻir sochli qizlar, pardozda pushti va och jigarrang rumyanalardan faydalanishlari lozim. Shundagina ularning yanoqlari ajralib qolmaydi.
Toq jigarang tusga ega sochlilar uchun rumyananing toʻq jigarrang- pushti, och qaymoqrang va biroz tovlanuvchi olov ranglilari mos keladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



