Qiziqarli dunyo: Kunida ikki mahal suv ostiga ketuvchi hayratlanarli yoʻl

Passaj dyu Gua (Passage du Gois) – Burnyef bogʻizi tubi boʻylab joylashgan va Fransiyaning qitʼa qismini Nuarmutye oroli bilan bogʻlaydigan yoʻdir. Kunida ikki mahal, suv kamayishi bilan bir necha soat davomida unda harakatlanish imkoniyati yaratiladi. Qolgan vaqtda suv sathi uning ustidan toʻrt metrga masofaga koʻtariladi.

1. Orol va qitʼa orasidagi suv sathi pasayishi vaqtida yuzaga chiqadigan yagona tabiiy yoʻlak birinchi marta xaritalarda 1701 yilda eslab oʻtilgan. 1840 yilda uning yuzasida toshlardan kapital qurilgan yoʻl bapo etildi, va u boʻylab ham otda, ham aravada harakatlanish imkoniyati yaratildi.

2. Hozirda yoʻl uzunligi 4,5 kilometrni tashkil qiladi. Masofa unchalik katta boʻlmasada, ancha xavfli hisoblanadi.

3. Sath koʻtarilishi yozilgan roʻyxatli, yoʻlning ikki tomonidagi katta belgilarga qaramasdan, koʻpgina odamlar tezlik bilan koʻtariladigan suv sababli har yili qopqonga tushadi.

4. Bunday omadi chopmaganlar uchun qutqaruv minoralari barpo etilgan, va u yerda ular suv pasayishini kutishlari mumkin boʻladi, ammo mashinani esa afsuski, qutqarib boʻlmaydi.

5. Paradoks…Yoʻllar deyarli doimiy ravishda suv ichida, ammo hech ham eskirmaydi, boshqa mamlakatlardagi yoʻllarni esa kamida yilida bir mahal taʼmirlashga toʻgʻri keladi.



Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



