Dunyodagi eng qimmat oqshomlar

Reytingimizning birinchi oʻrnida Bruney sultoni Xassanala Bolqiah egalladi. 1996-yilda oqshom uchun 40 million $ (2013-yil dollar kursi boʻyicha) sarflangan. Bayram 2 hafta davom etgan. Sultonni tabriklash uchun 3 mingdan ziyod mashhur insonlar tashrif buyurishgan, ular orasida jumladan, shahzoda Charlz ham boʻlgan. Mehmonlar pop qiroli Maykl Jekson ijrosidan, qora ikrali taomlardan hamda tantanali harbiy paraddan ham bahra olishgan.
![]()
Reytingda 2-oʻrinni - milliarder Telman Ismoilga qarashli boʻlgan Mardan Palace mehmonxonasining ochilish marosimi egalladi. HaberTurk nashri maʼlumotlariga koʻra, oligarx bayram uchun 35 million$ sarflagan. Mehmonxonaning ochilish marosimiga gollivud yulduzlari Sheron Stoun va Richard Gir, qoʻshiqchi Tom Jons, Peris Hilton va aktrisa Monika Beluchchilar tashrif buyurgan.
![]()
Jan Bedel Bokassa 1966-1977-yillarda Markaziy Afrika respublikasining prezidenti lavozimida ishlagan va buyuklik vasvasasi bilan aziyat chekkan. 1976-yilda u imperatorga aylangan, oʻz hamkasbi boʻlgan Napaleondan qabul koʻlami va hashamatdan oʻrnak olib, poytaxtda katta bazmlar uyushtiradi. Bazmda deyarli butun mamlakat ichgan. Dunyodagi eng qimmat oqshomlardan biri boʻlgan bu bazmga 30 million $ sarf qilingan. Oqshomning eng kulminatsion nuqtasi Bokassoga toj kiydirish marosimi boʻlgan. Hammasi anʼanaviy tarzda oʻtdi: yangi imperator moʻynali mantiya va tojda oʻz qasriga oltin karetada kirib boradi, u yerda uning burgut koʻrinishidagi oltin taxti joylashgan edi. Oltindan yasalgan magʻrur qushning qanotlari 5 metr uzunlikda boʻlgan.
![]()
Milliarder David Bruksning qizi Elizabet Bruksning bat-mitstva (iudaizmdagi diniy voyaga yetish) marosimi 10 million $ ga tushdi. 12 yoshli qizaloqning oqshomi misli koʻrilmagan darajada oʻtdi, otasi qizi uchun umuman pulini ayamadi. Bat-mitsva oqshomi eng obroʻli restoranlardan biri Rainbow Roomda oʻtkazildi. Mehmonlarni Eagles, Fleetwood Mac hamda reper 50 Cent oʻz ijrolari bilan xursand qildi.
![]()
Yana bir yubileychi - milliarder David Bonderman. 2011-yilda butun Las-Vegas oligarxning bazmida toʻplandi. Unga 7 million $ ishlatgan. Mehmonlar eng mashhur mehmonxona-kazino- HardRockda bazm qilishgan. Oʻsha oqshom sahnaga The Rolling Stones hamda Robin Uilyams chiqishgan.

2010-yilda milliarder Viktor Pinchuk oʻzining 50 yillik yubileyini nishonladi. Oqshon ukrainlik boyga 6,6 million $ ga tushgan (Fransiya matbuotining maʼlumotiga koʻra). Oligarx oilasi va doʻstlari uchun muhtasham Kurshevel kurortida bazm uyushtiradi. Mehmonlarni Kristina Agilera va Cirque du Soleil oʻz ijrolari bilan, mashhur bosh oshpaz Alen Dyukass oʻz sanʼat asarlari bilan xursand qilgan.
![]()
"Perl Xarbor" filmi unchalik ham yaxshi chiqmagan boʻlsa ham, uning taqdimot marosimi aʼlo darajada oʻtdi. 18 000 m2 maydonli USS Stennis samolyot tashuvchi kemasi 2000 ta mehmonni qarshi oldi. Kiraverishga 260 metrli qizil gilam toʻshalgan va kino paytida tomoshabinlar ustidan Ikkinchi jahon urushidagi kabi jangchi vertoletlar uchib yurgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



