Top-10: Dunyodagi eng gʻaroyib ayollar poyabzallari

Juda gʻayrioddiy va ayni paytda biroz qoʻrqinchli poyafzal modeli. ushbu poyabzal haqiqiy tuyoqlardan tayyorlangan.

Bunday poyabzalni kiyishga faqatgina eng jasur ayollar jurʼat eta olishsa kerak.

Poyabzalning koʻpi boʻlmaydi! Bunday poyabzal har bir moda ixlosmandining toʻplamida boʻlishi kerak.

Ushbu noodatiy poyabzalni xitoylik ayol Chju Tian yaratgan. Ularning asosiy xususiyati nafaqat terining rangida ekanligida, balki sochlarining koʻpligida ham. Xitoylik ayol har bir tolani alohida- alohida qoʻl mehnati orqali birlashtirib chiqqan.

Juda gʻalati va biroz qoʻrqinchli poyabzal modeli. Bunday poyabzal bilan tozalash ishlarini olib borish juda qulay.

Gilosli pirog boʻlagi shaklidagi poyabzal. Ishtahani ochadi-ku, yeyishning imkoni yoʻq!

Qush oyogʻi shakliga ega, qush patlari va poshnasi panja tuzulishidagi poyabzal. Agar siz qushlarni boqmoqchi boʻlsangiz, ularda ishonch tuygʻusini uygʻotish uchun ushbu poyabzal kiyishingiz mumkin. Albatta, bu hazil!

Bunday koʻrinishga ega poyabzalni koʻrgan har qanday odamni yoqimsiz qoʻrquv qamrab olsa kerak.

Yurish-ku oʻz yoʻliga, buday poyabzalda turishning oʻzi ham ancha mashaqqat talab etsa kerak. Siz nima deb oʻylaysiz?


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



