Roll va sushi haqida qiziqarli maʼlumotlar

Agar restoranga borish uchun vaqtingiz boʻlmasa, hoxlagan masalliqli va sousli roll hamda sushilarni oʻzingizga yaqin boʻlgan supermarketdan ham harid qilsangiz boʻladi.

Bu taomni tayyorlash anʼanalariga qatʼiy rioya qilinadigan Yaponiyadagi sushi-restoranlarda ayol oshpazlarni mutlaqo uchratmaysiz. Bu yerda sushi va ayol – bir-biriga mos kelmaydigan tushunchalar deya hisoblanadi.

Yaponlar odamzot xayotini yengillashtirgan koʻp gadjetlarni kashf etdilar. Yaqin oʻtmishda aholining shu taomga ortib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadida rollar tayyorlaydigan avtomatlar ham ishga tushirildi. Biroq restoran yoki kafeda oʻz ishining ustasi boʻlgan oshpaz – inson tomonidan tayyorlangan taom bilan birorta avtomat ham tenglasha olmaydi.

Yaponlar anʼanalarni buzishni yomon koʻradilar, shu jumladan, milliy taomlarni tayyorlashda ham. Uzunligi 2,5 km boʻlgan eng uzun rollni rekordlarga boʻlgan muxabbati tufayligina faqat boshqa mamlakatlarda tayyorlashlari mumkin. Shuni aytib oʻtish kerakki, rolldagi masalliq har hil yashash joylarida turlicha boʻlgan.
Ushbu gigant Rekordlar kitobiga kiritilgan va tantanali ravishda tomoshabinlar hamda oshpazlar tomonidan isteʼmol qilingan edi.

Rollar turlari ichida dunyodagi eng ommabopi “Kaliforniya” roli sanaladi. Bunday ommaboplikning sababini hech kim talqin qilib bera olmaydi.

Maʼlumki, ayrim mamlakatlarida istiqomat qiluvchilar oziq-ovqat tarkibida xasharotlarni ishlatishga odatlanganalar. Yaponlar ham bu borada istisno emas. Rollar uchun masalliqlar ichida olti oyoqlilar va qanotlilar, shuningdek oʻrmalovchilar ham uchrab turadi.

Eng qimmat sushini faqatgina uning tarixiy vatanida buyurtma qilish mumkin. U “oʻyinga tushayotgan okun” deya ataladi. Bu bejiz emas, axir ishtaxa bagʻishlovchi sushilar likopchada xarakatlana oladilar. Yoʻq, ichida tirik shilliqqurt yoki shunga oʻxshash bir narsa yoʻq. Okun baligʻining boʻlaklari qaynoq suvga botirib shu zahotiyoq stolga taqdim qilinadi, shuning uchun ham ular likopda qimirlay boshlashadi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



