Sayohat

Dunyodagi eng qimmat kurortlar

Dunyodagi eng qimmat kurortlar

Dubay markazidan 20 km kilometr uzoqlikdagi Palm Jumeirah orolida joylashgan bebaho kurort hordiq chiqarish va koʻngil yozish uchun barcha kerakli shart-sharoitlarga ega. Bu yerda dam olishning bir sutkalik narxi $15 000 boʻlib, kurort 2008 yildan buyon sayyohlarga xizmat koʻrsatib keladi.

Mehmonxona derazalaridan palma oroli va Fors koʻrvazi suvlarining goʻzalligi yaqqol koʻrinib turadi. Kurortning ochilish marosimi esa mashhur xonanda va yulduzlar, siyosatchi hamda tidbirkorlar ishtirokida oʻtkazilgan.

Dunyodagi eng qimmat kurortlar

Oʻrtayer dengizida joylashgan kurort-orol oʻzining hashamatli va ajoyib koʻrinishi bilan sayyohlar koʻnglidan joy olgan. Ushbu kurort plyajlari goʻzalligidan bahramand boʻlib, mehmonxona ichiga joylashish uchun 115 000 AQSH dollari kerak boʻladi. Isla de sa Ferradura dunyodagi eng qimmat kurort hisoblanadi. Garchi uning atrofida biroz hamyonbop narxdagi dam olish maskanlari yetarli boʻlsa ham, koʻpchilik sayyohlar aynan shu yerda dam olishni istashadi.

Kurort sohibi uni qurish uchun 10 yil davomida dunyoning eng yaxshi dizayner va arxitektorlari yordamida ish olib borgan. Ketkazilgan vaqt va mehnat oʻz samarasini berdi, kurort haqiqatan ham kutilgandek benazir koʻrinishda qurib bitkazildi.

Dunyodagi eng qimmat kurortlar

Karib dengizining Virgin orollarida joylashgan kurort oʻzining mehmonxonalari, restoran va dam olish hududlari bilan mashhur. Bu yerda hordiq chiqarishning bir sutkalik narxi esa 30000AQSH dollarini tashkil etadi. Ushbu maskanda dam olish masalasi biroz qiyinroq, sababi kurort sohibi Richard Brenson faqatgina oʻz oilasi ishtirokida dam olish mavsumini eʼlon qiladi. Shu sababli yetarlicha pul bilan borsangiz ham, bu yerdan joy olishingiz muammoga aylanishi mumkin.

Dunyodagi eng qimmat kurortlar
Dunyodagi eng qimmat kurortlar

Bagama orollarida joylashgan ushbu ertaknamo kurortda bir kun dam olish sizga 25 000 AQSH dollariga tushishi mumkin.Shunga qaramay kurortdan joy olishni istasangiz yoʻq deganda 3 kun avval joy band qilib qoʻyishga toʻgʻri keladi. Kompleks beshta villa, toza tuproq va shaffof suvi bilan kishini oʻziga jalb qilib turadi.

Har bir villa ichida alohida basseyn, sauna va yam-yashil bogʻlar mavjud. Kurort bir vaqtning oʻzida bor-yoʻgʻi 24 nafar odam uchun xizmat qiladi.

Dunyodagi eng qimmat kurortlar

“Qoʻgʻirchoqlar uyi” nomini olgan mazkur kurort Shotlandiyaning yashil tepaliklari uzra joylashgan. Bu yerning bir sutkalik narxi 12 000 dollardan 20 ming dollargacha etib belgilangan. Hududda qumli plyaj va iliq okean suvlari yoʻq, ammo koʻplab daryolar va toza suvli koʻllar bor. Bundan tashqari, mazkur kurort dunyodagi ekologik toza maskanlardan biri hisoblanadi.

Bu yerda dam olish uchun aʼzolik badali sifatida 204 million AQSH dollari berish lozim, aʼzolik toʻlovining yillik narxi esa 1 million AQSH dollariga tengdir.

Dunyodagi eng qimmat kurortlar

Mayami qirgʻoqlaridan joy olgan hashamatli maskanning 20 million dollarga baholangan boʻlib, ushbu villada koʻp bilan 3 kun mehmon boʻlishingiz mumkin. Villaning bir sutkalik narxi 12-17 ming dollarni tashkil etadi. Bu yerdagi basseynni sharshara manzarasi toʻldirib turadi va aynan shu jihat sayyohlarni oʻziga jalb qiladi. Bu yerdagi xonalar dunyoning turli mamlakatlariga hos boʻlgan uslublarda jihozlangan.

Hordiq chiqarayotgan insonlar qoʻl ostiga shaxsiy oshpaz hamda massajchi beriladi. Bu yerda sizni limuzinda kutib olishadi va toki joʻnab ketguningizga qadar kuzatib yurishadi.

Dunyodagi eng qimmat kurortlar

Maldiv orollarining Faafu atollida joylashgan Rania kurortida dam olishning bir sutkalik narxi 10 000 dollar boʻlib, yaqin davrlarda qadar u dunyodagi eng nufuzli kurort sanalgan. Keyinchalik paydo boʻlgan kurortlar Raniani oʻz ortida qoldirib ketdi, ammo bu bilan kurortning darajasi oʻzgarib qolmadi.

Bu yerda mehmonlarni betakror plyajlar, maxsus mehmonxonalar, milliy oshxona restoranlari va yaxta kutadi. Orolni bir vaqtda 12 kishi ijaraga olishi mumkin, yaratilgan sharoitlar esa sizni hayratga soladi.

Dunyodagi eng qimmat kurortlar

Atlantika okeani va Karib dengizi suvi birlashuvchi hudud, Barbados orollaridagi ushbu kurort oʻz mehmonlarini quchoq ochib kutib oladi. Faqat bu maqsadda hamyoningizga har sutka uchun 8 ming dollardan 25 ming dollargacha boʻlgan miqdordagi pulni solib qoʻying.

Bu yerni “Kichkina angliya” deb ham ataydilar, sababi dizaynerlar bu yerlardagi sobiq plantatsiyalarni roman uslubidagi haqiqiy jannatga aylantirib yuborishgan. Hordiq chiqaruvchilar uchun golf maydoni, spa salonlar, britaniya oshxonasining sara taomlarini taklif etuvchi ajoyib restoran xizmat qiladi.

Dunyodagi eng qimmat kurortlar

Karib dengizida joylashgan hashamatli villaning bir sutkalik narxi 5 ming dollardan 12 ming dollargacha boʻlib, bu yerda koʻpi bilan 2 kun dam olish uchun ruxsat beriladi. Ammo shuning oʻzi ham ajoyib xizmat koʻrsatish tizimi sharoitlaridan foydalanish, okean bagʻrida choʻmilish va mazali taomlardan isteʼmol qilish uchun yetarlidir. Bu yerda maxsus kinoteatr, spa salonlar, basseynlar va jakuzilar ham bor.

Dunyodagi eng qimmat kurortlar

Bir kun uchun 1395 dollar toʻlagan holda Beliz qirgʻoqlarida joylashgan ushbu kurort manzaralaridan bahramand boʻlishingiz mumkin. Bu yerda milliy oshxona taomlaridan isteʼmol qilib, okean goʻzalliklaridan bahramand boʻlasiz. Orolchada 5 ta villa mavjud va har biri uchun shaxsiy xizmatchi biriktirilgan.

Syorfing va dayving shinavandalari ham aynan shu yerda ushbu mashgʻulotlar bilan shugʻullana oladilar. 10 000 dollar evaziga esa butun orolni band qilib, sivilizatsiyaning barcha sharoitlaridan foydalangan holda oʻzingizni Robinzondek his qilishingiz ham mumkin.

Dunyodagi eng qimmat kurortlar

Toshbaqa orolida dam olishning bir sutkasi 1632 dollarga aylanadi. Ushbu narx ichiga yashash, ovqatlanish va baliq tutish ham kiritilgan boʻlib, sayyohlar oʻz istaklariga koʻra somon bungalolar yoki zamonaviy kottejlarga joylashishlari mumkin. Orol bir vaqtning oʻzida 14 kishi kishi uchun xizmat koʻrsatadi.

Dunyodagi eng qimmat kurortlar

Fidjida joylalgan ushbu kurortning bir sutkalik narxi 1600 dollar. Betakror tropik arxipelag oʻzining moʻjizakor tabiati, toza havosi va tillarang plyajlari bilan hayolingizni oladi. Bu yerda baliq tutib, uning mazasini totib koʻrish, milliy taomlardan isteʼmol qilib lazzatlanish mumkin. Sayyohlar bungalolarda yashab, orol boʻylab yalangoyoq yurishadi va toʻlaligicha ekzotika bagʻriga choʻmadilar.

Dunyodagi eng qimmat kurortlar

Seyshel orollarida joylashgan ushbu hashamatli kurort ajoyib plyajlari, qulay mehmonxonasi va koʻngilochar xizmatlari bilan dong taratgan. Bu yerda dam olishning bir kunlik narhi 2,400 dollardan 2,700 dollargacha boʻladi. Kurort oʻz mehmonlariga golf maydoni, basseynlar, goʻzallik salonlari, massaj, dayving va syorfing xizmatlarini taqdim etadi.

Bu yerdagi tabiat, oʻsimliklar va hayvonot olami kurort goʻzalligini toʻldirib turadi. Aynan shu yerda kamyob toshbaqa turlarini uchratishingiz, tropik daraxtlar orasida sayr qilishingiz mumkin.

Dunyodagi eng qimmat kurortlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar