Qiziqarli

“Otasining qizlari”: millionlarning sevimli serialiga aylangan asar aktyorlarining hozirgi koʻrinishi

“Otasining qizlari”: millionlarning sevimli serialiga aylangan asar aktyorlarining hozirgi koʻrinishi

Serial shu qadar konveyer surati bilan olinar ediki, bu suratga xamma ham bardosh bera olmasdi. Dastlab “Otasining qizlari”ni vaqtincha bosh qaxramon tashlab ketdi, keyin esa Dasha Melnikova suratga tushishdan oʻqishni afzalroq koʻrdi.

“Otasining qizlari” yopilgan paytdan toʻrt yil oʻtgach serial yaratuvchilari sevimli qaxramonlar ishtirokidagi toʻliq metrajli filmni suratga olish jarayoniga tayyorgarlik koʻrayotganlari toʻgʻrisida eʼlon qildilar. “Otasining qizlari” toʻgʻrisidagi katta film kutilishida oʻtgan yillar ichida qaxramonlar qanchalar oʻzgarganini bir koʻrishni sizlarga taklif etamiz.

“Otasining qizlari”: millionlarning sevimli serialiga aylangan asar aktyorlarining hozirgi koʻrinishi

Aktrisa Katya Starshova serialga maktabga borishdan ham avvalroq kelib qolgan edi, shuning uchun ham u suratga olish maydonchasining oʻzida ulgʻaya bordi. Serialning barcha 20 faslida u “Otasining qizlari”dagi eng sevimli personachlaridan biri boʻlib qolaverardi.

Suratga olish ishlari tugaganidan soʻng (u serialda olti yoshligida ishtirok eta boshlagan edi, suratga tushishni esa oʻspirinligida tugatdi) Katya figurali uchish bilan shugʻullanishni davom ettirdi, 2016 yilda esa 15 yoshli aktrisa “Yulduzlar bilan raqslar” loyixasida ishtirok etdi.

“Otasining qizlari”: millionlarning sevimli serialiga aylangan asar aktyorlarining hozirgi koʻrinishi

Navqiron va juda muvaffaqiyatli sohibjamol aktrisa Yelizaveta Arzamasova siymosida oʻrilgan sochli va koʻzoynakli shoirtabiat aʼlochi Galina Sergeyevnani tanish juda qiyin. Serialda suratga tushish ishlaridan soʻng u teatrda koʻp rollar oʻynadi, moskvalik eng yetuk rejissyorlar tomonidan saxnalashtirilgan asarlarda ishtirok etdi, va shuningdek, kino va televidenie orqali chiqishlar qilib turadi.

U 14 yoshida Julyettaning rolini ijro etdi, bundan tashqari “Dovyurak qiz” disney multfilmidagi Merida ismli mallasoch malikaga ovoz berdi.

“Otasining qizlari”: millionlarning sevimli serialiga aylangan asar aktyorlarining hozirgi koʻrinishi

“Otasining qizlari” serialidagi abjir sportchi qizni oʻynagan Darya Melnikova, oʻzining ekrandagi imidjiga qaramay 2014 yilda Rossiyaning eng sarvqomat ayollar yuztaligi qatoridan joy oldi. U oʻzining aktyorlik karyerasi ustida jiddiy ishlaydi. Xatto shunday payt ham boʻldiki, Dasha Shepkino oʻquv yurtidagi oʻqishini deb serialdan ham voz kechdi.

Dasha juda koʻp suratga tushadi. Uning ishlari orasida “Amerikanka” dramasining remeykidagi, “Mayor Sokolov oshiqlari” serialidagi va boshqa rollar bor. 2013 yilda Darya Melnikova Artur Smolyaninov ismli aktyorga tuрmushga chiqdi va ikki yildan keyin ona boʻldi.

“Otasining qizlari”: millionlarning sevimli serialiga aylangan asar aktyorlarining hozirgi koʻrinishi

“Otasining qizlari” serialiga Miroslava Karpovich professional aktrisa unvoniga ega boʻlgandan keyin kelgan edi. U 2006 yilda MXAT (Moskva Badiiy Akademik Teatri) maktab-studiyasida aktyorlik kurslarini tamomlagan. Loyiha tanlovi juda toʻgʻri boʻlgan – ushbu rol uni butun Rossiya va dunyoning barcha rusiyzabon odamlariga tanitdi.Aslida Miroslava asosan teatrda ishlaydi.

Uning faoliyati roʻyxatida yigirmadan ortiq spektakllar mavjud. Bundan tashqari, u bir necha kliplarda, masalan, Leonid Agutin va Yegor Krid kliplarida suratga tushgan.

