Isbotlangan usullar: Ishdagi unumdorlikni oshirishning 10 siri

“Men mehnatsevarlikning kuchiga samimiy ishonaman. Oracle Team USA amerikalik yelkan komandasining kapitani bir paytlar “Men boshqalardan koʻra kamroq ishlagan odam muvaffaqiyatga erishganini ham kam koʻrganman” deb aytgan.
Aslini olganida, mening maslagim asosi ham shunda: balki men boshqalar kabi istʼedodli, maʼlumotli yoki tajribali emasdirman ... Ammo, men ulardan koʻra koʻproq ishlashga harakat qilaman.
Biroq, nafaqat jiddiy, balki aql bilan ishlash ham mumkin. Muvaffaqiyatning kaliti ham aynan shunda”.
Astoydil ishlash nisbatan oson. Buning uchun siz tirishqoqlik bilan ishlashingiz kerak boʻladi. Ammo, “aql bilan” ishlash nima degani? Bu yerda hammasi biroz murakkabroq boʻlishi mumkin. Oʻylaymizki, Bell B. Kuperdan bir nechta maslahatlar siz uchun ham juda foydali boʻladi.

Unumdorlikni yahshilash uslublarining eng qarama-qarshi, ammo samarador usullaridan biri bu roʻyxatga faqatgina chegaralangan miqdordagi vazifalarni kiritishdir.
Bittadan uchtagacha boʻlgan eng asosiy ishlaringizni tanlab oling. Ular qatoriga albatta bugun qilinishi kerak boʻlgan katta va qiyin vazifalar ham kirsin. Agar siz ularni bajarmasangiz, ularni deb ishdan keyin qolishingizga yoki tushlikni oʻtkazib yuborishingizga toʻgʻri keladi.
Birinchi navbatda eng asosiy ishlaringizni bajarib oling. Buning uchun harakatni ertalabdan boshlang, hali uyda boʻlganingizda yoki endigina ishga kelgan paytingizda ham ishga kirishingiz mumkin. Agar siz ularni qoldirib ketsangiz, keyin yana ham bandroq boʻlib qolasiz va ularni bajarish uchun vaqt topa olmaysiz. Roʻyhatingizning qolgan qismini muhimligi pastroq ishlar bilan toʻldirishingiz mumkin. Shunday qilsangiz, kunning yakunida anchagina unumdorlikka erishganingizni sezasiz.
Yana bir maslahat. Ertangi kuningizda qilinishi kerak boʻlgan ishlarning roʻyhatini bugun oqshomdan tuzing. Juda koʻp hollarda men uhlashga yotish oldidan ertaga qiladigan ishlarim toʻgʻrisida oʻylayman va shuning uchun ham uhlashim qiyin boʻladi. Qilinajak ishlarni oldindan reja qilib tuzib olganimda, oʻzimni ancha yengil va boʻsh qoʻyib, bemalol uyquga choʻmishim mumkin. Keyingi kunda esa vaqtni bekorga oʻtkazmayman va birinchi eng muhim ishimni bajarishga kirishaman.
Devid Allenning “Ishlarni qanday tartibga keltirish mumkin” deya atalgan kitobida yaxshi bir ibora bor: “Sizning idrokingiz gʻoyalarni saqlash uchun emas, balki yaratish uchun kerak”. Oʻz gʻoyalaringizni ishlar рoʻyhatiga kiritib qoʻying, biroq ikkita roʻyhat tuzishni ham unutmang — biri bugunga, ikkinchisi esa “keyinga”. Oʻshanda siz muxim gʻoyalaringizni eslash uchun kuchingizni sarflab yurmaysiz.

