Qiziqarli

Eng gʻaroyib va kulguli ayollar liboslari

Eng gʻaroyib va kulguli ayollar liboslari

Fransiyaning Celine modalar uyi tomonidan taqdim eтilgan gʻaroyib tuflilar moʻyna xomashyosidan yaratilgani bilan juda ajoyib va qulay koʻrinadi. 2013 yilning bahor-yoz mavsumi uchun taqdim etilgan poyabzallar poshnali tufli va sandal koʻrinishida ishlab chiqarilgandi. Bunday yangilik yigʻilganlarning hayratiga sazovor boʻldi.

Eng gʻaroyib va kulguli ayollar liboslari

2013 yilning bahor-yoz mavsumi uchun oʻtkazilgan Parijdagi modalar namoyishida Shanel modalar uyi haqiqatdan gʻaroyib yangilik qildi. Modalar uyi direktori Karl Lagerfeld jurnalistlarga oʻz kolleksiyasi haqida soʻzlab berar ekan, unga bunday gʻoyani plyaj manzaralari taqdim etgani haqida aytdi.

Dizaynerning aytishicha, bunday sumka ichiga nafaqat kiyim-kechakni joylashtirish, balki plyajga borgan paytda sochiq hamda liboslarni aynan uning ustiga yoyib qoʻyish mumkin ekan. Tasavvur qilyapsizmi, kiyim ilgagi va sumka bir aksessuar koʻrinishida!

Sumkaning koʻrinishi juda bahaybat boʻlgani bilan, oʻzi behad yengil chiqdi, sababi xulaxup plastik xomashyodan ishlab chiqarilgan edi.

Shanel aynan ushbu sumkaning mini koʻrinishdagi namunasini ham ishlab chiqardi va koʻpchilikka orginal gʻoyasi bilan maʼqul boʻlgan kelgan boʻlsa-da, kundalik garderob tarkibiga kira olmadi.

Eng gʻaroyib va kulguli ayollar liboslari

Butun dunyoga oʻzining nooadtiy gʻoyalari bilan mashhur boʻlgan kreativ dizayner va rassom Sebastian Eррazuрiz zamoq taqilmalaridan tashkil topgan koʻylak yaratdi.

Koʻylak 256 ta zamok taqilmasdan iborat boʻlib, uning uzunligini turli oʻlchamlarga oʻzgartirish mumkin. Agaр libosni biroz kaltashlashtirmoqchi boʻlsangiz, koʻylakning pastki qismidagi bir nechta zamokni olib tashlash kerak boʻladi holos. Bu turdagi libosni yubka koʻrinishiga ham keltirish mumkin.

Eng gʻaroyib va kulguli ayollar liboslari

Aynan Sebastian Errazuriz ijodiga mansub boʻlgan navbatdagi gʻoya kattalar hayotida bolalikka ehtiyoj sezayotgan qizlar uchun yumshoq oʻyinchoqlardan tikilgan jaketni oʻzida aks ettiradi.

Eng gʻaroyib va kulguli ayollar liboslari

Taniqli avangardchi Rei Kawakubo va Celine modalar uyiga tegishli boʻlgan mazkur poyabzal trend ishqibozlari tomonidan hayrat ila qabul qilindi. Orginal va kulguli, shunday emasmi?

Eng gʻaroyib va kulguli ayollar liboslari

2012 yilda H&M modalar uyi tomonidan Maison Martin Margiela markasi bilan birga hamkorlikda taqdim etilgan mazkur sumkaning tutqichi oʻrnida qoʻlqopni koʻrishingiz mumkin. Bunday topilma koʻpchilikni hayratdan yoqa ushlashga majbur qilgani bor gap.

Eng gʻaroyib va kulguli ayollar liboslari

Dizaynerlar tomonidan yaratilgan yana bir ajoyib buyum Maison Martin Margiela va H&Mga tegishli antiqa klatchdir. Ushbu aksessuar konfet oʻrami koʻrinishida boʻlib, uni tayyorlash uchun sunʼiy charm matosidan foydalanilgan va ustki qismi zamok taqilmasi yordamida yopiladi.

Eng gʻaroyib va kulguli ayollar liboslari
Eng gʻaroyib va kulguli ayollar liboslari

Ikki tomonli liboslar bir qarashda ikki hil libosdan yaratilgandek koʻrinadi. Bu oʻziga yaraga gʻaroyib va kulguli gʻoyadir. Bu turdagi liboslarni kiyishga har kim ham jazm qila olmaydi.

Eng gʻaroyib va kulguli ayollar liboslari
Eng gʻaroyib va kulguli ayollar liboslari

Bu borada Merilin Monroning quyidagi soʻzlarini yodga olish mumkin: “Men poshnali poyabzallarni kim yaratganini bilmayman, ammo erkaklar uning oldida qarzdordirlar”. Balki valenkilarni poshna bilan ishlab chiqish mumkinligiga buvilarimiz ishona olishmas. Ammo bunday oyoq kiyim qishda juda qulay boʻlishi aniq.

Eng gʻaroyib va kulguli ayollar liboslari

Bozor sumkasidan tikilgan antiqa klatchni kamyob va antiqa buyumlar sirasiga kiritsa arziydi.

Eng gʻaroyib va kulguli ayollar liboslari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar