Uyda tartib boʻlishini taʼminlaydigan zamonaviy organayzerlar

Demak, bugun uy ichida bekami-koʻst tartibga erishish uchun turli narsalarni qanday tartibga solish yoʻllarini koʻrib chiqamiz.

Shubxasiz, har bir uyda shunday javon yoki shkaf borki, u yerda toza choyshablar, koʻrpa, yostiq childlari, zahira adyoli va toza sochiqlar saqlanadi. Ularni qanday taxlasangiz ham bir kun kelib, baribir bir birining ustiga agʻanab, gʻijimlangancha saqlanish joyida tartibsizlikni keltiradi.
Bunday vaziyatlarni oldini olish uchun, choyshablar, yostiq va koʻrpa childlari, sochiqlarni alohida savatchalarga taxlab chiqing. Buning uchun katta teshikli metall jihozlardan ham foydalansa boʻladi. Choyshablaringiz bunday holatda gʻijimlanmaydi va shamollatib turilgani uchun oʻziga badboʻy hidni singdirib olmaydi.
Natijada, javoningizda tartib xukm suradi, qayerda nima turganini doimo bilasiz va shuningdek yoqimli estetik effektga erishasiz.

Dahlizdagi betartiblikning asosiy sababchilaridan biri xonaning chetida yotgan poyabzallardir. U yer yoki bu yerda etik yoki botinka turganida xonada xarakatlanish ham juda noqulay boʻladi. Shuning uchun ham oyoq kiyimini saqlash uchun qulay tizimni oʻylab chiqing yoki saqlash polkasini oʻzingiz yasang.
Interyerning bunday oʻziga xos elementini yaratish uchun plastik truba, kantselyariya pichogʻi va yelim kerak boʻladi. Shak-shubhasiz, bu kabi organayzerga talaygina poyafzal juftliklarini joylashtirish mumkin. Shu bilan birga, saqlash tizimi koʻp joy egallamaydi va koʻzga ham chiroyli koʻrinadi.

Turli-tuman jurnallar ham mehmonxonada ancha joyni egallaydi, ayniqsa ularning soni koʻpayganida. Ularni tashlab yuborishga koʻzingiz qiymaydi, bundan tashqari goh-gohida varaqlagingiz ham kelib qoladi. Ular har yerda sochilib yotmasligi uchun ularni toʻqilgan qutilarga taxlab qoʻying, agar jurnallar koʻp boʻlsa birdani-ga 2-3 organayzer ishlating.
Shunday qilib jurnallar uyumini koʻzdan nariga olish mumkin, ular yoʻqolib ham qolmaydi, interyer ham ancha koʻrkamroq va qiziqarliroq koʻrinishga ega boʻladi.

Oshxonada koʻzga koʻrinar darajada tozalikka erishish uchun gorizontal yuzalarni imkon qadar boʻshatish kerak. Oshxona shkaflari va polkalarida salmoqli joy egallaydigan buyumlarning biri chashkalardir. Ular aslida koʻp emas. Axir, doim mehmon yoki qarindoshlar kelib qolish mumkin.
Agar oshxonaning turli burchaklarida turgan chashkalar uyingizda betartiblikni yuzaga keltira boshlagan boʻlsa ularni devorga joylashtirib chiqing. Buning uchun koʻp ilgakli osma organayzerdan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu zamonaviy, saranjom-sarishta, tartibli va qiziqarli koʻrinadi.

Paxta disklari yoki qisqichlarni yoʻqotib qoʻymaslik uchun ularni shaffof idishlarga solib qoʻying. Bu dekorativ kolbalar, yoki xatto oddiy bankalar ham boʻlishi mumkin. Siz bu bilan kerakli mayda-chuyda narsalar qayerda turganini doimo koʻrib turishga erishasiz va ularni izlab yurish uchun ortiqcha vaqt sarflamaysiz.
Bundan tashqari, shaffof anjomlar vannaning interyerida juda chiroyli koʻrinadi, ayniqsa agar vanna xonasi uncha katta boʻlmasa.

Xar xil mayda narsalarni eng koʻp xollarda tortmalarga solib qoʻyamiz va shuning natijasida bu tortda tamomila betartiblikni vujudga keladi. Xamma narsalar aralashib ketadi, bunday xolatda esa biror narsani topish juda qiyin boʻladi.
Oʻzingizning xayotingizni osonlashtirish maqsadida maxsus ajratgichlar yoki toʻgʻri tortma ichiga oʻrnatiladigan kichik organayzerlar yordamidan foydalaning.

Rakovina oldida doimo mayda-chuyda narsalar koʻp boʻladi – idish yuvish gubkasi, yuvish vositasi, temir choʻtka, yorshik, tozalovchi vosita, sovun shular jumlasidandir. Ularning saqlanishini tartibga keltirish uchun, oshxona interyerini bitta juda foydali va kerakli jihoz – mobil polka bilan toʻldirish kerak.
Bu polkani rakovinaning ustiga qoʻyish ham mumkin. Unga qoʻl ostida boʻlishi kerak boʻlgan barcha mayda-chuyda narsalar joylashtiriladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



