Koinotning eng zaharli va dahshatli mavjudotlari haqida bilasizmi?

Kichikgina oʻrgimchak yoki qurt ayiqdan koʻra ancha xavfliroq boʻlishi mumkin! Quyidagi siz sayyoramizdagi 25 nafar eng zaharli mavjudotlar toʻgʻrisida bilib olasiz.

Bu kaltakesakning qoziqtishlari oʻz-oʻzidan zaharli emas, lekin xavf uning toksik soʻlagida yashiringan. Eskorpion (turning boshqacha nomlanishi) oʻz qurbonini tishlagan yoki chaynayotgan paytida, uning zaharli soʻlagi yaraga kirib qolib raqibi (yoki oʻlchasi)ni kurashishning har qanday imkonidan mahrum qiladi. Odamlar uchun unchalik xavfli emas, ammo bu siz bilan sodir boʻlishi mumkin boʻlgan juda ham koʻngilsiz holatdir.
Ayrim jabrlanuvchilarda ogʻriqdan tashqari shish, lohaslik, bosh aylanishi, yuqori qon bosimi va juda kam hollarda nafas yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin.

Brazil chopagʻon oʻrgimchagining zahari shu qadar kuchliki, u xatto koʻp ilonlarning chaqishi bilan raqobatdosh boʻlishi mumkin. Bu mavjudotlarning neyrotoksini bilan zaharlanish alomatlari oʻz ichiga ogʻriq hissiyoti, paralich va ayrim xollarda oʻlimga olib boruvchi nafas qisib entikib qolishni oladi.

Shimoliy Afrikada roʻyhatga olinadigan chayon nishi sababchi boʻlgan oʻlim hodisalarining 90% ida aynan mana shu qora dumli boʻgʻimoyoq jonivorlar aybdor.

Bu ilonning chaqishi uning oʻljasi uchun xaqiqiy dahshatga aylanadi. Bumslang chaqqanda uning qurboni oxir-oqibat azobli ajaldan oʻladi. Bunday azobning sababi – makkorilon zahrining gemotoksik xususiyatlaridir.

Laqqa baliq? Rostdanmi deysizmi? Xa, aniqlanishicha, koʻpincha bizning oshxonamizga kelib qoladigan va taom sifatida tanovul qilinadigan laqqasimon baliqlar – anchagina zaharli mavjudotlardir. Masalan, agar sizni besoʻnaqay laqqa baliq tishlab olsa (akvarium baligʻi), siz darhol tibbiy yordamga murochaat qilishingiz kerak.
Bu laqqa baliqning zahri juda ogʻriqbahsh, hissiyotlar nimasi bilandir asalarining chaqishini eslatadi va laqqa baliq toksinidan odamlar halok boʻlgan xodisalar ham maʼlum.

Bu ilonning chaqishi uncha ogʻriqli ham emas, ammo chaqqanda kurbonning qon aylanish tizimiga kirib qolgan zahar oʻta kuchli neyrotoksin ekanligini namoyon qiladi. Balki bu koʻzga tashlanmas zaharli ilon tomonidan chaqilgan odam tushunmay va xatto sezmay ham qolishingiz mumkindir, ammo bir necha soatdan keyin unda nafas olishingiz bilan jiddiy muammolar boshlanadi. Bu ilon turi Nepalda, Hindistonda , Pokistonda, Afgʻonistonda va Shri-Lankada keng tarqalgan.

Bu ilonning chaqishi juda xavfli. Zanjirli qora ilon qurbonlarining koʻpchiligi azobli ajal bilan oʻladi va koʻp hollarda ular qatorida odamlar ham boʻladi. Janubiy Osiyoda bu tur eng havfli ilonlar toʻrtligiga kiradi.

Bu ilon atigi bir chaqishining oʻzida oʻz qurboniga 150 milligramm zaharni yuborishi mumkin. Baxtimizga, jigarrang qirollar faqat Avstraliyada uchraydilar.

Xa, bu dahshatli ilon emas va qoʻrqinchli xasharot ham emas… Oldingizda oʻrdak tumshuqli va suvsar dumli yoqimtoygina jonivor turibdi. Uning pixi (orqa oyoqlaridagi shohsimon oʻsimtasi) igna kabi badaningizga kirib ketsa, xaftalab sizni ogʻriqdan qiynaydi! Avstraliyalik bu hayvon ilk bor kashf etilib tavsiflanganida yevropalik olimlar oʻrdakburun hazil emas, xaqiqiy mavjudot ekanligiga ishona olmaganlar.


Bu ilonlarning zahri tarkibida asab tizimini ham, qon aylanish tizimini ham batamom ishdan chiqarish xususiyatiga ega moddalar mavjud. Shuning uchun ham bu ilon inson uchun oʻta xavfli sanaladi.

Bu oʻrgimchaklar turiga mansub boʻlgan ayrimlarining zahri sianiddan 2 barobar kuchliroq! Atigi bir marta chaqish xatto voyaga etgan odamni ham oʻldirishi mumkin. Hexathelidae oilasining eng zaharli vakillari Avstraliyada istiqomat qiladilar. Bu erda ular inson yashash joylari bilan yonma-yon joylashishni yaxshi koʻradilar. Ularni girdobni eslatuvchi toʻrsimon uyasidan tanib ajratib olish esa juda oson. Bu qitʼada oʻlim xavfini tugʻdiruvchi zaharli hayvonlar yetarligidan ancha ortiq...