Ayrimlar ishda sezilarli siljish boʻlmaganini tan olish uchun juda koʻp vaqt sarflaydilar. Aynan shuning uchun ham odamlar qisqa vaqt ichida koʻproq narsaga erishish usulini izlab yurishadi.
Ishga yondoshish gʻoyasining biri shundaki, siz unumdorlikni baholash usulini almashtirishingiz kerak. Masalan, agar katta loyiha ustida ishlayotgan boʻlsangiz, uni bir necha bosqichga boʻlishga urinib koʻring.
Men blogimga nimadir toʻgʻrisida yozishim kerak boʻlgan paytda, bu ishni bir necha bosqichga boʻlaman – maqolani muayyan miqdorda yozaman va turli kichik vazifalarni ajratib olaman. Masalan “suratlarni qoʻshish”. Shu kabi kichik vazifalar toʻplami tufayli men har kuni yirik loyihani bacharishdagi oʻz yutuqlarimni kuzatib borishim mumkin, garchi bu loyiha ustidagi ishni toʻliq yakunlashga bir necha kun ketsa ham.
Har safar vazifalardan biri bajarilganini belgilagan paytimda juda yoqimli hissiyot sezaman, hatto 200 soʻzdan iborat matnning bir boʻlagini yozgan boʻlsam ham! Bu menga ish toʻla bitguniga qadar uning maromimni ushlab turish va ishdan chetlab ketmaslikka imkon beradi.
Bir kunda erishgan yutuqlaringizni baholashning yana bir usuli — bu bajarilgan ishlar roʻyhatidir. Koʻp kompaniyalar har bir ishchi kun davomida nima ish bajarganini aniqlash maqsadida shunday roʻyhatlardan foydalanadi.
Bir kunda yakunlangan ishlar roʻyhatini yarata boshlaganingizda sizni yangi ishlarga undaydigan sabablar koʻpayishidan oʻzingiz ham taajubda qolasiz.
Eʼtiboringizni sarflangan vaqtga emas, erishilgan natijaga qarating, shunda siz ancha samaraliroq ishlashga erishishingiz aniq.

Odatda ertalablari birinchi navbatda nima qilishni bilmaganimda vaqtni bekorga sarflab yuboraman.
Bu muammoni hal qilish uchun, miyangiz va tanangizni ishchi kayfiyatga sozlaydigan har kunlik odatga oʻrganishingiz kerak. Bu qandaydir oddiy odat boʻlishi mumkin. Masalan, ishga mashinada borish yoki idoraga ketayotganda bir finjon qahva ichish! Men odatda oʻzimga qahva quyib, sevimli saytlarimni tekshiraman. Qahvani ichib boʻlganimdan keyin darhol ichki signal ishga tushadi: ishlash payti keldi!
Kayfiyatni ishga sozlash uchun boshqa usullar ham bor: telefonni oʻchiris, olib qoʻyish, oyoq-qoʻllarning chigilini yozish maqsadida badantarbiya qilish yoki nonushta tanovuli! Hatto yoqtirgan musiqalaringizni tinglagan holda zaruriy kayfiyatni yaratuvchi maxsus pleylist tuzib ham olishingiz mumkin.
Bu usullardan dam olish kunlari ham foydalansa boʻladi. Shubha yoʻqdirki, dam olish kunlari siz oʻzingizning har kungi odatlaringizdan voz kechishni istaysiz, ammo koʻpchilik ularga amal qilishni davom ettiraveradi. Bir narsani yodda tuting, oʻzingizni qanchalik boʻsh qoʻyib, oʻz odatlaringizni unutsangiz, yangi haftaning boshida ularga qaytish shunchalik qiyin boʻladi.
Kundalik ishlarni bajarishni bir hillikda yashaydigan odamning belgilari deya hisoblamaslik kerak. Odatlar — oʻz oldiga maqsadlar va ularga erishishning eng yaxshi yoʻlini topgan odamlarning sifatlaridandir.

Unumdorlik tomon birinchi qadam — vaqtni bekor oʻtkazayotgan paytlaringizni seza bilishdir.
Avvaliga har kuni ertalab ishga shaylanayotgan paytingizda nimalar qilishingizni kuzating. Misol uchun koʻpchilik tong paytida kiyim tanlash uchun vaqtni behudaga sarf etib yuboradi. Yaʼni, kecha ham qilishingiz mumkin boʻlgan ishingizga bugun vaqt sarf etyapsiz.
Ish kunlarini qanday oʻtkazayotganingizni kuzatib boring va “siyqasi chiqib ketgan qolip”larni toping. Balki siz ijtimoiy tarmoqlarda juda koʻp qolib ketayotgandirsiz yoki ikki daqiqali suhbatni oʻn daqiqali safsataga choʻzib yuborayotgandirsiz... Sizning vaqtingizni aynan nima olayotganini va prokrastinatsiya yaʼni “keyinga qoldirish” kasalligiga olib kelayotganini sezsangiz, buni oʻz odatlaringizga moslashtirish va ulardan voz kechish oson boʻladi.
Avvallari men sevimli saytlarimni tekshirib koʻp vaqt yoʻqotar edim. Xozir esa buni doimiy odatimga kiritib qoʻyganman, yaʼni, qahva ichgan paytimda sevimli sahifalarimni koʻzdan kechiraman, qahvani ichib boʻlganimdan keyin esa ularni yopib, darrov ishga tushaman.

Ishdan uyga kelib ishdan chalgʻishning bir necha usullari bor:
Ish yaxshi ketayotgan paytida ishni toʻxtating.
Ernest Xeminguey aytganiday, “Eng yaxshisi, ish yaxshi ketayotgan paytida toʻxtash va shunday paytdagina keyin nima boʻlishini bilasan. Agar kundan kunga shunday qilib borsang hech qachon bogʻlanib qolmaysan…”.
Uning maslahati har qanday ishga taalluqlidir. Agar siz ishning oʻrtasida toʻxtasangiz – buni hech qanday qoʻrqinchli joyi yoʻq. Siz nimani qilib boʻlganingizni, keyin nima qilishni bilasiz va ishga mamnuniyat bilan qaytasiz.
Ishni tugatishning aniq vaqtini belgilab oling.
Vaqtning qatʼiy chegaralari imtiyozlarni belgilab olishga majbur qiladi. Yana bir plyus — bu holda sizda birinchi navbatda eng muhim ishlarni bir yoqli qilib olish uchun sabab paydo boʻladi.
Oʻz ish vaqtingizni chegaralab olish uchun noutbukda ulanmagan zaryad uskunasisiz ishlashga urinib koʻring. Shunda siz batareya tugaguniga qadar ishlashingiz mumkin boʻladi. Bu muhim ishlarni tezroq bajarib olish uchun oʻzingizni majbur qilishning yaxshi yoʻli!
Ishdan keyin oʻzingizga yoqimli biror hodisani rejalashtirib qoʻying.
Masalan, bu doʻstlaringiz bilan uchrashuv yoki marosim boʻlishi mumkin. Agar ishdan soat 18:00 dan keyin ketmoqchi boʻlsangiz, undan keyin uchrashuv yoki mehmondorchilikni rejalashtirsa ham boʻladi. Tashqi omillar va gʻayrat diqqatingizni ishga jamlash hamda ularni ajratilgan vaqt ichida bajarib tugatishga undaydi.
Asta-sekinlik bilan sizni ishdan chalgʻitadigan odatlarni oʻylab chiqing.
Agar ishlaringizni hech unuta olmasangiz, bunday odat sizga foydali ham boʻlishi mumkin. Menga yengil jismoniy ishlar yordam beradi – har kun uyga piyoda qaytishga xarakat qilaman. Ayrim odamlar uyqudan oldin sayr qilishni afzal koʻradilar. Bu ularga ishchi fikrlardan chalgʻishga yordam beradi.
Koʻnglingizga huzur bahsh etishga kundalik tutish yoki doʻstingiz bilan suhbatlashish ham yordam berish mumkin. Agar siz kun davomida nimalar sodir boʻlganini hammasini yozib borsangiz nafaqat oʻz natijalaringizni kuzatishingiz, balki ish haqida oʻylashdan ham chekinishingiz mumkin.
Agar oqshomlari ertangi kun uchun rejalar tuzishga oʻrganib qolsangiz, bunday odat ish kunining mukammal yakun topishiga asos boʻla oladi: barcha muhim ishlarni yozib olib, bemalol halovat topishingiz va hordiq chiqarishingiz mumkin.

Stiven Kovi oʻzining “Yuqori samaradorlikdagi odamlarning 7 koʻnikmasi” kitobida bir oʻtinfurush haqidagi hikoyani bayon qiladi. Uning arrasi borgan sari oʻtmas boʻlib qolishiga qaramay u daraxt arralashni davom ettiraveradi, vaholanki, agar u arralashni toʻxtatib arrani charxlab olsa va keyin oʻtkir asbob bilan ishni davom ettirsa, vaqtni ham, kuchni ham tejab qolgan boʻlar edi.
Bunday misolni eslab qolish oson, biroq amalda qoʻllash qiyin. Xayotingizdagi arrani charxlash toʻgʻrisida Kovi mana bunday deb yozadi:
“Arrani charxlash — sizda bor eng qimmat narsa – oʻzingizni asrash va yaxshilash demakdir. Oʻz xayotingizning uch jabhasida muvofiqlik bilan rivojlanishingiz kerak: jismoniy, ijtimoiy-emotsional, aqliy va maʼnaviy jabhalarda”.
Arrani charxlash — oʻz xayotingizning barcha jabhalarida tatbiq etila oladigan aʼlo odatdir. Lekin, mening oʻylashimcha, u ayniqsa ish jarayonida haddan ortiq bosimga berilib ketmaslik uchun foydali boʻladi.
Miyangiz fikrlar jamligini oʻrtacha 90 daqiqa davomida saqlab turishi mumkin. Shundan keyin sizga kamida 15 daqiqali tanaffus kerak boʻladi. Bu fenomen insonning fiziologik davrlariga asoslangan. Har 90 daqiqada tanaffus qilib, oʻz tanangiz va idrokingizga dam berib, uni rostlab olish imkon topasiz — bu yuqori faollikning keyingi bir yarim soatlik davriga tayyorgarlik boʻladi.
Ayrim odamlarga 15-20 daqiqalik dam olishdan keyin ishga qaytishi qiyin boʻladi. Biroq, hatto kichikgina tanaffuslar xam miyangizni tetiklashtirib, fikrlaringizni jamlashga yordam beradi.

Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, uyqu miyaning kognitiv vazifasini, ijodiy fikrlash va hotirani muvofiqlashtiradi. Bundan tashqari, u oʻqishda ham yordam beradi – miya axborotni yaxshiroq qabul qiladi va saqlaydi.
Uyqu xotirani kuchaytiradi. Yozuvchi Maks Rid bu xaqda quyidagilarni yozadi:
“Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, axborot dastlab gipotalamusda “yoziladi”. U juda “nimjon” va uni osonlikcha esdan chiqarib qoʻyish mumkin. Ayniqsa, miyaga koʻp narsani eslab qolishga toʻgʻri kelgan paytda! Aftidan, uyqu axborotni uning ustiga boshqa maʼlumot “yozilmasligi” uchun neokorteksga – “eng uzoq vaqt saqlovchi omborga” yoʻnaltiradi”.
Masalaga doir yana bir tadqiqot shuni namoyon qildiki, oldindan ozgina uhlab olgan tadqiqot ishtirokchilari uhlamaganlarga nisbatan test savollariga ancha yaxshiroq javob bera oldilar. Uyqu nafaqat xotirangizni rostlab yangi axborotni oʻzlashtirib olishga, balki charchashdan ham himoya qilishga yordam beradi. Olimlarning aniqlashlaricha – charchash bu miyangizning bir qismi uhlab olmaguningizcha boshqa axborotni qabul qila olmasligi toʻgʻrisidagi signaldir!

Olimlar odamlarning ikki guruhi – biri koʻcha boʻylab sayr, ikkinchisi tinchgina bogʻdagi sayrdan keyin qanchalar halovat topganlarini tekshirib koʻrishga qaror qildilar. Maʼlum boʻlishicha, shahar ichidagi sayr paytida adashib qolmaslik uchun juda koʻp eʼtibor kerak boʻlar ekan. Shuning uchun ham bunaqa sayr miyaga huzur bermaydi va eʼtiborni jamlash qobiliyatini toʻla tiklay olmaydi:
“Tabiat qoʻynidan farqli oʻlaroq, shahardagi buyumlarga va vaziyatlarga toʻla manzara bizning eʼtiborimizni oʻziga kuchli tortish va xatto, yuqori darajadagi ogohlikni talab qiladi (masalan, mashinalarga nisbatan doim nazoratda va ziyrak boʻlish kerak). Shuning uchun ham, unda odamlar kamroq dam ola oladilar”. (Deniel Goulman. “Fokus. Diqqat-eʼtibor, parishonxotirlik va hayotiy muvaffaqiyat toʻgʻrisida”).
Vaqtni tabiat qoʻynida oʻtkazayotganingizda, idrokingiz toʻlaligicha orom topadi. Bunday dam olishdan soʻng ishga shaylanishingiz ham osonroq boʻladi. Bundan tashqari, olimlar shuni namoyon qildilarki, oʻquv auditoriyasidan tashqarida talabalarda oʻqish istagi ancha kuchayadi.

Yaqinda men tadbirkor va sportchi boʻlgan Djoel Ranyonning “ishchi popkorn” uslubi xaqidagi maqolasini oʻqib qoldim. Uning mohiyati shundaki, kun davomida ishning ayrim qismini turli kafe, kovorking yoki pabda oʻtirib bajarish darkor. Boshlanishi uchun ishlarning aniq roʻyhatini tuzib olish kerak: nimani va qayerda bajarishingizni belgilab oling. Shundan soʻng esa darhol ishga kirishing.
Ranyon oʻz roʻyhatini bir nechta toifalarga boʻladi: har bir kafeda u uch nafar vazifani bajaradi. U ayrim ishlarini bir joyda bajarishi bilanoq boshqasiga qarab yoʻl oladi. Albatta, siz oʻz roʻyhatingizdagi ishlarni oʻzingizga qulay holda taqsimlashingiz mumkin, lekin asosiysi – boshqa joyga yoʻl uchun sarflanadigan vaqtga emas, asosiy natijaga moslashtirilishi kerak.
Ranyonning soʻzlariga koʻra, eng yaxshisi manzillar oʻrtasidagi masofani piyoda yoki velosipedda bosib oʻtish kerak:
“Bu vaqtni meditatsiyaga sarflang. Monitordan uzoqlashing va kuningizni ozgina jismoniy xarakat bilan boyiting. Telefoningizni choʻntagingizga soling va olgʻa! Ishdan hech boʻlmaganda yarim soat dam oling”.
Tanaffus paytida xozir nima ustida ishlayotganingiz va shundan keyin nima qilishingizni oʻylab koʻrish foydali boʻladi. Ranyon bu uslubni qoʻllay boshlaganidan keyin ancha samaraliroq boʻlib qolganini fahmladi va ishini bajarish uchun kamroq vaqt sarflay boshladi.

Bu maslahat sizga qarama-qarshi boʻlib koʻrinishi mumkin, axir xamma buning teskarisini tavsiya qiladi. Biroq men ertalabdan pochtamni tekshiraman va buni juda foydali odat deb hisoblayman.
U menga kun davomida samaralidorlikni saqlashga yordam beradi va buning sababi ham oddiy.
Uhlayotgan paytingizda kasbdoshlaringizning yarmi (agar, xatto koʻpchilik qismi) ishlayotgan boʻlishi mumkinligi va sizga qandaydir xabar yoʻllashi ehtimoli borligi haqida, shubhasiz, bilasiz. Shuning sababli ham boshqalardan orqada qolib ketmayotganingizni bilish uchun pochtani erta tongda tekshirish juda muhim.
Men birinchi navbatda muhim masalalarni bir yoqlik qilib olganimdan keyin kun davomida rejalarni qanday oʻzgartirish kerakligi toʻgʻrisida qaror qilishim osonрoq boʻladi va bugun rechalashtirgan ishlarimni bajara olishimni yaqqol tasavvur qila olaman.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



