Qiziqarli dunyo: Krishnaning moyli sharining jumbogʻi

Bu sirli diqqatga sazovor joy Krishnaning moyli shari nomi ostida mashxur, lekin uning haqiqiy nomi " Vaanirai Kal". Valun 250 tonnadan ortiq vaznga ega va miʼjizaviy ravishda tepalikning sirpanchiq yuzasida muvozanat ushlab turadi. Yanada ajablanarlisi, bu tosh joyida 1200 yildan buyon turibdi.

1908 yilda usha vaqtdagi Madras gubernatori Artur Loli valunni atrofdagi qoʻshni uylar uchun juda ham havfli deb hisoblagan va olib tashlamoqchi boʻlgan edi. Moyli Sharni surish uchun ettita fil jalb qilingan edi. Lekin hammaning taʼjubiga ular toshni siljita olishmadi va masala aniq boʻlmagan muddatga qoldirilgan edi.

Gigant valun tepalik ustida qotib qolgandek, lekin buning sababini xech kim bilmaydi. Bahaybat valun yerga muzlab qolgandek, lekin mahalliy afsonaga koʻra boshqa rivoyat bor. Indus mifologiyasiga koʻra buyuk iloh Krishna bola boʻlgan vaqtda u moyni yaxshi koʻrgan ekan. Shu sababdan gigan toshno samodan iloh tushurib yuborgan moy shariga qiyoslashadi.

Toshning antiqa muvozanatlashgan pozisiyasini hisobga olgan holda mahalliy bolalar tepalikni sirpanchiq tepalik sifatida foydalanadilar. Bugungi kunda Krishnaning Shari – Hindistonning mashxur diqqatga sazovor joyi. Sayyohlar toshni joyidan pastga siljitish uchun harakatlarini xursandchilik bilan amalga oshiradilar. Xozirgacha xech qanday insonning kuchi moy valunni joyidan siljitishga qodir emas.

Maxabalipuram – qadimiy tarixiy shahar, u Periplus (eramizning 1-asri) va Ptolemey (140 yil) davrida juda govjum dengiz porti boʻlgan edi. Qadimgi hind savdogarlari Janubi-Gʻarbiy Osiyo mamlakatlariga Maxabalipurama dengiz portidan joʻnashar edi. Bugungi Maxabalipuram – faqatgina sayyohlar shahri va Chennaining asosiy diqqatga sazovor joylaridan biridir. Odamlar bu joyni ajoyib togʻ haykallari, ibodatxonalar, ziyoratgohlar, gʻorlar, gigant “Gangning Tushishi” va Shiva ilohining minglab haykallari bor ibodatxonaga tashrif etish uchun ziyorat qiladilar. Maxabalipuram – YUNESKO ning umumjahon meʼrosining muhim obʼekti.



Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