Soʻgalchi dunyodagi eng zaharli baliq xisoblanadi! Dengiz yirtqichi korral riflar tevarak-atroflarida istiqomat qiladi, toshlar tusiga kirib aʼlo darajada maskirovka qila oladi, orqasidagi 13 ta tikanaklari esa unga tekkan har qanday kimsaga oʻlim olib keluvchi zaharli bezlar bilan jihozlangan. Agar tezkor ravishda shifokorga murojaat qilinsa oʻlimdan saqlanib qolish mumkin.

Bu kaltakessakning tishlashi koʻpchilik hollarda oʻlim bilan tugaydi va boshqa alomatlar bilan birga nafaqat qon bosimining ortishi, balki tizimli qon quyilishi ham kutiladi. Yaxshi hamki, bu hayvon tajovuzkor emas va odam bilan ortiqcha uchrashuvlarni yomon koʻradi.

Bu chayonning aybi bilan Hindiston va Nepalda koʻp odam olamdan koʻz yumadi, ularning aksariyati esa bolalardir. Uning zahridan oʻlish ehtimoli tahminan 40% ga teng.

Bu oʻrgimchakning zahri tuzukkina zarar yetkazishi mumkin, yosh bolalar uchun esa (7 yoshdan past) u mutlaqo halokatli. Jigarrang oʻrgimchakning chaqishidan kelgan zarar arzimasgina boʻlishi bilan birga qurbonning qoniga kiritilgan zaharning miqdoriga qarab jiddiy ham boʻlishi mumkin. Eng keng tarqalgan alomatlari - qoplovchi toʻqimalar nevrozi, gangrena alomatlari, koʻngil aynishi, isitmali qaltiroq, gemoliz va ayrim hollarda xatto ichki aʼzolarning ishdan chiqishi.

Bu turning nomlanishi oʻzi uchun oʻzini taʼriflaydi, holbuki u eng xavfli urgʻochi jonivorlardan biridir. Qora bevalar chaqqanda oʻz qurbonlariga oʻta ogʻriqli mushaklar spazmlari, qayt qilish, gipertoniya, nafas qisish va xalokat xavfini tugʻdiruvchi yana bir qator eng koʻngilsiz oqibatlarga sabab boʻluvchi oʻta kuchli neyrotoksik moddani kiritadi.

Bu gazandalar – oʻta xavfli mavjudotlar va ularning aybi bilan Afrika hamda Osiyoda ozmuncha begunoh odamlar nobud boʻlmaydi. Qumli efalarning zahri oʻta kuchli gemolitik taʼsirga ega (eritrotsitlarni parchalaydi).

Bu qorin-oyoqli mollyuska chigʻanogʻining maftunkor koʻrinishi tufayli aldanib qolmang. Shilliq qurt-konuslar – aslida juda xavfli mavjudotlardir. Xoʻsh, bu mollyuskaning zahri qanchalik kuchli ekan, deb soʻrash niyatidamisiz? Ulardagi konotoksinining bir tomchisi 20 ta katta odamni oʻldirish uchun kifoya qiladi! Zaharga qarshi dori hali ham mavjud emas, shuning uchun ham ehtiyot boʻling!

Bu chayonning zahrida neyrotoksinlarning juda xavfli aralashmasi mavjud, lekin, aksariyat hollarda chaqqanidan soʻng odamlar yashab qoladilar. Ammo oʻta kuchli ogʻriq va xatto anafilaktik karaxtlikdan qochib qutilishning imkoni boʻlmaydi.

Yer sayyorasida zaharli sut emizuvchilar unchalik koʻp emas va mana bu jonivorcha ulardan biri. Xavfli zaharning manbai shimoliy amerikalik yer oʻyuvchining aynan soʻlagi, garchi u oddiy sichqonni oʻldirishga qodir boʻlsa ham. Bu yer oʻyuvchi burozubkaning tishlashidan halok boʻlish insonga tahlika tugʻdirmaydi, ammo uni ogʻriqsiz ham deb boʻlmaydi.

Bu Shimoliy Amerikaning eng yirik va eng zaharli gazandalaridan bittasi. Uning zahrining 100-150 mg miqdori bir kishini oʻldirish uchun yetarli.

Oldingizda dunyodagi eng xavfli dengiz iloni va barcha ilonlar ichida zaharliligi boʻyicha uchinchi oʻrinni egallab turgan mavjudot. Agar bu mavjudot biror kimsani chaqib olguday boʻlsa, yutinish, nutq va nafas olish bilan bogʻliq muammolarga tayyorlansa boʻlaveradi…

Bu dunyodagi ikkinchi oʻrinda turadigan eng zaharli ilon. Katta odam u chaqqandan keyin 30 daqiqa ichida oʻlib qolishi mumkin. Taypan zahri qonning quyulish xususiyatini ishdan chiqaradi va neyrotoksik taʼsirni oʻtkazadi (mushak va nafas paralichi). Bu roʻyxatdagi boshqa hayvonlardan farqli oʻlaroq qirgʻoqoldi taypani ancha tajovuzkor hayvon, shuning uchun ham u bilan uchrashuvdan yaxshilik kutmang...

Bu baliqchalar koʻrinishidan u juda chiroyli mavjudot, lekin ularning rang-barang suzgichlari oʻzining ichida oʻtkir va oʻta zaharli ignalarni saqlaydi. Bu tikanaklarning biri badanga kirib ketsa, isitma koʻtarilishi, konvulsiyalar paydo boʻlishi yoki xatto oʻlim bilan tugash xavfini tugʻdiruvchi paralich ham rivojlanishi mumkin.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