“Otasining qizlari”: millionlarning sevimli serialiga aylangan asar aktyorlarining hozirgi koʻrinishi

Nastya Sivaeva bolaligidan Vyacheslav Zaytsevning modellik agentligida shugʻullangan, shuning uchun ham kameradan choʻchimas edi. Oʻn yoshidan “Sezam koʻchasi” bolalar taʼlimiy koʻrsatuvida, keyinroq esa “Yeralash” xajviy-yumoristik kinojurnalida suratga tushgan. Suratga olish ishlari tugaganidan soʻng u koʻp suratga tushmay vaqtini dunyo boʻylab sayoxatlarga sarflashni afzal koʻrdi.

Serial oxirgi fasllarining birida ona boʻlgan ekrandagi oʻz qaxramoni Dashadan farqli oʻlaroq Anastasiya Sivaeva turmushga chiqmagan va hozircha oila qurish niyati ham yoʻq.

“Otasining qizlari”: millionlarning sevimli serialiga aylangan asar aktyorlarining hozirgi koʻrinishi

Dashaning ekrandagi eri Filip Bledniyni goh Nastya Sivaeva bilan, goh Yelizaveta Arzamasova bilan (u bilan “Romeo Julyetta” spektaklida oʻynagan edi) sevishganlar sifatida tasavvur qilishardi, biroq gap-soʻzlar mish-mishligicha qoldi.

Filippning kelib chiqishi teatr sanʼatkorlari oilasidan: uning otasi Rossiya xalq artisti, katta akasa Ilya esa – dublyaj rejissyori va oʻtgan asr 90-chi yillarining eng chiroyli aktyorlaridan biri. Filippning oʻzi teatrda ishlaydi, va shuningdek, baʼzan televidenieda ham chiqish qilib turadi. Boshqa ishlar bilan birga u xit boʻlgan “Oshxona” va “Eleon Mehmonxonasi” seriallarida ham kichik epizodlarda suratga tushgan.

“Otasining qizlari”: millionlarning sevimli serialiga aylangan asar aktyorlarining hozirgi koʻrinishi

Aktyor Mixail Kazakov oʻz faoliyatini boshqa yulduz bolalar kabi Yeralash”dan boshlagan edi, lekin aynan Polejaykin, boʻlajak militsioner va Galina Sergeyevnaning oʻrtogʻi rolida shon-shuhratga erishdi. Xayotda u bilan shunday yoqimsiz kriminal xodisa roʻy bergandiki, shu sababli yosh yigit bir yil umrini qamoqda oʻtkazdi.

Qamoqdan chiqqandan soʻng Kazakov qisqa muddatga kinoga qaytdi, ammo keyin poytaxtdan Tver shahriga koʻchib ketdi va biznes bilan shugʻullana boshladi.

“Otasining qizlari”: millionlarning sevimli serialiga aylangan asar aktyorlarining hozirgi koʻrinishi

Dastlab ssenariynavislar serialda qizlarning onasi paydo boʻlishini rejalashtirmagandilar. Chunki soʻrovnomalar shuni koʻrsatardiki, tomoshabinlar televizor ekranida yolgʻiz otani koʻrishni xohlashar ekan.

Lekin suratga olish ishlari boshlanganidan bir yil oʻtgach, serialning suratga olish tempiga chiday olmay Ota uni tashlab ketmoqchi boʻlib qoldi. Nonna Grishaeva qaxramon Otaning oʻrnini bosdi, serialning esa ikkinchi nafasi ochildi.

“Otasining qizlari”: millionlarning sevimli serialiga aylangan asar aktyorlarining hozirgi koʻrinishi

Yevgeniy Leonovning oʻgʻli boʻlmish aktyor Andrey Leonov agar “Otasining qizlari” seriali boʻlmaganida mashxur otasining soyasida qolib ketgan boʻlar edi balki. U ijro etish baxtini qoʻlga kiritgan koʻp bolali yolgʻiz otaning roli uni oʻta ommabop va mashxur qilib yubordi.

Bu shouda suratga tushishni yakunlaganidan soʻng Andrey Leonov taetr va kinoda ishlashda davom etmoqda, 2015 yilda esa yirqtich xayvon oʻrgatuvchisi Margarita Nazarovaga bagʻishlangan teleserialda suratga tushdi (u “Ola chipor reys” komediyasi ustida ishlayotgan paytdagi oʻz otasining obrazini ham yaratdi).

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar